Mavzu: «xalqaro tashkilotlar va bojxona organlarining ular bilan o‘zaro hamkorligi»



Yüklə 39,62 Kb.
səhifə2/4
tarix30.12.2023
ölçüsü39,62 Kb.
#164146
1   2   3   4
10-MA\'RUZA

Butunjahon savdo tashkiloti


O‘zbekiston uchun muhim strategik ahamiyatga ega bo‘lgan yana bir xalqaro Tashkilot - bu Butunjahon savdo Tashkilotidir.
Butunjahon savdo Tashkiloti (BST)ning dastlabki nomi «Savdo va tariflar bo‘yicha Bosh келишув» (STBBK)dir.
«Savdo va tariflar bo‘yicha bosh келишув» yoki xalqaro qabul qilingan qiskartma nomi GATT – halqaro savdoning boj-tarif jihatlarini tartibga soluvchi eng nufo‘zli tuzilmadir.
GATT 1947 yilda Jinivada tuzilgan bo‘lib, savdo erkinligi g‘oyalarini, yaʼni xalqaro savdoda ishtirok etuvchi tomonlarning tengligini ifoda etadi.
GATTning eng asosiy qoidalari – bu xalqaro savdoda «diskrimenatsiya qilmaslik”, «eng ko‘p qo‘laylik бериш» va «Bojxona-tarif usuli orqali tartibga солиш» tamoyillaridir.
Misol uchun, «Eng ko‘p qo‘laylik бериш» rejimi ishtirokchi davlatlarning o‘zaro yetkazib berilayotgan tovarlariga nisbatan har kanday uchinchi tomon tovarlariga qo‘llanilayotgan boj stavkalaridan yuqori bo‘lmagan boj stavkalarini qo‘llash majburiyatini bildiradi.
«Diskrimenatsiya qилмаслик» tamoyiliga ko‘ra, GATTga aʼzo davlat o‘zining mahalliy tovarlari va boshqa aʼzo davlatlarning tovarlari O‘rtasida diskrimenatsiya (ajratish, kamsitish) rijimini o‘rnatmasligi kerak. Yaʼni, tovarlar davlat chegarasini kesib o‘tganidan boshlab, ularga o‘sha davlatning mahalliy ishlab chiqarilgan tovarlariga bo‘lgan munosabatda bo‘linishi talab etiladi.
Tashqi savdoni «bojxona – tarif usuli orqali tartibga solish» tamoyili - tartibga solish usuli sifatida faqat bojxona bojlarining tan olinishi demakdir.
GATT faoliyati davomidagi eng muhim va ahamiyatli uchrashuv GATTning 1986 yilning sintyabr oyida Urugvayda ochilgan mahsus sessiyasi bo‘ldi. Mazkur sessiyaning o‘ziga hos hususiyati GATT tomonidan tartibga solinadigan masalalar doirasi qatoriga hizmatlar savdosining ham kiritilganligi bo‘ldi.
Lekin Urugvay sessiyasining eng ahamiyatli natijasi unda GATT asosida Butunjahon savdo tashkiloti(BST)ni taʼsis etish haqidagi qaror qabul qilinganligidir. GATTning barcha qoidalarini saqlab qolgan holda, ushbu yangi Tashkilot o‘z oldiga savdo erkinligini taʼminlash vazifasini qo‘ydi.
1994 yilning iyul oyida O‘zbekiston BSTga qo‘shilish istagini bildirib, uning Jinivadagi Kotibiyatiga yozma murojaat qildi va shu vaqtdan boshlab BSTda ko‘zatuvchi maqomidan foydalanib kelmokda.
1998 yilning sintyabr oyida O‘zbekiston BSTga o‘zining «Tashqi savdo rejimi to‘g‘risida Mimorandum”ini taqdim etdi. Ayni paytda mazkur Mimorandum BSTga aʼzo davlatlar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
O‘zbekistonning BSTga aʼzo bo‘lishi xalqaro savdo tizimida o‘zining taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish imkonini yaratib, BSTning barcha aʼzo davlatlari tomonidan O‘zbekiston eksport kelayotgan tovar va hizmatlari diskrimenatsiya kelinmasligini va ularga eng ko‘p qo‘laylik berish rejimi qo‘llanishini kafolatlaydi.
BSTga aʼzo bo‘lish uchun O‘zbekiston uning kuyidagi 15 ta kelishuvlarida aks ettirilgan majburiyatlarni bajarishni o‘z zimmasiga olishi lozim:

  • Tarif va savdo bo‘yicha bosh kelishuv;

  • Hizmatlar savdosi bo‘yicha bosh kelishuv;

  • Savdo bilan bog‘lik intilliktual mulklari aspiktlari bo‘yicha kelishuv;

  • Qishlok ho‘jaligi bo‘yicha kelishuv;

  • Sanitar va fitosanitar choralarini ko‘llash bo‘yicha kelishuv;

  • Tikstil va kiyim-kechak bo‘yicha bosh kelishuv;

  • Savdodagi texnik to‘siklar to‘g‘risidagi kelishuv;

  • Savdo bilan bog‘lik invistitsion shartlar bo‘yicha kelishuv;

  • Bojxona qiymatini aniqlash bo‘yicha kelishuv;

  • Dimpinga qarshi masalalar bo‘yicha kelishuv;

  • Yuklash oldi nazorati bo‘yicha kelishuv;

  • Tovar ishlab chiqarilgan mamlakatini aniqlash bo‘yicha kelishuv;

  • Importni litsinziyalashtirish qoidalari bo‘yicha kelishuv;

  • Subsidiyalar va kompinsatsion choralar bo‘yicha kelishuv;

  • Himoya choralari to‘g‘risidagi kelishuv;



O‘zbekistonning BST ga aʼzo bo‘lishi qo‘yidagi afzalliklar bilan bevosita bog‘liqdir:

  • BSTga aʼzo 130 tadan ortik mamlakatlarning milliy bozorlariga tovar va hizmatlarning erkin chiqishini taʼminlaydi;

  • Davlatning tashqi savdo siyosati istiqbol rejalarini ishlab chiqish uchun qo‘lay sharoit yaratib, uning barqarorligini oshirish imkonini beradi;

  • BSTning qoidalari subsidiyalar, demping kabi tashqi savdoning nopok vositalarining qo‘llanishini taʼqiqlab, ulardan himoyalanish maqsadida tegishli choralar ko‘rish imkonini beradi;

  • nisbatan barqaror, qo‘lay va oldindan rejalash imkonini beradigan muhit chet el invistorlariga ularning O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan o‘z mahsulotlarini tusiqlarsiz jahon bozoriga olib chiqish va o‘z faoliyatlari uchun jahon bozoridan to‘siqlarsiz mahsulot, asbob – uskuna va tehnologiyalarni olib kirish imkonini beradi;

  • BST doirasida o‘tkaziladigan ko‘p taraflama savdo mo‘zokaralarida O‘zbekiston ham ishtirok etib, o‘z manfaatlarini ifoda etish imkoniyatini yaratadi.




Yüklə 39,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə