Mavzu: Xirurgik yo’l bilan davolanayotgan bemorlarda hamshira ishining xususiyatlari. Operatsiyadan oldingi davr. Operatsiyadan keying davr. Reja



Yüklə 122,89 Kb.
tarix12.03.2023
ölçüsü122,89 Kb.
#102357
0Xirurgik yo’l bilan davolanayotgan bemorlarda hamshira ishining xususiyatlari.


Mavzu: Xirurgik yo’l bilan davolanayotgan bemorlarda hamshira ishining xususiyatlari. Operatsiyadan oldingi davr. Operatsiyadan keying davr.
Reja:

  1. Xirurgik yo’l bilan davolanayotgan bemorlarda hamshira ishining xususiyatlari.

  2. Operatsiyadan oldingi davr.

  3. Operatsiyadan keying davr.



Xirurgik yo’l bilan davolanayotgan bemorlarda hamshira ishining xususiyatlari

        1. Operatsiyaning zarurligi tushuntiriladi va uning natijasi yaxshi bo’lishiga ishontiriladi.

  1. Bemorning operatsiyadan oldingi holatiga baho beriladi (arterial bosim o’lchanadi, puls va nafas harakatlarining soni sanaladi).

  2. Bemorga parhez haqida tushuntiriladi: operatsiyadan oldingi kun kechqurun bemorga yengil kechki ovqat beriladi, operatsiya kuni ertalab bemorni ovqatlantirilmaydi.

  3. Ichak tozalanadi, operatsiyadan 3 soat oldin tozalash huqnasi (klizma) qilinadi.

  4. Operatsiyadan oldingi kun, kechqurun vrach-anesteziolog buyurgan sedativ dori vositalari yuboriladi (bemor dam olishi vat inch uxlashi uchun).

  5. Bemorga dush qabul qilish tavsiya etiladi, oqliklar almashtiriladi.

  6. Operatsiyaga bevosita transportirovka qilish oldidan bemor hamma gigiyenik muolajalarni o’tkazishi kerak.

  7. Operatsiyadan 30 daqiqa oldin premedikatsiya qilinadi, bemorni aravachada operatsiya xonasiga olib kelinadi.

Operatsiyadan oldingi davr


  1. Bemor yotqizilgan aravachani operatsiya xonasiga olib kelinadi.

  2. Aravachani operatsiya stoliga taqab qo’yiladi (bosh tomonini boshga).

  3. Ikki hamshira aravacha tomonidan (jarrohlik bo’limidagi) va ikki hamshira

(operatsiya xonasi hamshiralari) operatsiya stoli tomonida turadi.

  1. Hamshiralar ikkala qo’llarini bilakkacha bir-birlariga qarama-qarshi kiritiladi.


  2. Bemorning bosh tomonida turgan hamshiralar o’ng qo’llarini bemorning bo’yni va yelkasi tagiga, chap chap qo’llarini ko’krak qafasi ostiga qo’yadilar (hamshiralarning qo’llari bemor tagida birlashishi kerak).

  3. Oyoq tomonida turgan hamshiralar o’ng qo’llarini bemorning chanoq suyagi tagiga, chap qo’llarini tizzasi ostiga qo’yadilar.

  4. Bemorni “uch” deb komanda berilganda (hamshiralardan biri komanda beradi) o’tkaziladi. To’rtovlon bemorni ko’tarishadi va aravachadan operatsiya stoliga o’tkazishadi.

Operatsiyadan keyin aravachadan karavotga o’tkazish algoritmi.

Bajarilish tartibi.


  1. Bemor karavoti tayyorlanadi.

  2. Aravacha va karavot orasida uchta hamshira turadi. Qo’llarini bilakkacha bemor tagiga kiritadilar.

  3. Bemorning bosh tomonida turgan hamshira o’ng qo’lini bemorning bo’yni va yelkasi ostiga qo’yadi, chap qo’li bilan bemorning qarama-qarshi tomonidagi qo’lini quchoqlagandek ushlaydi.

  4. O’rtada turgan hamshira, o’ng qo’lini bemorning kuragi ostiga, chapini-bel osti sohasiga qo’yadi.

  5. Bemorning chanoq suyagi oldida turgan hamshira o’ng qo’lini bel osti sohasiga, chapini-bemorning tizzasi ostiga qo’yadi.


  6. Bemorni aravachadan karavotga “uch” komandasini berilishi bilan o’tkaziladi (komandani hamshiralardan biri beradi). Bosh tomonda turgan hamshira buriladi va tibbiy xodimlar bemorni qo’llarida ko’tarib o’tkazadilar.

  7. Bemorni ehtiyotlik bilan karavotga yotqiziladi, issiq qilib o’rab qo’yiladi va aravachani palatadan olib ketiladi.

Operatsiyadan keyin bemorlarni parvarish qilish algoritmi


Operatsiyadan keyin bemor intensiv palataga o’tkaziladi.
Intensiv xona maxsus funksional krovat bilan jixozlangan bo’lib,quyidagi anjomlar bo’lishi kerak:E.K.Gaparati,tonometr,termometr,oshqozon zondi,suv ichiriladigan maxsus idish,markazlashtirilgan kislarod,grelka,til tutqich,og’iz kergich,Sistema,kerakli dori darmonlar to’plami,steril oqliqlar,tuvak,muzli xalta.

  1. Bemor o’rni grelka bilan isitiladi

  2. Operatsiya chokiga muzli xaltacha qo’yiladi 15-20 daqiqa turgach,30 daqiqa dam beriladi va yana muolaja takrorlanadi.

  3. Qusuq massalari yoki nafas yo’liga tili tiqilib qolmasligi uchun boshi bir tomonga qayrilgan bo’lishi kerak.

  4. Bemorning pulsi,qon bosimi,tana xarorati,operatsiya chokining xolati,oqliklarning quruqligi nazorat qilib turiladi.

  5. Shifokor ko’rsatmalari muntazam bajarib turiladi.

  6. Bemor mustaqil ravishda siydik ajratmasa,siydik pufagi kateterlanadi.

  7. Operatsiyadan so’ng 3 sutka davomida najas kelmasa,5%li natriy xlorid eritmasi bilan(150-200 ml)tozalovchi klizma qilinadi.

  8. irinchi sutkada bemorga mineral suv va limonli choy beriladi.9

  9. Ikkinchi sutkada shirin choy,shurva,qatiq,shuningdek uchinchi sutkada sho’rva,kisel,keyinchalik parxezli taomlar buyuriladi.

  10. Operatsion jaroxatning bitishiga ko’ra xar kuni ishlov beriladi.

  11. 5-6 sutkada choklar olinadi.

  12. Birinchi sutkada bemor yonboshlab yotqiziladi,operatsiyadan keying davr asoratsiz kechayotgan bo’lsa, 2-3 sutkalarda turishga ruxsat beriladi.

Yüklə 122,89 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə