Mavzu: Xorijiy firma qishloq xo‘jaligi texnikalarining afzalligi va kamchiligi. Reja



Yüklə 19,43 Kb.
tarix22.03.2024
ölçüsü19,43 Kb.
#182181
Mavzu Xorijiy firma qishloq xo\'jaligi texnikalarining afzalligi-fayllar.org



Mavzu: Xorijiy firma qishloq xo‘jaligi texnikalarining afzalligi va kamchiligi.


Reja

1. Xorijiy firma qishloq xo’jaligidagi texnikalar.


2.Ularning afzalligi va kamchiligi

Mashina-traktor agregatlaridan foydalanishning o’ziga hos sharoiti va xususiyatlari mavjud. SHunga ko’ra qishloq va suv xo’jaligi ishlab chiqarishi sharoiti sanoat ishlab chiqarishidan farq qiladi (6-rasm). Qishloq xo’jaligi ishlarini mexanizatsiyalash samarali bo’ladi, qachonki mashina o’zining texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlari bilan berilgan texnologik jarayonda foydalanish sharoitiga to’la javob bera olsa. Mashina-traktor agregatlari bilan bajariladigan texnologik jarayonlar turli operatsiyalarning majmuini o’z ichiga olgan bo’lib, tugallangan yakunga ega bo’lishi kerak.


Mexanik va elektr energiyasi manbai bilan jihozlangan qishloq xo„jalik agregatiga mashina-traktor agregati deb aytiladi. SHuning uchun qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini to’liq mexanizatsiyalashtirishda etishtiriladigan ekin turlari, dehqonchilik usullari (sug’oriladigan yoki lalmi), ekin maydonlarining o’lchamlari (yuzasi, uzunligi), tuproq (qumloq, soz, toshli) va iqlim sharoitiga mos keladigan traktorlar va qishloq xo’jaligi mashinalarini ishlatish hamda ulardan samarali foydalanishni tashkil etish talab etiladi. Ishlab chiqarish ishlarini bajarishda turli xildagi va ko’rinishdagi qishloq xo’jalik agregatlari qo’llaniladi. Ular foydalanish xususiyatlariga qarab quyidagicha tasniflanadi: 1. Ishni bajarish usuliga qarab - Harakatlanadigan, muqim va muqim-ko’chma holatda ishlaydigan; 2. Energiya manbai turiga qarab – issiqlik va elektr dvigatelli; 3. Ish mashinasini energiya manbaiga ulash usuliga qarab – tirkama, osma va yarim osma; 4. Agregatdagi mashinalar soniga qarab – bir va ko’p mashinali; 5. Bir paytda bajariladigan ish turiga qarab – oddiy va murakkab ; 6. Bajariladigan ishlarning turiga qarab – er haydash, ekish va h.; 7. Ish mashinasiga Harakat uzatish usuliga qarab – traktorning quvvat olish validan, mashina g’ildiragidan va alohida o’rnatilgan dvigateldan harakat uzatiladigan; 8. Ish mashinasini traktorga nisbatan o’rnatilishiga qarab – traktor oldiga, yoniga, orqasiga va aralash o’rnatilgan; 9. Ishchi mashinalarni agregatning bo’yiga nisbatan o’rnatilishiga qarab – simmetrik va asimmetrik o’rnatilgan; 10. Material yig’iladigan sig’imi mavjutligiga qarab – sig’imi bor va sig’imi yo’q agregatlarga bo’linadi. Mexanizatsiyalashtirilgan qishloq xo’jaligi ishlarini bajarishda qo’llaniladigan agregatlarni tuzishda quyidagi talablarni bajarilishiga alohida e‘tibor berilishi lozim. - Aniq mintaqaviy sharoitlar uchun ishlarning sifati bo„yicha belgilangan ko„rsatgichlarni ta‟minlash. Ushbu agrotexnik talabni bajarilishi qishloq xo’jaligi 24 ekinlarini etishtirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratishga hamda hosilni oshirishga imkon beradi, agregatlardan foydalanish samaradorligini oshiradi. - Kam mehnat, vosita va foydalanish materiallari (yoqilg„i, moy, ehtiyot qismlar) sarflab yuqori ish unumiga erishish. Bu talabni bajarilishi turli ko’rinishdagi to’xtab turishlar uchun ketgan vaqt sarfini qisqartirish (seyalkalarni urug’lik va o’g’itlar bilan to’ldirish, mashinalar sig’imidagi materiallarni bo’shatish va h.), paykal oxirida salt yurishlarni kamaytirish (agregatning eng yaxshi Harakat usulini tanlash hisobiga), traktorning energetik va tortish kuchidan samarador foydalanish (agregatning qamrash kengligi bilan uning tezligi orasidagi nisbatni to’g’ri tanlash), xizmat ko’rsatuvchilar sonini kamaytirish (yanada mukammal agregatlarni qo’llash va ularni avtomatlashtirish) bilan bog’liq. - Keyingi mashinani ishlashi uchun kerakli sharoitlarni yaratish. Ushbu talabga asosan qishloq xo’jaligi ekinlarini etishtirish texnologiyasini doimiy hisobga olish, ishlarni ketma-ket bajarilishini ta‘minlash zarur. - Mexanizator va yordamchi ishchilar uchun xavfsiz ishlashi va xizmat ko„rsatishiga qulay sharoit yaratish. Mehnat muxofazasi, kechasi ishlash uchun yoritish vositalarini to’g’ri joylashtirish, dala sharoitida texnologik rostlash va texnik qarov o’tkazish qulayligi. Mashinalar texnologik jarayonni bajarayotganda ularning ishini baholash uchun turli ko’rsatkichlarni hisobga oluvchi tizimli yondashishdan foydalanish lozim [10, 11, 12, 13]. Ko’pchilik ko’rsatkichlardan quyidagilarni ajratib ko’rsatish kerak: 1 . Agrotexnik ko„rsatkichlar - bular agregatning topshiriqdagi texnologik jarayonni agrotexnik talablarga muvofiq bajara olishi imkonini tavsiflaydi. Masalan, ishlov berish chuqurligi, ekinlarning va urug’larning shikastlanishi va boshqalar. 2 . Energetik ko’rsatkichlar – traktor va ishchi mashinaning energetik xossalarini tavsiflaydi. Traktor uchun muhim energetik ko’rsatkich ilmoqdagi quvvat, ishchi mashinada esa ishga sarflaydigan energiya, ya‘ni tortish qarshiligi bo’ladi. 3 . Manevrchanlik – bu agregatlarning buriluvchanligi, o’tag’onligi, harakatning barqarorligi, tashishga moslashtirilganligini ifodalaydi. Agregatning manevrchanlik xususiyatlarini mazkur muayyan sharoitlar uchun agregatlarni tanlashda hisobga olish lozim. 4 . Texnik ko’rsatkichlar – bular asosan, agregatlarning puxtaligini (umrboqiyligini, ko’pga chidamliligini, ta‘mirbopligini, buzilmasdan ishlashini, saqlanuvchanligini), shuningdek boshqa texnik ko’rsatkichlar – vazni, shakli va h.k. belgilaydi. Bu xususiyatlarni mashinalarning texnik ekspluatatsiyasini tashkillashtirishda hisobga olish zarur. 25 5 . Texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlar – agregatlarning ish unumi, zarur mehnat sarfi, pul mablag’lari sarfi, yoqilg’i sarfi va h.k. Bunday xususiyatlarga metall va energiya sarflari bir guruh ichiga kiradi. 6 . Ergonomik ko„rsatkichlar – mehnatning sanitariya-fiziologik sharoitlarini, xizmat ko’rsatish qulayligini, mehnatning xavfsizligini, estetik ko’rsatkichlarni ifodalaydi. Nazorat savollari: 1. Ishlab chiqarish jarayoni deganda nimani tushunasiz? 2. Ishlab chiqarish jarayonlarining turlarini ayting. 3. Texnologik jarayonlarni yordamchi ishlardan farqi nimada? 4. Mashina-traktor agregatini ta‘riflang hamda asosiy tuzuvchilarining vazifalarini ayting. 5. Agregatlarni qanday foydalanish turlarni bilasiz? 6. To’g’ri tuzilgan mashina-traktor agregatiga qanday talablar qo’yiladi? 7. Mashina-traktor agregatlarining asosiy xossalarini ayting.
Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida

Qishloq xo‘jaligini o‘z vaqtida qishloq xo‘jaligi texnikasi bilan ta’minlash mexanizmlarini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida


15/05/2018 - 08:50 13003
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori
So‘nggi vaqtlarda qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini yanada takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish doirasida mahalliy qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ushbu maqsadlarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tizimi qayta tashkil qilindi. Natijada birgina 2017-yilda qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va lizing bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatish hajmi 1,7 baravar, mexanizatsiya xizmatlari hajmi 2,5 baravar oshdi.
Shu bilan birga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchilarni mamlakatimizda ishlab chiqarilgan sifatli va arzon texnika bilan ta’minlash, texnika parkini yangilash, shuningdek, ularga o‘z vaqtida servis xizmatini ko‘rsatish ishlarida jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda, xususan:
birinchidan, real ehtiyoj, agrotexnika tadbirlarini o‘tkazish muddatlari va moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, mashina-traktor parklari, tegishli xizmatlar ko‘rsatuvchi xususiy tashkilotlar, shuningdek, fermer xo‘jaliklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, shartnomalar tuzishning bozor mexanizmlari mavjud emas;
ikkinchidan, eng maqbul agrotexnik muddatlarda ommaviy qishloq xo‘jaligi ishlarini amalga oshirish uchun o‘ziyurar qishloq xo‘jaligi texnikasi yetarli emas, o‘z vaqtida ishlab chiqarishni rejalashtirish va tashkil etish bo‘yicha ishlar tizimli yo‘lga qo‘yilmagan;
uchinchidan, ishlab chiqarishni mahalliylashtirish darajasining pastligi, oqibatda, ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi tannarxining raqobatbardosh emasligi mexanizatsiya xizmatlari va ishlab chiqarilayotgan yakuniy mahsulot narxining oshib ketishiga olib kelmoqda;
to‘rtinchidan, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarishni moliyalashtirish mexanizmi mukammal emas, lizing mexanizmlari, xususiy servis tashkilotlari va fermer xo‘jaliklari mablag‘larini jalb etishdan yetarli darajada foydalanilmayapti.
Qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini yangilash va modernizatsiya qilish hisobidan qishloq xo‘jaligini texnik jihatdan jihozlash darajasini yanada oshirish, agrotexnika ishlarining o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash maqsadida:
1. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq xo‘jaligi vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ tomonidan shakllantirilgan 2018-yilda hududlar kesimida, jumladan, lizing asosida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlari 1 va 2-ilovalarga muvofiq tasdiqlansin.
2. Shunday tartib o‘rnatilsinki, unga muvofiq:
qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun buyurtmalar portfelini shakllantirish ustuvor ravishda bir yilda ikki marta –fevral-mart va sentyabr-oktyabr oylarida mahalliy va jahonning yetakchi ishlab chiqaruvchilari ishtirokida o‘tkaziladigan hududiy yarmarkalar davomida amalga oshiriladi. Bunda fevral-mart oylarida qishloq xo‘jaligi texnikasini joriy yil uchun, sentyabr-oktyabr oylarida – kelgusi yil uchun yetkazib berish bo‘yicha qo‘shimcha shartnomalar tuziladi;
ishlab chiqaruvchilarga qishloq xo‘jaligi texnikasi uchun oldindan to‘lov yetkazib berilayotgan texnika narxining 80 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda texnikani yetkazib berish boshlanishidan 120 kundan kam bo‘lmagan muddatda, yakuniy hisob-kitob esa yetkazib berilgan texnika qabul qilingandan keyin 10 ish kuni davomida amalga oshiriladi;
“O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruvi milliy agentligi qoshidagi Loyihalar va import kontraktlarini kompleks ekspertiza qilish markazi” DUK 1-ilovaga muvofiq yetkazib beriladigan qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish uchun tovarlarni sotib olish bo‘yicha import kontraktlarining kompleks ekspertizasini amalga
Obid Ukam, [03.11.2022 23:41]

oshiradi.


3. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda:
2018-yilda tumanlar kesimida qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berishning qo‘shimcha hajmlari parametrlarini, shuningdek, ushbu qarorni inobatga olgan holda, ularni moliyalashtirish va yetkazib berishning oyma-oy grafiklarini;
buyurtmalar portfelini shakllantirish va shartnomalar tuzish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirish, shuningdek, qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga mexanizatsiyalashgan xizmat ko‘rsatish ishlarini tashkil etish sxemalarini tasdiqlasin.
4. “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi bilan birgalikda uch oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga:
qishloq xo‘jaligi texnikasining mahalliy brendini ishlab chiqish
va ishlab chiqarishga joriy etishni nazarda tutgan holda Mamlakatimizda qishloq xo‘jaligi mashinasozligini rivojlantirish konsepsiyasini;
2018-2020 yillarda qishloq xo‘jaligi mashinasozligi korxonalarining yangi ishlab chiqarishlarini yaratish va mavjudlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash yuzasidan investitsiya loyihalari ro‘yxati bilan birga qishloq xo‘jaligi texnikasining har bir turi bo‘yicha ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturini;
2018-2020 yillarda ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan tarmoq kooperatsiyasi doirasida ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasi va uning komponentlari tannarxini pasaytirish dasturini;
qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish va yetkazib berishni moliyalashtirishni yaxshilash uchun xalqaro moliya institutlarining mablag‘larini jalb etish bo‘yicha takliflarni kiritsin.
6. Tijorat banklariga qishloq xo‘jaligi texnikasini lizing asosida yetkazib berishni kelgusida moliyalashtirish uchun asosiy qarz va foizlarni to‘ldirish bo‘yicha 4 oydan kam bo‘lmagan muddatga imtiyozli davr bilan lizing tashkilotlariga kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Fanlar akademiyasi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi Moliya vazirligi va “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ bilan birgalikda bir oy muddatda Qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash va elektrlashtirish ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi) faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda:
qishloq xo‘jaligi texnikasi ishlab chiqarishga va qishloq xo‘jaligiga ilmiy yutuqlarni joriy etish muddatlarini qisqartirish maqsadida Institut faoliyatini tubdan yaxshilash;
Institutning “O‘zagrotexmash” AJ, qishloq xo‘jaligi mashinasozligi tashkilotlari, shuningdek, qishloq xo‘jaligi sohasida faoliyat yurituvchi boshqa ilmiy-tadqiqot va ta’lim muassasalari bilan samarali ilmiy-texnik kooperatsiyasi va o‘zaro hamkorligini o‘rnatish;
jahon bozorida yangi, raqobatbardosh qishloq xo‘jaligi texnikasi turlari va modellarini ishlab chiqish, yaratish, tayyorlash, sinovdan o‘tkazish va ishlab chiqarishga joriy etishning yagona rejasini ishlab chiqish, tasdiqlash hamda yuqorida ko‘rsatilgan tashkilotlar faoliyatiga joriy qilish nazarda tutilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda:
a) O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq ho‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan qishloq xo‘jaligi texnikasini yetkazib berish uchun mablag‘larning o‘z vaqtida ajratilishi ustidan tizimli monitoring va nazorat o‘rnatsin;
b) 2018-yil 1-sentyabrga qadar muddatda “O‘zagrotexsanoatxolding” AJ va uning tarkibiga kiruvchi tashkilotlar faoliyatini o‘rgansin, sabzavotchilik, uzumchilikni jadal rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib, qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini to‘liq xatlovdan o‘tkazsin hamda moliyalashtirish, qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish, yetkazib berish, xizmatlar ko‘rsatish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar kiritsin, bunda quyidagilarga alohida e’tibor qaratilsin:
qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini unifikatsiya qilish va joylarda ularga servis xizmati ko‘rsatishni tashkil etish, zarur ehtiyot qismlarni ishlab chiqarish va yetkazib berishni o‘zlashtirishni nazarda tutgan holda agrotexnika tadbirlarining turlari bo‘yicha qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan miqdoriy ehtiyoj, foydalanishga yaroqsiz hamda hisobdan chiqarilishi lozim bo‘lgan texnikani inobatga olgan holda ularning amalda mavjudligi;
mavjud qishloq xo‘jaligi texnikasi parkini hisobga olish va nazorat qilish tizimini takomillashtirish;
qisqa muddatli reja asosida respublikaning qishloq xo‘jaligi texnikasiga bo‘lgan ehtiyojini qoplash usullari va yo‘llarini aniqlash;
mashina-traktor parklarining moliyaviy operatsiyalari ustidan nazorat tizimini yaratish va ular tomonidan qarzdorlikning o‘sishiga olib keluvchi to‘lovlarsiz xizmat ko‘rsatish amaliyotini tugatish;
xorijiy bozorlarda o‘xshash texnikaning sifati va narxini tahlil qilgan holda ishlab chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi texnikasini mahalliylashtirish imkoniyatlarini o‘rganish.

Yüklə 19,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə