Mavzu: Xalq og’zaki ijodi



Yüklə 1,07 Mb.
tarix24.05.2023
ölçüsü1,07 Mb.
#112628
Xalq og’zaki ijodi

Mavzu: Xalq og’zaki ijodi

Xalq og’zaki ijodi yozma adabiyotdan ancha ilgari paydo bo’lgan va yozma adabiyotning bunyodga kelishi uchun zamin hozirlagan.Xalq yaratgan asarlar o’zining g’oyaviyligi, chuqur xalqchilligi, til boyligi va badiiyligi bilan ahralib turadi.U xalqning yengilmas irodasini, kelajakka bo’lgan ishonchini, haqiqat, adolat,tinchlik va baxt haqidagi tasavvurlarini yaqqol aks ettiradi.Xalq shoirlari yoki jamoat tomonidan yaratilib, og’izdan-og’izga , avloddan-avlodga o’tib kelgan badiiy asarlar xalq og’zaki ijodi deyiladi.Xalq og’zaki ijodi fol’klor deb ham yuritiladi.

QO’SHIQ – kuyga solib aytiladigan kichik lirik sher.Qoshiqlarning quyidagi turlari mavjud: 1.Lirik qo’shiqlar. Bunday qo’shiqlarda insonlarning ruhiy olami, ishqiy kechinmalari aks etadi, to’rt misralik bandlardan tashkil topadi, ular kasb,payt,o’rin tanlamaydi: ularni istalgan vaqtda istalgan kishi xohishiga ko’ra baland ovoz bilan yoki xirgoyi qilib aytaveradi.

MAQOL – xalqning dono, purhikmat ifodalari,yirik madaniyat arboblari,olimlar,davlat arboblarining ibratomuz gaplari, xalqning hayotiy tajribalari asosida yuzaga kelgan dono fikrlarni ixcham shaklda ifodalovchi asarlardir.Maqollar she’riy va nasriy tuzilishga ega.Ularda mehnatsevarlik,vatanparvarlik,mardlik,saxiylik,adolat,insof,do’stlik,olijanoblik,chininsoniy g’oyalar,sof muhabbat,ilm olisga da’vat kabilar o’z eksini topgan. Misollar: Azob ko’rmay – rohat yo’q, Ishl;amay yegan – og’rimay o’lar, Tirishgan tog’dan oshar, Vataning tinch – sen tinch va boshqalar.

MATAL – ko’chma ma’noda ishlatiluvchi xalq majoziy iboralarining bir turi.Matal o’z ma’nosidan boshqa ma’noga ko’chirilgan so’z birikmalaridan iborat bo’ladi,unda o’xshatish,kinoya,qochirma so’z va boshqa til vositalari qo’llaniladi.Bunda majoziy iboraning o’z asl ma’nosi bilan ko’chirilgan ma’nosi o’rtasida mantiqiy bog’lanish bo’ladi. Misollar: Temirni qizig’ida bos, Chumchuq so’ysa ham,qassob so’ysin

ERTAK – hayot haqiqatiga asoslangan,xayolot va fantastika xususiyatlari bilan yo’g’rilgan , odamlarga ibrat o’git beruvchi og’zaki hikoyalar hisoblanadi.O’zbeklar o’rtasida ertaklar varsoq, cho’pchak, masala kabi atamalar bilan yuritiladi.Ertaklarning o’ziga xos janr xususiyatlari quyidagilar: 1.Og’zaki hikoyaga asoslangan qiziqarli syujetga ega bo’lishi; 2.voqealarning ongli tarzda xayoliy uydirmalar orqali aks ettirilishi; 3.estetik vazifaning yetakchilik qilishi; 4.o’ziga xos badiiy shakily qolip hamda tilga ega bo’lishi (ertaklar bir bor ekan, bir yo’q ekan… kabi maxsus boshlamalar bilan boshlanib, murod maqsadiga yetibdi,birga turib, birga yashabdilar,soqoli ko’ksiga yetibdi kabi maxsus tugallanmalar bilan yakunlanadi.)

LATIFA - xalq og’zaki ijodining eng ommaviy janrlaridan biri bo’lib, nozik, mayin kinoya, qochiriqlar ishtirok etuvchi kulguli, kichik hajmli hikoyalar.Xalq o’rtasida afandi deb ham yuritiladi.Mustaqil janr sifatida latifa quyidagi xususiyatlarga ega: 1.Yagona qahramon bilan bog’liq holda yaratiladi(Nasriddin obrazi, bu obraz asosan XIX asrdan boshlab o’zbek latifalariga kirib kelgan.XIX asrga qadar latifa qahramoni bir kishi, mashrab, fors-tojik latifalari ta’sirida mushfiqiy, bahlul yoki turkey xalqlar og’zaki ijodida keng tarqalgan aldar ko’sa, ko’sa, kal kabi turlicha nomlar bilan yuritilgan.) 2.Ixcham syujetga ega bo’ladi.

DOSTON - xalq og’zaki ijodining eng murakkab,yirik va keng tarqalgan janrlaridan biri.Doston so’zi qissa,hikoya,shonu shuhrat,sarguzasht,ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladi.Dostonlar lirik doston (Mirtemirning “Surat”,A.Oripovning “Yuzma-yuz” dostonlari), epik doston (Oybekning “Davrim jarohati, M.Shayxzodaning “Toshkentnoma”, E.Vohidovning “Istanbul fojeasi” dostonlari) , dramatic doston (Fitratning “Shaytonning tangriga isyoni”, A.Oripovning “Jannatga yo’l” dostonlari) kabi uch turga bo’linadi. Xalq dostonlarini do’mbira jo’rligida ijro etuvchi va kuylovchi san’atkor shoir yoki baxshi deb atalgan. Xalq dostonlarini ijro etish uslubiga ko’ra Bulung’ur,Shahrisabz,Sherobod,Janubiy Tojikiston va Xorazm dostonchilik maktablari mavjuddir.

ASKIYA - o’zbek xalq og’zaki jodining xushchaqchaq va kulguli bir janri.Askiya atamasi arabcha zakiy so’zidan olingan bo’lib, zehni o’tkir, so’zamol,zakovatli ma’nolarini bildiradi. Zakiy so’zining ko’plik shakli askiyo bo’lib, talaffuzda askiya ko’rinishini olgan.Askiyalarning o’z syujeti va kompozitsiyasi bo’ladi.Bu ayniqsa payrov turida ravshan ko’rinadi.Payrov askiya aytuvchilar tanlagan mavzudir. TEZ AYTISH – ma’lum so’zni,so’z birikmasini yoki tovushni to’g’ri talaffuz qilishga , uni boshqa tovushglardan farqlashga o’rgatadigan,xotirani mustahkamlaydigan va nutqni o’stiradigan janr hisoblanadi. ALLA - bolalarni uxlatish uchun onalar aytadigan qo’shiq.Alla ohangi beshik yoki belanchak tebranish sur’atiga mos bo’ladi.


Yüklə 1,07 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə