Mavzu: Umumta’lim maktablarida sport to’garaklarini tashkil etish yo’llari. Rija: Kirish


I BOB JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI



Yüklə 265 Kb.
səhifə2/11
tarix22.05.2023
ölçüsü265 Kb.
#111942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU JISMONIY TARBIYANING DASTUR BO\'LIMLARI O\'QUV VAQTLARI HAMDA O\'QUV MATERIYALLARINING HAR DARS VA CHORAKLARGA TAQSIMLASH YILLIK O\'QUV REJA JADVALI

I BOB JISMONIY MADANIYAT NAZARIYASI VA METODIKASI FANINING MAQSADI HAMDA VAZIFALARI.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasi fanining maqsadi hamda vazifalari.
Jisman etarli darajadagi rivojlanganlik normal aqliy rivojlanishga sharoit yaratadi.
“Har qanday mehnat bu aqliy, jismoniydir. Agar aqliy va jismoniy mehnat orasidagi farqni ajratsak, bittasida asosiy rolni miya, ikkinchisida muskullar wynaydi. Miyaning faoliyati muskullarning o’zaro faoliyatiga, muskullar faoliyati esa miyaning boshqarishi orqali amalga oshiriladi”, - degan edi Chernishevskiy.
Jismoniy bilimlar asoschisi P.F. Lesgaft ko’rsatganidek, aqliy va jismoniy rivojlanish bir-biri bilan uzviy bog’liq. Aqlning wsishi va rivojlanishi o’z navbatida jismoniy rivojlanishni taqazo qiladi.
Jismoniy tarbiyaning vazifasi shunda muvaffaqiyatli hal qilinadiki, shug’ullanuvchilar jismoniy mashqlarni ongli ravishda tushunib bajarsalar yoki ular sport mashg’ulotlariga qiziqib, tashabbus kwrsatib ijodiy yondashsalar, organizmda harakat malakalarini to’g’ri shakllanishi, funkcional qobiliyatlarini rivojlanishi uchun umumiy maxsus bilimlarga tayanishlari lozim bo’ladi.
Jismoniy tarbiyada yoki sportda talantni ochish shug’ullanuvchida umumiy jismoniy rivojlanganlik va tayyorlanganlik hamda soha bwyicha chuqur malakaviy bilimlarga ega bwlish, bosh miya, muskullar faoliyatidan foydalanish kwr-kwronalikka ywl qwymaslikni talab qiladi. Mashg’ulotga ongli munosabatda bwlmaslik talantni swnishiga sabab bo’ladi. Eng havflisi shug’ullanuvchida bir tomonlamalilik, faqat sport bilan shug’ullanishgagina odat shakllanadi jamiyat uchun esa boqimandalar ko’payadi.
Sport trenirovkasi sirlariga shwng’ish, uni tushunish, shug’ullanuvchi mahoratini oshishiga olib keladi. Bunga faqat har tomonlamalilik orqaligina erishish mumkin. Jahon rekordlarini wrnatish, chempionlik lavozimlari uchun kurashish, sportchidan yuqori saviya, chuqur bilim va jismoniy qobiliyatni talab qiladi. Bunga erishish uchun esa mashaqqatli mehnat, wtkir intellekt sohibi bwlishlik talab qilinadi.
Aqliy va jismoniy tarbiyanig o’zaro bog’liqligi masalasi tabiiy-ilmiy fanlarning tadqiqotlari asosida ulug’ rus fiziologi İ.M. Sechenov va İ.P. Pavlov tomonidan isbotlangan. “Men butun hayotim bwyi aqliy va jismoniy mehnatni sevdim, ko’proq ikkinchisini. Ayniqsa, miyada paydo bo’lgan fikrni hal qilish uchun aqlimni qo’lim bilan bog’laganimda o’zimni juda yaxshi his qilar edim”, - deb yozgan edi ulug’ rus olimi İ.P. Pavlov.
Demak, jismoniy tarbiya intelektining aqliy tarbiyasi bilan o’zaro uzviy bog’liq holda amalga oshirilishi lozim.
Har qanday jamiyat azal-azaldan o’zining axloq normalari va ularning talablari bilan biri-biridan ajralib turgan, ayrim holda keskin farqlangan. Bu talablar va normalardan jamiyatning mavqei, wrni, darajasini belgilash, baholashda foydalanilgan. Axloqiy tarbiya ularga jamiyat a`zolari rioya qilishidek zarur muammolarni hal qilishda jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish mashg’ulotlari, sport trenirovkalari, turli xil musobaqalar va kwngil ochish tadbirlari axloq normalarini shakllanishi, tarbiyalanishida vosita rolini hozirgi kunda ham wynab kelmoqda. Wzaro munosabat, muloqot, umuminsoniy qadriyatlar, millati, xalqi, davlati, shoni-shuhrati uchun qayg’urish hissiyoti jismoniy tarbiya jarayonida to’g’ridan-to’g’ri tarbiyalangan.
Mamlakat sportchisining axloqi bu, millat vakili, mavjud jamiyat kishisining axloqidir. Wzbek sportchisining axloq normalari maxsus, alohida emas. Ular ham mazkur jamiyatning oddiy a`zosining axloqi normalaridan farq qilmaydi. «Sportchining axloqi» degan axloqni tuzushga urinish sharq xalqlari axloq normalaridan uzoqlashishga olib keladi.
Biz qisqa fikrli, tor o’ylaydigan faqat sport bilan shug’ullanadigan baquvat, yaxshi xazm qilish organlariga ega bo’lganlarni emas, fikrlar doirasi keng, ma`naviy boy, kirishuvchan, tashkilotchilik qobiliyati yaxshi bo’lgan individni tarbiyalashni nazarda tutmog’imiz lozim. Bu sifatlar ko’proq navqiron mamlakatimiz yoshlari uchun taaluqlidir.
Sportchi va fizkul`turachilar axloqiy tarbiyasining asosiy xususiyatlari, uni jismoniy tarbiya jarayonini yo’lga qo’yilishi quyidagi yo’nalishda va shaklda bo’lishiga e`tibor qaratilmoqda:
1. Jamoatchilik burchiga ijtimoiy munosabatda bwlish, jamiyat ishini o’z shaxsiy ishi bilan teng qwyish, jamiyat va davlat ishini darajasini pasaytirmaslik. O’zining jismi tarbiyasiga ongli munosabatda bwlish, Vatan mudofaasiga doimo tayyorlik har bir jamiyat a`zosining umumiy burchiga aylangan bwlishligi sport hayotidagi maqsadni birligi va umumiyligi barcha uchun yagona qonuniy ahamiyatga ega bwlishligi, uni jamoa faoliyatida gavdalanishi, jamiyati jismoniy madaniyati tarixi, an`analari, millatining shoni uchun jamoaning kuchini umumlashtira bilishlik xususiyati.
Mamlakat sportchisi xalqaro maydondagi g’alabalarning hal qiluvchi omili ekanligi, o’z xalqi, Vatani oldidagi javobgarlik burchini his qilabilishlik xususiyati.
2. Jamoat mulkiga (sport inshoati, undagi jihoz va anjomlarga) ijtimoiy munosabatni sport maydonlarini jihozlash va qayta jihozlash ishida ishtirok etish.
3. Jamiyat a`zolarining axloq normalarini eng asosiy mehnatga ijtimoiy munosabatda bwlishlikdir. Jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish shug’ullanuvchi mehnatda, ishlab chiqarish jarayonida har tomonlama garmonik rivojlanishini amalga oshirish imkoniyatini yuzaga keltiradi. Sportchini sport natijasiga erishishi mashaqqatli bo’lib, chidamli mehnatni talab qiladi. U rekordlarnigina yangilash bilan mehnat jarayoni uchun iroda, intizom, mehnat qilishga odatni shakllantiradi, mehnatni qadrlashga wrganadi.
4. Jismoniy madaniyat jamiyat qonunchiligiga bwysunishga wrgatadi. Gimnastika, wyinlar, sport, turizm va boshqa jismoniy mashqlar bilan shug’ullanish tarbiyalanuvchilardan belgilangan qoidaga, tartibga qat`iyyan rioya qilish talabini qwyadi. Ularga bwysunmaslik sportchini yoki tarbiyalanuvchini umumiy maqsaddan uzoqlashtiradi. Sport faoliyati sportchi hayotini havf ostida qoldirishi masalan, twp uchun kurashayotganda wyinchilar bir-biri bilan twqnashib ketdi. Kimdir aybdor. Qwpollikka javob qilgingiz keladi. Lekin sportchi axloq normalari, o’zini qwlga olish va nizoli holatni tinch ywl bilan hal qilish uchun lozim bo’lgan axloqiy normalar, talablarni ustun kelishi xususiyati.
5. Gumanizm, insonni hurmat qilish, kelajak uchun, tinchlik uchun kurashishga zamin, bir-birini qwllash, yordam berish, ayniqsa, musobaqalar davomida o’zaro wrtoqlik yordami o’z raqiblariga nisbatan hurmat ruhida turkiy xalqlarda wta yuqori bo’lganligi, mustahkam salomatlik va jisman tayyorgarlik jamiyat a`zosining axloq normalari, irodasi va boshqa xususiyatlarni tarbiyalash xususiyatlarini shakllantiradi.
Jismoniy tarbiya jarayonida estetik tarbiyaning ham alohida vazifalari hal qilinadi va yo’lga qo’yiladi:
1. Muomila estetikasini tarbiyalash. Gimnastika, sport, wyinlar, turizm, yuqorida bayon etilganidek, insonning barcha xususiy tomonlarini namoyon qiladi. Sportchilarning yurish-turishi sport hayotiy jarayoni va undan tashqarida havas qilgudekdir. Chunki uning asosida sharq xalqlari axloq normalari yotadi. Yomon muomala estetikaga zid deb baho beriladi.
2. İnson gavdasining kwrinishi, shakli-shamoyilini ta`minlanadi. Jismonan garmonik rivojlangan odam gavdasining chiroyliligi, sog’likning hayotiy qobiliyatlarining yaxshiligi belgisidir. Chernishevskiy: «inson go’zalligi haqida gapirar ekanmiz, uning tarkibiy qismi shuni belgilaydiki, bizda u ajoyib taassurot qoldiradi. Unda hayot namoyon bo’ladi, biz uni tushunamiz», - degan edi.
V.V. Gorinevskiy esa: «go’zallik baxtga qarshi sog’lik bilan qarama-qarshilikda emas, nosog’lik esa, aksincha, normadan chetga chiqiboq, go’zallik tushunchasini buzadi», - degan edi.
3. Go’zallikni qabul qila bilish qobiliyatini, sport texnikasi, harakatlar nafisligi ifodasida yashirin go’zallikni his qila olishni tarbiyalash yotadi. Harakat texnikasi go’zallik, harakat nafosati, uning mazmunini ifodalashning o’zi ham go’zal.
Jismoniy tarbiya jarayonida foydalanilayotgan harakat faoliyati bir-biriga wxshash emas. Lekin ularning har biri yugurishning chiroyliligi, balandlikka sakrash, rekord og’irlikni kwtarishi texnikasi, gimnastika snaryadlarida «ishlash mahorati»-hammasi go’zal.
Futbol maydonidagi wyinga qarab baho berish: «chiroyli wyin bwldi», «wyin juda qiziqarli chiqdi», «jamoa hujum paytida to’p bilan muomala sanoatining yuqoriligini chiroyli namoyish qildi» deb va hokazolar.
Sportdagi harakat go’zalligini tushunish tomoshabin yoki shug’llanuvchiga huzur bahsh etadi. Sport kurashida go’zallikni, chiroylilikni kwra olsak, bu bizning estetik didimizni, saviyamizni darajasini kwrsatadi.
Boks estetik sport turi emas, deb baho beradilar. Bu mulohaza to’g’rimi? Yuqori texnik tayyorgarlikka ega bo’lgan bokschilar harakati olam-olam zavq beradi. Qolaversa ruhiy, axloqiy, jismoniy sifatlarni rivojlantiradi, namoyon qiladi. Yaxshi bokschi mard, irodali, botir bwlishi amaliyotdan aniq. Did bilan tushunib, tomosha qila olishni o’zi estetik zavq beradi, uni tarbiyalaydi. Takomillashgan harakat texnikasi, avtomatizm darajasidagi harakat kwnikmasiga ega bo’lgan sportchi yoki fizkul`turachilar harakat faoliyatini erkin, ravon, keraksiz kuch sarflashlarsiz, keraksiz harakatlarsiz bajaradilar.
Jismoniy madaniyat tarixi madaniyatning boshqa sahifalariga nisbatan ilmiy tadqiqot jihatidan kechroq fan sifatida qurildi. Uning rivojlanishini ma’lum vaqtga maxsus bilimlar tizimini shakllantirish bilan umuman bog‘liq bo‘lmagan deb hisoblash mumkin emas. Albatta jismoniy madaniyat shakllanib, borgan, lekin uzoq vaqt imperik xarakterga ega bo‘lgan.
Jismoniy harakat amaliyotida keng qo‘llanishi bilan jismoniy madaniyat jamiyat hayotida muximroq hodisa bo‘lib qolgan hamda uning ilmiy tushinib olinishida talab kuchaygan. Shu bilan bir vaqtda haqiqiy imkoniyatlar osha boshlagan.
Mamlakatimizda jismoniy tarbiya nazariyasining asoslari inqilobgacha qadar buyuk olimlar va jamoat arboblari tomonidan ilgari surilgan.
Jismoniy tarbiya tizimining tuzilishi ko‘p yillar davomida uning ilmiy asoslari avlodlarning jismoniy va har tomonlama garmonik rivojlanishi hamda jismoniy ta’limning rivojlanishi uchun optimal sharoitlarni yaratishda ko‘pgina ilmiy va amaliy yutuqlarni ifodalab berdi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi va metodikasini umumlashtiruvchi qonuniyatlar kengaytirilgan, monografik bayoniga ega bo‘ladi hamda oliy jismoniy madaniyat ta’limining o‘quv fani sifatida shakllantiriladi.
Jismoniy madaniyat bilan bevosita bog‘langan maxsus fan orasida jismoniy tarbiya nazariyasi umumlashtiruvchilardan biridir. Lekin, u jismoniy madaniyatning umumiy nazariyasini butunligicha bayon eta olmaydi, chunki jismoniy madaniyat faqat jismoniy tarbiya shaklida mavjud emas. Jismoniy madaniyat sohasidagi yana bir umumlashtiruvchi ilmiy bilimlarning rivojlangan bo‘limlaridan biri "sport nazariyasi" dir. Uning tezkorlik bilan rivojlanishida ayniqsa so‘nggi bir necha 10 - yilliklar davomida kattalizator sifatida
Olimpiada va umuman xalqaro sport sifatida erishiladigan yuqori yutuqlar doimiylik bo‘lib keladi. U o‘z holicha tabiiy laboratoriya bo‘lib inson qobiliyatini aniqlash va maksimal rivojlantirishning yangidan - yangi yo‘llarini aniqlashning yirik tadqiqot resurslarini jalb etadi. Bu albatta sport haqidagi ilmiy bilimlarni tezkorlik bilan to‘plashda o‘z ifodasini topdi.
Sport nazariyasi hozirgi kunda dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida sport bo‘yicha professional mutaxassislarni tayyorlashning asosiy fani sifatida shakllana boshladi. Shu bilan bir qatorda jismoniy madaniyatdan foydalanishning ijtimoiy mehnatda muhim, hamda an’anaviy jismoniy tarbiya va sportga moslashtirilmaydigan komponent va shaklarining bir qanchasi oxirgi vaqtgacha fandan foydalanish sohasida chiqarib tashlanganday bo‘ladi.
Avvalo gap insonni, jismoniy madaniyatga mustaqil yaqinlashtirish shakllari, ishlab chiqarishdagi jismoniy madaniyat, madaniyatning soglomlashtiruvchi - tiklovchi va ayrim boshqa shakllari haqida, boradi, bularning hammasi ahamiyatning bo‘sh vaqtini, dam olish va madaniy faoliyatini ko‘proq tug‘diradi. Ommaviy jismoniy amaliyotning bu kengaytirilgan bo‘limlari muhim ilmiy ta’minotni talab etadi.
Jismoniy madaniyat bog‘liq bo‘lgan hodisalar o‘rganuvchi ilmiy fanlar ko‘p vaqt ichida differensiya yo‘li bilan borilgan. Shuning natijasiga jismoniy madaniyatning ayrim tomonlariga qisman tegishli bo‘lsa ham ko‘pgina xususiy fanlar vujudga kela boshladi. Shularning bir qismi amaliyotning jismoniy - sport bo‘limida katta o‘rin egallab, maxsuslashtirilgan kasbiy bilimlarni o‘z ichiga olgan. Boshqa qismi maxsus tabiiy fanlarni o‘z ichiga olgan (anatomiya, fiziologiya, biologiya, biomexanika, tibbiyot, gigiena, psixilogiya va h.k.) bo‘lib, ular jismoniy madaniyat sohasida vujudga kelmasdan, balki tarmoq sifatida kengaytirilgan. Shu bilan bir vaqtda umumlashtiruvchi fanlar shakllana boshlagan. Masalan: XX asr sikllarida jismoniy madaniyat sobiq Sovet institutlarining birinchi o‘quv rejalariga jismoniy madaniyat nazariyasi va umumiy metodikasi, kompleks fani kiritilgan. Lekin kelib chiqadigan aniq materiallarning to‘liqmasligi va ayrim boshqa sabablar fanning butun ilmiy ko‘rinishida shakllanishiga halaqit bergan. So‘nggi 10 yilliklarda fanning turli sohalarida informatsiyaning tez o‘sishi bilan bogliq ravishda ilmiy bilimlarni integratsiyalash oqimi kuchayib boradi. Gap shundaki, inson faoliyatining u yoki bu faoliyatiga bo‘laklab ta’sir etadigan xususiy ilmiy ma’lumotlarning to‘planishi o‘z holicha ishning mazmunini to‘la tushunishga kafolat bermaydi, hamda amaliyotni ilmiy optimizatsiyalash uchun yetarli asos bo‘lmaydi. Undan tashqari umumiy nazariya mantiq jihatidan tartibda keltirilmagan xususiy ma’lumotlar to‘plamini butunlay tushunishdan cheklash ham mumkin. Shuning uchun ham zamonaviy dunyo miqyosidagi ilmda "informatsiya oqimi" xavfi ta’sirida tahlil qilish yo‘li bilan foydalanishga va umumiy nazariyalarni ishlab chiqarishga e’tibor kuchayib, ular ko‘pgina xususiy ma’lumotlarni integrallashga, haqiqiy dunyoning bir butunligini ifodalovchi umumiy konsepsiyaga birlashtirishga olib keladi. Shunday qilib jismoniy madaniyat nazariyasi deb shartli ravishda keng ma’noli jismoniy madaniyat amaliyotida nazariy ifodalovchi bo‘limlarning hamma to‘plamiga aytiladi, hamda u yoki bu qonun qoidalarini tushuntiradi, uni ratsional tarzda boshqarishga xizmat qiladi.
Jismoniy madaniyat nazariyasi shakllanishining salmoqli ta’siri sotsiologiya, antopologiya, ijtimoiy psixologiya, ijtimoiy jarayonlarni tashkil etish va boshqarish umumiy nazariyasi, tarbiyaning umumiy nazariyasi va ko‘pgina boshqa umumlashtiruvchi fanlar rivojlanishida seziladi.



Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə