Mavzu: xarakteristik funksiyalar va har XIL tipdagi taqsimotlar


II. 1. Xarakteristik funksiyalar va har xil tipdagi taqsimotlar



Yüklə 0,49 Mb.
səhifə2/13
tarix23.04.2022
ölçüsü0,49 Mb.
#85934
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
XARAKTERISTIK FUNKSIYALAR VA HAR XIL TIPDAGI TAQSIMOTLAR. KURS ISHI

II. 1. Xarakteristik funksiyalar va har xil tipdagi taqsimotlar.

Xarakteristik funksiyalar ehtimolliklar nazariyasining analitik metodlaridan eng asosiylaridan biri bo‘lib, klassik va kompleks analizning hozirgi zamon tasodifiy miqdorlarni qo‘shish nazariyasida qo‘llanish imkoniyatini yaratib beradi. Xarakteristik funksiyalar matematik statistikada ham muhim rol o‘ynaydi. Xarakteristik funksiyalarga asoslangan analitik metodning unumli qo‘llanishining negizida xarakteristik funksiyalar taqsimot funksiyalari kabi, ehtimollik taqsimotlarini bir qiymatli aniqlashi yotadi.

Ehtimollar nazariyasining muhim tushunchalaridan biri tasodifiy miqdor tushunchasidir.

Ta’rif. Tajriba natijasida u yoki bu qiymatni qabul qilishi oldindan ma’lum bo‘lmagan miqdor tasodifiy miqdor deyiladi.

Tasodifiy miqdorlar lotin alifbosining bosh harflari (yoki grek alifbosining kichik harflari (ksi), (eta), (dzeta),…) bilan, qabul qiladigan qiymatlari esa kichik harflar bilan belgilanadi.

Tasodifiy miqdorlarga misollar keltiramiz:

1) tavakkaliga olingan mahsulotlar ichida sifatsizlari soni;

2) ta o‘q uzilganda nishonga tekkanlari soni;

3) asbobning beto‘xtov ishlash vaqti;

4) kesmadan tavakkaliga tanlangan nuqtaning koordinatalari;

5) bir kunda tug‘iladigan chaqaloqlar soni va h.k.



Ta’rif. Agar tasodifiy miqdor chekli yoki sanoqli sondagi qiymatlar qabul qilsa, bunday tasodifiy miqdor diskret tipdagi tasodifiy miqdor deyiladi.

Endi tasodifiy miqdorni qat’iy ta’rifini keltiramiz.




Yüklə 0,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə