Mavzu: Umumta’lim maktablarida sport to’garaklarini tashkil etish yo’llari. Rija: Kirish



Yüklə 265 Kb.
səhifə9/11
tarix22.05.2023
ölçüsü265 Kb.
#111942
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
MAVZU JISMONIY TARBIYANING DASTUR BO\'LIMLARI O\'QUV VAQTLARI HAMDA O\'QUV MATERIYALLARINING HAR DARS VA CHORAKLARGA TAQSIMLASH YILLIK O\'QUV REJA JADVALI

1) Ta’lim va tarbiya funksiyasi. Jismoniy madaniyatning umumiy ta’lim tizimidagi doimiy tarzdagi, hayotda kerak bo‘ladigan, harakat ko‘nikmasi va malakalarini, ular bilan bog‘liq bilimlarni tashkil topishida foydalanganda to‘liq ko‘rinadi.
2) Amaliy funksiyasi. Jismoniy madaniyatning mehnat faoliyatida, professional amaliy tayyorgarlik omili sifatida maxsus tayyorgarlik tizimida qo‘llanganda ko‘rinadi.
3) Sport funksiyasi. Sportni yuqori ko‘rsatkichlar sohasida, jismoniy madaniyat maksimal natijalarga erishish omili hamda jismoniy va unga bevosita taalluqli imkoniyatlarni ko‘rsatishda aniq ko‘rinadi.
4) Rekriativ va sog‘lomlashtirish-reabilitatsiya funksiyasi. Jismoniy madaniyatni dam olishni tashkil qilish sohasida yoki organizmni maxsus qayta tiklash tizimida, charchashga qarshi kurash omili sifatida, emotsional talablarni qondirishda va organizmni vaqtincha yo‘qotgan funksional imkoniyatlarini qayta tiklashda ko‘proq ko‘rinadi. Ko‘pgina ilmiy ishlarda gipodinamiya yurak qon-tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi isbotlangan. Shuning uchun ham rekriativ va sog‘lomlashtirish funksiyasining ahamiyati juda katta.
Jismoniy madaniyatning bu funksiyalarini amalga oshirish ob’ektiv ravishda faqatgina kishining jismoniy sifatlarigagina bog‘liq bo‘lib qolmasdan, balki uning ruhiy va shaxsiy sifatlariga ham bog‘liqdir.
Umumiy funksiyalari. Madaniyatga taalluqli bo‘lgan hamma umumiy funksiyalar, u yoki bu holda jismoniy madaniyat sohasida ham ko‘rinadi.
1) Estetik funksiyasi. Jismoniy madaniyatni o‘ziga xos xususiyatlari bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, insonlarni jismoniy kamolotga, sog‘lom bo‘lishga, umumiy garmonik rivojlanishiga bo‘lgan talablarini qondiradi. Shuning uchun ham har xil san’at turlarida jismoniy madaniyat turlarini qayd qilish keng yo‘l olgan bo‘lsa, sportning o‘zi ham san’atning ko‘pgina ko‘rinishlarini qabul qiladi.
2) Normativ funksiyasi. Jismoniy madaniyatni jamiyatdagi amaliyotda ishlatilishi bilan, ma’lum mezonlar ishlab chiqiladi va mustahkamlanadi. Bular esa tartiblashtirilgan, sport ko‘rsatkichlarini me’yorlashtirilgan ko‘rsatkichi, jismoniy kamolotning umumiy kriteriyalari, jismoniy yuklamani me’yorlashtirish qoidalari va h.k. bo‘ladi.Bular amaliyotda “Alpomish” va “Barchinoy” sport majmuasi va O‘zbekiston Respublikasi sport klassifikatsiyasida yaxshi ko‘rsatilgan.

Yüklə 265 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə