Mavzu: Umumta’lim maktablarida sport to’garaklarini tashkil etish yo’llari. Rija: Kirish


II BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING JISMONIY MADANIYAT VA SPORT BO‘YICHA QABUL QILGAN HUJJATLARINING AHAMIYATI



Yüklə 265 Kb.
səhifə6/11
tarix22.05.2023
ölçüsü265 Kb.
#111942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU JISMONIY TARBIYANING DASTUR BO\'LIMLARI O\'QUV VAQTLARI HAMDA O\'QUV MATERIYALLARINING HAR DARS VA CHORAKLARGA TAQSIMLASH YILLIK O\'QUV REJA JADVALI

II BOB O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI HUKUMATINING JISMONIY MADANIYAT VA SPORT BO‘YICHA QABUL QILGAN HUJJATLARINING AHAMIYATI.


2.1. O‘zbekiston Respublikasi hukumatining jismoniy madaniyat va sport bo‘yicha qabul qilgan hujjatlarining ahamiyati.

Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoevning 2018 yil 5 martdagi «Jismoniy tarbiya va sport sohasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi PF-5368-son Farmoni ijrosi yuzasidan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining O’zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligini tashkil etish to’g’risida Qarori qabul qilindi (1-3-ilova). 1


Hukumatimiz rahbariining Jismoniy tarbiya va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g’risida Qarorida Yurtimiz vakillarining Olimpiya o’yinlari, jahon chempionatlari, Osiyo o’yinlari va chempionatlari hamda xalqaro musobaqalarda yuksak natijalarga erishayotgani, dunyoda O’zbekistonning obro’-e’tibori va sport salohiyati yanada oshayotgani, respublikamiz hududlarida jahon andozalariga mos muhtasham sport inshootlari barpo etilayotgani, o’quvchi va talaba yoshlar o’rtasida uch bosqichdan iborat “Umid nihollari”, “Barkamol avlod” va“Universiada” sport o’yinlari ommalashib borayotganini belgilab o’tdilar (1-4-ilova). 2
Yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi, ayniqsa, yoshlar o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish uchun zarur shart-sharoitlar va infratuzilmani yaratish, mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sportni tashkil etishda qator tizimli muammolar va kamchiliklarning mavjudligi ushbu sohada davlat siyosatini samarali olib borishga va mamlakatning mavjud sport salohiyatidan to’liq foydalanishga to’sqinlik qilmoqda.
Mamlakatimiz aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini qaror toptirish maqsadida jismoniy tarbiya va sportni keng miqyosda rivojlantirish ustivor masalalardan biriga aylanib bormoqda. Yurtimiz vakillarining turli Xalqaro bellashuvlarda, Olimpiada o‘yinlari va jahon birinchiligi musobaqalarida yuksak natijalarga erishayotgani, Respublikamizning sport salohiyati yanada oshayotgani shahar va qishloqlarda zamonaviy sport inshootlari barpo etilayotgani, o‘quvchi va yoshlar o‘rtasida turli musobaqalar o‘tkzilishi ommalashib borilayotgani ayniqsa e’tiborlidir.
Bolalar sportini rivojlantirish – yurt ravnaqi uchun qo‘yilgan poydevordir. Kelajakni o‘ylab qilingan bunday olijanob savobli ish O‘zbekistonda yurtboshimiz tashabbusi bilan amalga oshirilmoqda. Yurtboshimiz ommaviy sportning inson va oila hayotidagi roli, ning jismoniy va ma’naviy sog‘lomlikning asosi, hayotga katta umid bilan kirib kelayotgan yoshlarga o‘z qobiliyat va ist’edodini ro‘yobga chiqarishda sportning ahamiyati juda katta ekanligini doimo ta’kidlab kelingan. Hamma narsa bolalikdan boshlanadi. Bolaning sog‘lom bo‘lib voyaga etishi, intizomli va qobiliyatini namoyon eta olishi orqali jamiyatda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi uchun unga beriladigan tarbiya o‘ta muhum omil hisoblanadi.
Xalqimizda Dunyo ko‘rgan degan ibora ishlatiladi. Buning ma’nosi ko‘p amlakatlarda bo‘lgan, har xil xalqlar va millatlar bilan muloqatda o‘lgan insonning dunyoqarashi va tafakkuri boy bo‘lishini anglatadi. Zamonaviy davrda dunyo ko‘rishning eng samarali usullaridan biri sport musobaqalarida ishtirok etishdir.
Demak, bolalarimizni dunyo bilan tanitishimiz uchun ularni sport bilan oshna qilishimiz lozim. Buni amalga oshirishni boshlab bergan yurtimizning bolalar sportini rivojlantirishni davlat siyosati darajasiga ko‘taradi. Bolalar va o‘smirlar sport maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilash to‘g‘risidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktablarini kadrlar bilan ta’minlashni yaxshilash” to‘g‘risidagi 13.05.2005 № 119 –sonli buyrug‘i
1. Jismoniy tarbiya murabbiylarni tayyorlaydigan Olimpiya zaxiralari kollejlari bitiruvchilarni Xalq ta’limi vazirligi ho‘zuridagi Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan yangi qurib foydalanishga topshirilgan sport inshoatlari hamda BO‘SM ga tegishli
mutaxassislar bilan ta’minlash imkon bo‘lmagan taqdirda, istisno tariqasida, vaqtinchalik murabbiylik lavozimlariga ishga qabul qilishga ruxsat etilsin. O‘zbekiston Respublika Vazirlar Mahkamasining 1999 yil 27 maydagi “O‘zbekistonda jismoniy tarbiya va sport yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 271-sonli qarori. Bolalar sportini rivojlantirishda qo‘llaniladigan asosiy qonunlar O‘zbekiston Respublikasining qonuni 14.01. 1992 y. № 513 -12 Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi ( yangi tahriri) Mazkur qonunning Yangi tahriri O‘z.R 26.05.2000 y 76.11-sonli Qonun bilan tasdiqlangan. Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risidagi Qonun 27 moddadan iborat. O‘zbekiston Respublikasining Qonuni 29.08.1997 y. № 464 Ta’lim to‘g‘risida O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, sog‘liqni saqlash vazirligi, Davlat jismoniy tarbiya va sport qo‘mitasining O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish to‘g‘risidagi takliflari asosida tashkil etildi. O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi barcha, shu jumladan Xorijiy tashkilotlar, uyushmalar, kompaniya va ishtirok etishlari uchun ochiq bo‘lgan Xalqaro noxukumat jamoat tashkiloti hisoblanadi.
2.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002 yil 31 oktyabrdagi qarori, 374 – sonli qaroriga 1-ilova Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi muassasalarining ro‘yxati
2-ilova O‘zbekiston Bolalar sporti rivojlantirish jamg‘armasi homiylar kengashining tarkibi 3-ilova O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi to‘zilmasi
4-ilova Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi markaziy
apparatining to‘zilmasi
5-ilova Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi mintaqaviy
filialining na’munaviy to‘zilmasi.
6- ilova O‘zbekiston Bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi
to‘g‘risidagi Nizom Ushbu ishlarga jami 81 mlrd. so‘m moliyalashtirildi. Shundan yangi qurilishlarga 69.6 mlrd. so‘m, rekonstruksiyaga 11.4mlrd so‘m sarflandi. Mablag‘larning 36.3 mlrd so‘mi jamg‘armadan, 44.7 mlrd. so‘mi
mintaqaviy filiallardan harajat qilindi. 2003-2006 yillarda foydalanishga topshirilgan bolalar sporti inshoatlari jami 7 mlrd. 400 miln.so‘mlik sport anjomlari bilan jihozlandi. Ijtimoiy muxofazaga muxtoj oila farzandlari uchun 1.9 mlrd so‘mlik sport anjomlari tarqatildi. Foydalanishga topshirilgan inshoatlarning barchasi belgilangan me’yorlar asosida jamg‘arma tomonidan sport anjomlari va uskunalari bilan to‘liq jihozlanib sport mashg‘ulotlari o‘zluksiz olib borilmoqda. Sport bazasiga ega bo‘lmagan bolalar va o‘smirlarsport maktablari jamg‘arma tomonidan ko‘rib foydalanishga topshirilgan sport majmualariga ko‘chirildi. Ushbu g‘oyat muxim masalalar izchil yo‘lga qo‘yildi. Xukumat qarorlari va jamg‘arma homiylik kengashining yig‘ilishlarida belgilangan vazifalarni bajarish bo‘yicha mahalliy xokimiyat va boshqaruv organlari, nodavlat va jamoa tashkilotlari hamda Xalqaro tashkilotlar bilan o‘zviy hamkorlikda muayyan ishlar amalga oshirib borilmoqda.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish haqida”. 2002 yil 24 oktyabr PF –3154- sonli Farmoni Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan kadrlar tayyorlash davlat dasturiga muvofiq hamda o‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirishning sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirishning g‘oyat muxim sharti sifatida bolalar ommaviy sportini rivojlantirish maqsadida : Yoshlarning “Kamolot” ijtimoiy harakati, “Sog‘lom avlod uchun” Xalqaro jamg‘armasi, xukumat jamoat tashkilotlari turmush tarziga amal qilish, ma’naviy va jismoniy komillikka intilish zarurligi tuyg‘usini shakllantirish, Vatanga mehr-muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur, iftixor ruxida tarbiyalash borasida chora-tadbirlar komplektini amalga oshirish;
- birinchi navbatda qishloq joylarida bolalar jismoniy tarbiya va sportining moddiy bazasini shakllantirish, umumta’lim maktablari qoshida va aholi yashash joylarida zamonaviy sport uskunalari bilan jihozlash va ulardan samarali foydalanishi uchun zarur bo‘lgan moliyaviy va
moddiy mablag‘larni jamlash
- bolalarni jismoniy va ma’naviy tarbiyalashning zamonaviy shakl va uslublarini, jinsi va yoshiga qarab bolalarga sport ko‘nikmalarini singdirishning, sport sohasida iqtidorli bolalarni ixtisoslashtirilgan sport maktablariga tanlab olishning ilmiy asoslangan tizimlarini ishlab chiqishni tashkil etish hamda ularni tatbiq qilishga ko‘maklashish;
- umumta’lim maktablarining sport bazasini hamda shaharlarda va qishloq joylarda bolalar sport inshoatlari tarmoqlarini yanada rivojlantirishdan iborat qilib belgilanadi. Jamg‘arma tashkil topgandan beri, o‘tgan 6 yildan ortiq vaqt davomida ushbu maqsad va vazifalarni bajarish borasida muayyan ishlar amalga oshirildi. O‘quvchilar sog‘ligini mustahkamlash, ularni sportga bo‘lgan qiziqishlarini oshirish maqsadida jismoniy tarbiya fani umumta’lim maktablarining 5-9 sinflarida maktab ixtiyoridagi soatlardan haftasiga 0.5 soatdan, 10-11 sinflarda bir soatdan davlat ixtiyoridagi soatlarga qo‘shimcha ravishda o‘qitila boshlandi. Jamg‘arma tomonidan 2003-2006 yillarda 543ta bolalar sport
inshoatlari foydalanishga topshirildi. Shundan 336 tasi yangi (154 ta TIP, 182 ta sport zallari) 207 ta mavjud sport inshoatlari rekonstruksiya qilindi. Bularning 437 tasi (80%) qishloqlarga to‘g‘ri keladi. Ilgargi maktab, murabbiylar va soha mutaxasislari faqat qiziqishi bor bolaning sport bilan shug‘ullanishiga e’tibor qaratishgan bo‘lsa, bugungi kunda davlat arbobidan boshlab, korxona raxbarigacha, oiladan tortib mahallagacha, tadbirkor-fermergacha qo‘yilgan, barcha bolalar sportning sehrli olamida yashamoqda. Qisqa davrda bu borada ulkan ishlar qilindi. Bunda albatta juda ko‘plab insonlarning mashaqqatli va zaxmatli mehnati yotibdi. O‘sib kelayotgan yosh avlodning jismoniy va ma’naviy salomatligini shakllantirish, sog‘lom turmush tarziga intilish va sportga mehr-muhabbatni singdirish borasida shart-sharoitlar yaratib berish, bolalar ommaviy sportini qishloqlarda rivojlantirishga alohida e’tibor berish, Vatanga sadoqatli, kelajakka ishonchi bor, barkamol avlod tarbiyalash, bolalar orasidan iste’dodli sportchilarni tanlab olish va ularning qobilyatini rivojlantirishga ko‘mak berish maqsadida muhtaram birinchi
Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov 2002 yilning 24 oktyabrda 3154-sonli Farmonga imzo chekdi. “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasini to‘zish to‘g‘risida”gi ushbu Farmon bolalar jismoniy tarbiya va sportini yanada rivojlantirish borasida poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida O‘zbekiston Respublika Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari raisligida mutasadi tashkilotlar raxbarligidan iborat to‘zilgan komissiya ishtirokida mamlakatda 42494 ta sport inshoati, shu jumladan 320 ta stadion, 262 ta ochiq va 53 ta yopiq basseyinlar, 35228 ta sport maydonchalari, 6010 ta sport zallari borligi, bulardan 18.9 % ta’mirlanishiga muxtojligi aniqlanib, 2003 yilga 44 ta ob’ekt qurilishi va 60 ta sport inshoatining ta’mirlanishi, 59 ta inshoat rekonstruksiya qilinishi rejalashtirib, shahar va qishloqlarda zamonaviy sport inshoatlari barpo etishi boshlab yuborildi.
Bolalar sportining moddiy- texnika va resurs bazasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari davlat siyosati darajasida amalga oshirish, buning uchun davlat to‘zilmalari bilan bir qatorda xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar, homiylar, nodavlat va jamoa tashkilotlarining Xalq ta’limi boshqaruvi organlari va ta’lim muassasalari bilan birgalikda bolalarda sportga mexr uyg‘otish, ma’naviy va jismoniy komillika intilish zarurligi tuyg‘usini shakllantirish, Vatanga muhabbat va o‘z mamlakati uchun g‘urur, iftixor ruxida tarbiyalash borasida chora-tadbirlar komplektini amalga oshirish umumxalq harakatiga aylandi.
2004 yil 29 avgustda 3481-sonli “O‘zbekiston bolalar sportini rivojlantirish jamg‘armasi faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon qabul qilindi. Ushbu farmon bolalar sportini rivojlantirish va qishloq joylarda o‘quvchi yoshlarni jismoniy tarbiya va sport bilan faol shug‘ullanishga ommaviy jalb etish, umumiy o‘rta ta’lim tizimining takomillashtirishning muxim vazifasi 2004-2009 yillarda maktab ta’limini rivojlantirish Davlat umumiy dasturining ajralmas qismi sifatida yangi yo‘nalish ochib berdi.



Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə