Mavzu: Xalqaro xisob kitoblar tizimi


Xalqaro hisob-kitoblar tizimi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va moliyalashtirish manbaalari



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə2/3
tarix18.03.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#102802
1   2   3
bank ishi G\'aniyev

2. Xalqaro hisob-kitoblar tizimi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va moliyalashtirish manbaalari.

  • 2. Xalqaro hisob-kitoblar tizimi faoliyatining asosiy yo’nalishlari va moliyalashtirish manbaalari.
  • Banklar hisob-kitoblarni amalga oshirish uchun o’zlarining xorijiy bo’limlari va xorijiy banklar bilan o’rnatilgan vakillik munosabatlaridan foydalanadilar. Xorijiy banklar bilan vakillik munosabatlari o’rnatilganda "loro" (xorijiy banklarning mazkur bankda ochgan hisobvarag'i) va "nostro" (mazkur bankning xorijiy banklarda ochgan hisobvarag'i) hisobvaraqlari ochiladi. Vakillik munosabatlari hisob-kitoblar tartibi, vositachilik haqining hajmi, ishlatilib bo’lingan mablag’larni to’latish uslublarini belgilab beradi. Xalqaro hisob-kitoblarni o’z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun banklar odatda kutilayotgan to’lovlarning tarkibiy tuzilishi hamda muddatlariga muvofiq ravishda zarur bo’lgan va turli valyutalarda ifodalangan valyuta pozitsiyalarini ta'minlab turadilar hamda o’z valyuta zahiralarini diversifikatsiyalash siyosatini o’tkazadilar.

Klassik eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli bo’lib hujjatli akkreditiv va hujjatli inkasso hisoblanadi,

  • Klassik eng keng tarqalgan hujjatli hisob-kitoblar shakli bo’lib hujjatli akkreditiv va hujjatli inkasso hisoblanadi,
  • Akkreditiv operatsiyalari to’rt asosiy bosqichni bosib o’tadi.

  • Birinchi bosqich. Importyor tovarning jo’natishga tayyorligi to’g’risida xabar olgandan keyin o’z bankiga (bank-emitent) eksport bankida ma’lum summa va muddatga akkreditiv ochish topshirig’ini beradi. Akkreditiv ochish topshirig’i bilan birga akkreditiv berilishi uchun talab qilinadigan hujjatlar ro’yxati ko’rsatiladi.
  • Ikkinchi bosqich. Bank-emitent tegishli bankda akkreditiv ochiladi va eksportyorga bu haqda xabar qilinadi, zarur bo’lsa akkredetiv ochilganligi tasdiqlanadi.

Uchinchi bosqich. Tovarni jo’natgan eksporter bankka talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to’lovni oladi (odatda u eksportyorning hisobvaraqasiga o’tkaziladi).

  • Uchinchi bosqich. Tovarni jo’natgan eksporter bankka talab etilgan hujjatlarni taqdim etadi va tovar uchun tegishli to’lovni oladi (odatda u eksportyorning hisobvaraqasiga o’tkaziladi).
  • To’rtinchi bosqich. Eksportyor banki tovar hujjatlarini bank-emitentga yuboradi, u, o’z navbatida, bu hujjatlarni importyorga taqdim etadi va akkreditiv summasini qoplaydi (importyor bu summani to’lab beradi).

Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə