Mavzu: xitoy xalq respublikasi: tabiiy-demografik salohiyati



Yüklə 80.18 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü80.18 Kb.
: wp-content -> uploads -> 2016
2016 -> Uğura İnan Dizayn cdr
2016 -> Gangguan Kepribadian Tingkat kompetensi 2
2016 -> Słowniczek obcych wyrazów występujących w tekście książki1
2016 -> Deja vu: Fingerprinting Network Problems
2016 -> Circadian Rhythms and Shift Work
2016 -> Konflikt oder Krise? Eine Definition
2016 -> Kontrakt om tilskud under Erasmus+ programmet til uddannelses- og praktikophold for elever I erhvervsuddannelserne
2016 -> Gambaran gaya hidup pada anggota komunitas


star-plyus_0555

SAMARQAND SHAHAR XALQ TA`LIMI MUASSASALARI FAOLIYATINI METODIK TA`MINLASH

VA TASHKIL ETISH BO’LIMIGA QARASHLI

64-UMUMIY O’RTA TA`LIM MAKTAB

GEOGRAFIYA FANI O’QITUVCHISI XAQBERDIYEVA SHOXISTA SHOMURODOVNANING

9-SINFLAR UCHUN YOZGAN


DARS ISHLANMASI

MAVZU: XITOY XALQ RESPUBLIKASI:

TABIIY-DEMOGRAFIK SALOHIYATI

d:\document\browser\html\images\61-2.jpg
Mavzu: Xitoy Xalq Respublikasi:

Tabiiy-demografik salohiyati
Darsning maqsadi: o`quvchilarning o`tilgan mavzular bo`yicha bilimlarini savol-javoblar asosida takrorlash, yangi mavzu bo`yicha hikoya uyushtirish, amaliy va mustaqil ishlar bajarish, xarita bilan ishlash;

- ta’limiy maqsad: o’quvchilarning Osiyo mamlakatlari haqida bilim va tasavvurlarini shakllantirishda davom etish, ularda Xitoy Xalq Respublikasi, uning tabiiy-demografik salohiyati, tabiiy resurslari va aholisi to`g`risida bilim va ko`nikmalarni hosil qilish, mavzuga oid yangi atama va tushunchalar bilan tanishish;

- tarbiyaviy maqsad: o’quvchilarni darsdan tashqari qo’shimcha manbalardan foydalanishga o’rqatish, ularda mehnatsevarlik, Ona-Tabiat boyliklarini avaylab asrash va muhofaza qilish xislatlarini tarbiyalash;

-rivojlantiruvchi: o’quvchilarning mustaqil fikrlash, hozirjavoblik, topqirlik, ziyraklik xususiyatlarini rivojlantirish, ularni o’z-o’zini boshqarishga yo’naltirish.

Dars turi: Yangi bilimlar beruvchi.

Dars uslubi: noan’anaviy.

Dars jihozi: Dunyoning siyosiy xaritasi, 9-sinf geografik atlasi, tarqatma materiallar, qo`shimcha qo`llanmalar, kompyuter, monitor, proyektor.

Dars rejasi:


T/r

Darsda bajariladigan ishlar

Ajratilgan vaqt

1

O’qituvchining kirish so’zi

2 daqiqa

2

Uy vazifasini so’rash orqali o’quvchilarni guruhlarga ajratish va sardorlarni saylash:

a) “Davlat nomini topamiz” o’yini

b) “Poytaxtlar” o’yini

d) To’g’risini belgila” o’yini



3 daqiqa

3 daqiqa


2 daqiqa

4

Yangi mavzu bayoni

17 daqiqa

5


Mavzuni mustahkamlash:

- “Raqamli diktant”

- ”Intellektual ring”

- “Tafakkur” o’yini

- “Ha”, “yo’q” o’yini


3 daqiqa

3 daqiqa


3 daqiqa

4 daqiqa


6

Darsni yakunlash

3 daqiqa

7

Uyga vazifa berish

2 daqiqa


Darsning borishi: Tashkiliy qism: davomatni aniqlash, o`quvchilarni darsga jalb etish, darsning maqsadini tushuntirish.

Uy vazifasini so`rash: Uy vazifasini so’rash orqali guruhlar nomlanadi.

a) “Davlat nomini topamiz” o’yini. Har bir guruhga o’tilgan mavzudagi davlatlar haqida savol-topishmoqlar beriladi. Qaysi guruh davlat nomini birinchi bo’lib topsa, o’sha davlat nomi bilan ataladi.



I. Ushbu davlatda qonun chiqaruvchi hokimiyat – Milliy Assambleya va Senat, sanoatining yetakchi tarmog’i - yengil sanoat, aholi soniga ko’ra jahonda 6-o’rinda turadi? (Pokiston).

II. Bu davlat 1979-yilning 1-aprel kuni mustaqil islom respublikasi deb e`lon qilindi, qora ikra eksporti bo’yicha jahonda 1-o’rinda turadi, ma`muriy jihatdan 23 ta provinsiyaga bo’linadi (Eron).

III. Ushbu davlatning shaharlaridan birida o’zbek adabiyoti asoschisi A.Navoiy tug’ilgan, asosiy millat vakillari – pushtunlar, Amudaryo orqali O’zbekiston bilan chegaradosh (Afg’oniston).
Guruhlar nomi aniqlab olindi:

1-guruh: “Pokiston”

2-guruh: “Eron”

3-guruh: “Afg’oniston”

b) “Poytaxtlar” o’yini. Guruhlar o’zlari nomlangan davlatlarga chegaradosh davlatlarning poytaxtlarini yozib beradilar.

Pokiston” guruhi:

1. Eron - Tehron

2. Afg’oniston - Kobul

3. Hindiston - Dehli

Eron” guruhi:

1. Iroq - Bog’dod

2. Afg’oniston - Kobul

3. Pokiston - Islomobod

4. Turkmaniston - Ashxabod

5. Ozarbayjon - Boku

6. Armeniya - Yerevan

Afg’oniston” guruhi:

1. Eron - Tehron

2. Turkmaniston - Ashxabod

3. O’zbekiston - Toshkent

4. Tojikiston - Dushanbe

5. Pokiston - Islomobod


d) To’g’risini belgila” o’yini. Bu o’yinda guruhlarga ushbu davlatlar haqida ma`lumotlar yozilgan tarqatmalar beriladi. Ma`lumot qaysi davlatga tegishli bo’lsa, uning ro’parasiga “+” belgisi qo’yiladi.

T/r

Davlatlar haqida ma`lumotlar

Eron

Afg’oniston

Pokiston

1.

O’zbekiston bu davlatga elektrenergiya eksport qiladi




+




2.

Bu davlat neft va tabiiy gaz bilan ancha yaxshi ta’minlangan

+







3.

Bu davlatning ma`muriy-hududiy tuzilishi – Federativ Respublika







+

4.

Bu davlatda sanoatda band aholining qariyb 40 foizi yengil sanoatda ishlaydi







+

5.

Bu davlatning eng baland joyi – Demavend vulqoni – 5604 metr.

+







6.

Bu davlat aholisi soni 32,7 min kishi





+




7.

Bu davlatda aholining o’rtacha umr davri erkaklarda 43, ayollarda 42 yoshga teng




+




8.

Bu mamlakat maydonining 11 foizini o’rmonlar egallagan, Karun daryosi bor

+







9.

Bu davlatda 2005-yilning oktabr oyida dahshatli zilzila bo’lgan







+


Yangi mavzuni tushuntirish:

O’quvchilar egallashlari lozim bo’lgan BKM elementlari:

  1. Mamlakatning geografik o’rni.

  2. Chegaralari.

  3. Mamlakat maydoni.

  4. Tabiiy sharoiti.

  5. Tabiiy resurslari.

  6. Xitoyning demografik salohiyati.

  7. Xitoy aholisi soni, milliy tarkibi, aholi zichligi, urbanizatsiya darajasi, “millioner” shaharlari, qishloq aholisi.

Tayanch iboralar: Xalq Respublikasi, hudud, aholi soni, “xan” xalqi, qishloqlar, shahar aholisi, qishloq aholisi.

Xitoy Xalq Respublikasi. Maydoni 9,6 ming km kv ga teng. (Jahonda 3-o`rinda). Shimoldan janubga 3 ming, g`arbdan sharqqa 5 ming km ga cho`zilgan. 1949-yil 1-oktabrda mustaqillikka erishgan.

Mamlakat hududining ¾ qismi tog’liklar, yassitog’liklar va keng tog’ oralig’i botiqlari bilan band.

Tabiiy resurslari: toshko`mir, temir va marganes rudalari, boksit va polimetallar, surma, volfram, molibden, qalay kabi mineral xomashyolar bilan jahonda eng yaxshi ta’minlangan davlatlar qatoriga kiradi. Gidroenergetika resurslari bo`yicha jahonda 1-o`rinda turadi. O`rmonlar 8 % maydonni egallagan. Iqlimi iliq va mo`tadil nam subtropik va tropik tabiatli.

Aholisi. Soniga ko`ra 1350 mln kishi, jahon aholisining 20 % ga yaqini Xitoyda yashamoqda. Xitoyda aholi sonini kamaytirish maqsadida demografik siyosat o`tkazilmoqda. Mamlakat Konstitutsiyasida qonunlashtirilgan “bir oilaga bir bola” tavsiya qilinadi.

Mamlakat aholisi 1955-yildan 2013-yilgacha 615 ming kishidan 1350 mln kishiga ko`paydi. Yiliga 12-13 mln kishiga ko`paymoqda. Xitoy jahonning yirik mehnat resurslariga ega mamlakat hamdir. Unda 795,4 mln ga yaqin mehnatga layoqatli aholi mavjud.

Aholisining miliy-etnik tarkibiga ko`ra Xitoy bir vaqtning o`zida ham ko`p millatli, ham bir millatli mamlakatdir. Bu yerda 60 dan ortiq turli millat va elat vakilari yashaydi.

Aholi hudud bo`ylab juda hotekis joylashgan bo`lib, o`rtacha zichligi 1 km kv da 141 kishi, bu ko`rsatkich Buyuk Xitoy pasttekisligida 400-500 kishini, daryolar oralig`ida 800-1000 kishini, cho`l va baland Tibet yassitog`ligi hududlarida 1-2 kishini tashkil etadi. Aholining 90 % i mamlakat hududining 1/3 qismida to`plangan.

Xitoy jahonning o`rtacha urbanizatsiyalashgan mamlakatlari qatoriga kiradi. Aholining 47,8 % i shaharlarda istiqomat qiladi. Bu 739,4 mln kishini tashkil etadi. Xitoy hozirgi vaqtda yirik shaharlar (450 ta), “millioner” shaharlar (60 ta), qishloqlar soni (700 mingga yaqin), qishloq aholisi hamda shahar aholisi soniga ko`ra jahonda 1-o`rinda turadi. Eng yirik shaharlari Pekin, Shanxay va Tyanzin va boshqalar.

Mavzuni mustahkamlash:

1.“Raqamli diktant”. O’quvchilarga mavzuga tegishli raqamlar beriladi. Ular ushbu raqamlarni ularning javoblari to’g’risiga joylashtirishlari kerak.
Raqamlar: 1) 700 ming. 2) 795,4 mln. 3) 47,8 % 4) 60 ta 5) 141 kishi 6) 1350,0 mln.k. 7) 8 % 8) 12-13 mln.k 9) 5 ming km 10) 01.10.1949-yil


T/r

Raqamlarga oid ma`lumotlar

Javob raqamlarda

1.

Aholining urbanizatsiya darajasi

3

2.

Mamlakatdagi qishloqlar soni

1

3.

Xitoy aholisining o`rtacha zichligi

5

4.

Mamlakatdagi mehnatga layoqatli aholi soni

2

5.

Millioner shaharlar soni

4

6.

Mamlakatda har yili tug`ilayotgan odamlar soni

8

7.

Mamlakatdagi o’rmonlar maydoni

7

8.

Xitoy aholisi soni

6

9.

Xitoy mustaqilligi kuni

10

10.

G’arbdan sharqqacha bo’lgan masofa

9



2. ”Intellektual gul”. Bu o’yinda o’quvchilarga bir nechta gul yaproqlariga yozilgan ma`lumotlar beriladi. Guruhlar berilgan ma`lumotlar ichidan Xitoyga tegishlisini ajratib oladilar va gul yasaydilar.

1.Xitoyning maydoni 9,6 mln km kv bo’lib, u 1949-yilning 1-oktabrida tashkil topgan.

2.Xitoy maydoni kattaligiga ko’ra jahonda 3-o’rinda turadi.

3. Mamlakat shimoldan janubga 3000, g’arbdan sharqqa 4500 km masofaga chozilgan.

4. Gidroenergetika resurslari va ko’mir qazib olishda jahonda 1-o’rinda turadi.

5. Mamlakatning Shimoli-sharqiy va Janubi-sharqiy hududlari o’rmonlarga boy.

6. Xitoyda jahon aholisining 20 foizga yaqini yashamoqda.

7. 1955-yilda mamlakat aholisi kishi 615 mln.kishi bo’lgan.

8. Aholi 1955-2008 – yillar orasida 3,3 barobarga ko’paygan.

9. Aholisining milliy-etnik tarkibiga ko’ra Xitoy mamlakat ham bir millatli, ham ko’p millatli.

10. Xitoyda 60 dan ortiq millat va elat vakillari yashaganligi uchun u ko’p millatli mamlakat deyiladi.

11. Xitoyliklar – xanlar mamlakat aholisining 90 foizini tashkil qilganligi uchun u bir millatli mamlakat deyiladi.

12. Buyuk Xitoy tekisligida aholining zichligi 1 kv km ga 300-400 kishini tashkil etadi.

13. Mamlakatda 450 ta yirik va 60 ta ta millioner shahar bo’lib, shahar aholisining 1/2 qismi ushbu shahrlarda yashaydi.

14. Shanxay shaxrining aholisi 14,6 mln kishiga teng.

15. Xitoy aholisi har yili 15 mln kishiga ko’paymoqda.

16. Mamlakat maydonining 8 % ini o’rmonlar egallagan.

17. Mamlakat g’arbda faqat Qirg`iziston bilan chegaradosh.

18. Mehnat resurslari soni (795,4 mln. dan ziyod) bo’yicha Xitoy jahonda 1-o’rinda turadi.

19. Aholining o’rtacha zichligi 1 km kv ga 141 kishini tashkil etadi.

20. Xitoy yuqori darajada urbanizatsiyalashgan mamlakat.
3. “Tafakkur” o’yini. Xitoy davlati yaxshi ta`minlangan foydali qazilmalarning tagiga chizing.

Toshko’mir, surma, mis, temir va marganes rudalari, volfram, oltin, boksit va polimetallar, xrom, molibden va qalay.

Javob: Toshko’mir, surma, mis, temir va marganes rudalari, volfram, oltin, boksit va polimetallar, xrom, molibden va qalay.
4.”Ha”, “Yo’q” o’yini. Bu o’yinda barcha o’quvchi qatnashadi. O’quvchilarga o’tilgan mavzu haqida savollar beriladi. O’quvchilar javoblarni qo’llaridagi “ha” yoki “yo’q” deb yozilgan kartochkalari bilan tasdiqlashlari kerak. Agar biror o’quvchi noto’g’ri javob bersa, javobini isbotlab berish kerak. Savollar:

1. Xitoy 14 davlat bilan chegaradosh.

2. Xitoy maydoni kattaligiga ko’ra jahonda 2-o’rinda turadi.

3. Mamlakat hududining 4/3 qismi tog’liklar, yassitog’liklar va keng tog’ oralig’i botiqlaridan iborat.

4. Xuanxe va Yanszi daryolari Xitoydagi eng yirik daryolarmi.

5. Shimoli sharqda Xitoy Yaponiya bilan chegaradosh.

6. Xitoyning sharqida Sariq dengiz bor.

7. Mamlakat hududining 8 foizini cho’llar egallagan.

8. Aholining 90 foizi mamlakat hududining 1/3 qismida yashaydi.

9. Mamlakatda aholi soni yiliga 12-13 mln kishiga ko’paymoqda.



10. Xitoy bir millatli mamlakat.

Darsni yakunlash. Dars yakunida guruhlar to’plagan ballar hisoblab chiqiladi, g’olib guruh aniqlanadi va rag’batlantiriladi. Guruhlarga darsdagi ishtirokiga qarab “Eng faol guruh”, “Eng bilimdon guruh” va “Eng hamjihat guruh” unvonlari beriladi.

Uyga vazifa:

  1. Mavzuni o`qib, savol va topshiriqlarni bajarish, yozuvsiz xaritaga Xitoyning “millioner” shaharlarini tushirib kelish.

  2. Internet tarmog’ining quyidagi saytlaridan mavzuga oid qo`shimcha ma’lumotlar to`plab, darsda hikoya qilib berish:


www.geografiya.ru. – dunyo mamlakatlari haqida ma`lumotlar sayti.

www.Google.ru. – dunyo mamlakatlari haqida ma`lumotlar sayti.

www.geosita.com. – mamlakatlar geografiyasi

www.karta.com. – karta sayti.

Dostları ilə paylaş:


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə