Mavzu: xxsr ning tashkil topishi



Yüklə 33,53 Kb.
tarix20.06.2022
ölçüsü33,53 Kb.
#89773
Mavzu xxsr ning tashkil topishi


Mavzu: XXSR ning tashkil topishi
Turkfront inqilobiy qo’mitasi raisi I.R.Fonshteyn bu haqida :”Biz bu yerda darhol aniqlangan dahshatni hech qayerda ko’rishga to’g’ri kelgani yo’q.Bu oshkora tashkil etilgan harbiy talonchilik edi…Xotin-qizlarni olib ketish,ularni huddi tutqunlar,qullar kabi asrash,Petroaleksandrovskdagi va Xivadagi bozorlarda kimoshdi qilib sotish,Xiva saroylarini talash,qizil askarlar tomonidan birinchi uchragan odamning mol-mulk to’plashdan bosh tortish bahonasida otib tashlanishi sodir bo’ldi ”-deb tasvirlaydi.1920-yil 1-fevralda Xivada xon taxtdan voz kechdi, 2-fevralda yangi hokimiyat o'rnatilgani e'lon qilindi. Yosh xivaliklardan iborat muvaqqat hukumat eski, xon davridagi boshqaruv mahkamalarini tarqatib yuborish, yangi hokimiyat organlari, qonun-qoidalarni joriy qilishga kirishdi.Xalq noroziliklari kuchaydi. Xon davri soliqlarini bekor qilish, sudlov, vaqf mulklari, pul muomalalari, yangi soliqlar to'g'risidagi bir qator dekretlar shoshilinch qabul qilindi.Xivada inqilobiy qo’mita -5 kishidan iborat muvaqqat koalitsion hukumat tuzildi.Muvaqqat inqilobiy qoʻmita — revkom (raisi Mulla Jumaniyoz Sultonmurodov) tuzilgan. Bu qoʻmita 2 oy davomida ham qonun chiqaruvchi, ham ijro qiluvchi hokimiyat vazifasini bajargan. 9 aprelda mazkur qoʻmita ishini yaxshilash maqsadida uning tarkibida 10 kishidan iborat dastlabki xalq hukumati — Nozirlar Shoʻrosi tashkil qilindi. Unga quyidagilar kirishdi:Jumaniyoz Sultonmurodov -Muvaqqat inqilobiy hukumat raisi; tashqi ishlar noziriOdamoxun Ortiqov- hukumat raisi yordamchisi,Mulla Navroʻz Roʻziboyev -hukumat kotibi,Mulla Oʻroz Xoʻjamuhamedov- hukumat kotibi yordamchisi,Matlapoboy Madrahimov moliya noziri,Shayxutdin Hasanov- harbiy ishlar noziri,Polvonniyoz Hoji Yusupov oliy — davlat nazorati noziri,Eshchonqori Jabborqulov -xalq xoʻjaligi noziri,Mulla Bekjon Rahmonov maorif noziri,Bobooxun Salimov adliya noziri26-aprel kuni xalq vakillarining Butun Xorazm I qurultoyi Xorazm Xalq Sovet Respublikasi tuzilganini e'lon qildi. Respublika hukumati - Nozirlar sho'rosi tayinlandi.Polvonniyoz Hoji YusupovHukumat raisi.Jumaniyoz Sultonmurodov,Qo’shmamedxon Sapiyev,Uning muovinlari,Bobooxun Salimov-Adliya noziri
Xorazm xalq sovet respublikasi (XXSR) (19201924) - Xiva xonligi hududida xonlik tuzumi agʻdarib tashlangach, yuzaga kelgan xalq respublikasi. Maydoni 62.200 km2, aholisi 550 ming kishi (1920). Milliy tarkibi, asosan, oʻzbeklar (65%), qisman turkmanlar (26,8%), qoraqalpoqlar (3,8%), qozoqlar (3,4%) va boshqalardan iborat.Ma'muriy jihatdan respublika 4 viloyat va 26ta tumanga bo'lingan.Hazorasp,Urganch,Toshhovuz,Xo'jayli.
Xorazm respublikasi Konstitutsiyasi I Butun Xorazm xalq qurultoyida qabul qilingan bo'lsa ham, bu masala takror ko'rildi. II va III qurultoylarda Konstitutsiya to'la-to'kis qabul qilindi, ammo IV qurultoy (1923-yil oktabr) unga jiddiy o'zgartirishlar kiritdi. Konstitutsiyaning asosiy g'oyasi barcha fuqarolarning tengligi, jamiki boyliklar, yer-suv xalqniki kabi tamoyillardan iborat bo'ldi.Hokimiyat xalq vakillari qatnashgan boshqaruv organlari tizimi shaklida tarkib topdi. Oliy hokimiyat xalq vakillari Butun Xorazm qurultoyi keyinchalik u sovetlar qurultoyi deb ataladigan bo'ldi. Ijroiya hokimiyati -xalq nozirlari soveti, shuningdek,mahalliy tuzilmalar - mahalliy sovetlar edi.Revkomlar va hukumat tayinlaydigan 3-5 kishidan iborat xalq vakillari sovetlari tashkil etildi. Qozikalon o'z o'rnida qoldi, shu bilan birga oliy sud (qozilik kollegiyasi) joriy qilindi, joylarda qozilar o'rniga adliya mahkamalari tashkil etildi. Qozilar belgilangan maosh olishga ko'chirildi, chakana daromad olish man qilindi. Maorif va madaniyat nozirligi tarkibida vaqf mulklari boshqarmasi tuzildi.1921 y. 6 martda Xorazmda qizil askarlar uyushtirgan harbiy davlat toʻntarishidan keyin P. Yusupov hukumati ham agʻdarib tashlandi. Hukumatning sobiq raisi yashirinishga ulgurdi. Biroq oradan koʻp oʻtmay u qamoqqa olindi. Bolsheviklar koʻplab nozirlarni otib tashlashdi. Yosh xivaliklar partiyasining faoliyati taqiqlangan. Xorazm Kommunistik partiyasi tashkiliy jihatdan rasmiylashdi (1921 y. dekabr.).XXSR davlat boshqaruvi jihatidan xalq demokratik respublikasi hisoblangan. XXSR Konstitutsiyasiga muvofiq, davlat hokimiyatining oliy boshqaruv organi, Butun Xorazm xalq vakillari qurultoyi, qurultoylar oʻrtasida — XXSR Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi hisoblangan. Ijro qiluvchi oliy organ (hukumat) — Xorazm Xalq Nozirlar Shoʻrosi sanalgan.Biroq, asosiy hokimiyat XXSRda turgan sovet Rossiyasi va SSSRning turli favqulodda organlari qoʻlida boʻlgan.Afsuski, Xorazmda hokimiyatning yangi organlari faoliyati bu gal ham uzoqqa choʻzilmadi. 1921 y. sentabr oyida boʻlgan XXSR MIK majlisida "Oʻz vazifasini bajara olmagan va ishni chalkashtirgan" degan soxta ayblar bilan M. Olloberganov oʻz lavozimidan olib tashlandi va oʻlimga hukm qilindi.
Umuman olganda, XXSR mavjud boʻlgan qariyb 5 yil davomida bolsheviklar tomonidan XXSR MIK raislari va hukumat boshliqlarining har biri 10 martadan o’zgartirildi. Xorazmda oʻtkazilgan bunday davlat toʻntarishlari oqibatida oʻzbek xalqining koʻplab asl farzandlari qatagʻon qilindi.Respublikada rus harbiylari va bolsheviklar tashkil qilgan tribunallar ham bo'lib, ularning ishi siyosiy yo'naltirilgan edi. Tribunallar xohlagan ishni o'z tasarrufiga olib ko'rar, inqilobiy qonunchilik asosida hukmlar chiqarar va ularni ijro etardi. 1921-yil oxiri - 1922-yil yozi davomi-da 32 ta ish ko'rilib, ularning 10 tasi bo'yicha oliy jazo chiqarildi. O'limga hukm etilganlar orasida hukumatning sobiq a'zolari ham bor edi. Qisqa vaqt ichida tribunallar yana 23 ish bo'yicha oliy jazolar chiqardi.Qoziliklar , yangi adliya mahkamalari esa, asosan, shariat yuzasidan ish yurgizardilar.Xorazm aholisi, uning turli qatlamlari va vakillari yangi sharoitlarda boshqaruv organlarini tashkil etishda va ularning faoliyatida qizg'in ishtirok etdilar. Jamiyatda barqarorlikni joriy qilish, iqtisodiy-xo'jalik hayotini yo'Iga qo'yish uchun sa'y-harakatlar qilindi.
Hokimiyatni dastlab Yosh xivaliklar partiyasi bosh-qardi. Uning siyosiy yo'lini 1920-yil 8-aprelda qabul qilin­gan «Xiva inqilobiy partiyasi dasturi» hamda 30- aprelda qabul qilingan respublika Konstitutsiyasi belgiladi.Xorazm kompartiyasi - xon hokimiyati ag'darilgandan so'ng Turkiston bolsheviklari homiyligi ostida tashkil topdi, so'1-ekstremistik siyosatni o'tkazish vositasiga aylandi. Xorazm kompartiyasining I qurultoyi 1921-yil 10-11-dekabrda o'tib, uning a'zolari soni 1200 kishini tashkil qildi. RKP(b) tomonidan o'tkazilgan.Respublikaning xo'jalik boshqaruv organlari tashkil topdi. Xorazm Iqtisodiy Kengashi (1923-yil) raisi M.Burhonov edi. 1924-yil bahorida respublika davlat plan komissiyasini tuzishga kirishildi.Bu organlar O'rta Osiyo Iqtisodiy Kengashiga bo'ysunar edi. Xorazm Iqtisodiy Kengashining tuzilishi va faoliyat ko'rsatishi Xorazm respublikasining Rossiyaga iqtisodiy qaramligini kuchaytirdi.Hokimiyat tizimining cheklanmagan darajada ken-gayib borishi, shuningdek, siyosiy sabablar bilan o'zgartirilishi ham ko'zga tashlandi. Chunonchi, 1923-yil kuzida davlat apparati 10 marta qisqartirildi, «chistka»lar o'tkazildi.1920 —21 yillarda XXSRda agrar sohada dastlabki oʻzgarishlar amalga oshirilib, 10 ming desyatina yer dehqonlarga boʻlib berildi. Dehqonlarga kredit xisobidan 5 ming chorva mol sotildi. Davlat dehqonlar bankini taʼsis etishga qaror qilindi. Bankka 3 mlrd. soʻm mablagʻ ajratilgan. Xullas, 1921 —22 y.larda 400 ming tanobdan ortiqroq yer kambagʻal dehqonlarga berildi. XXSRda iqtisodiy siyosat va xoʻjalik sohasidagi islohotlar ziddiyatli tarzda kechdi. Xorazm Respublikasidagi soliq siyosatida sovet Rossiyasining taʼsiri kuchliroq boʻlganligi uchun sinfiy yondashuv yaqqol namoyon boʻldi. Soliq toʻlashni toʻgʻri yoʻlga qoʻyish maqsadida davlat banki va soliq palatasi tashkil qilindi. 1923 y. iyunda hunarmandchilik va sanoat sohasidagi soliqlar ham bir tizimga solinib, davlat sanoat soligʻi joriy qilindi. Yangi iqtisodiy siyosat (NEP)ning eʼlon qilinishi bilan XXSRda karvonsaroylar, korxonalar, koʻllar va toʻqaylar ijaraga berila boshlandi. Telefon simlari tortilib, daryo kemachiligi tiklashga kirishilgan.Respublika tuzilgan dastlabki oylarda Xorazmda g'oyaviy-siyosiy vaziyat keskinlashib bordi. Buning sabablari Yosh xivaliklar, aholining ko'pchiligiga xos bo'lgan liberal, demokratik g'oyalar bilan so'l-ekstremistik inqilobiy siyosat o'rtasidagi nomuvofiqlik va ziddiyatlar bo'ldi. Yosh xivaliklar hukumati, respublika MIK, boshqa milliy rahbar doiralar sharoitni, aholining urf-odatlari, qadriyatlarni e'zozlab ish olib bordilar.Ammo qurolli tajovuz jarayonida Xorazmga kirib kelgan qizil qo'shin-lar, ularning qo'mondonligi, dastavval yevropalik bol-sheviklar respublikadagi ijtimoiy-siyosiy hayotga salbiy ta'sir ko'rsatdilar.1920 yil 13 sentabrda Moskvada RSFSR bilan XXSR oʻrtasida 24 moddadan iborat Ittifoq shartnomasi va 15 moddadan iborat iqtisodiy bitim tuzilgan. Ittifoq shartnomasiga binoan, sovet Rossiyasi XXSR mustaqilligi va daxlsizligini rasmiy surʼatda tan olgan.Ittifoq shartnomasining 17moddasi asosida alohida harbiy-siyosiy bitim ham tuzilgan. Unda Xorazm qizil armiyasi RSFSR homiyligi ostida tuzilishi taʼkidlangan.Bu shartnomalar Xorazmning RSFSR ga qaramligini kuchaytirdi va Xorazmdagi Sovet tuzumning mustahkamlanishiga olib keldi.
Yosh hukumat quyidagilar bilan shartnomalar imzoladilar:Turkiston ASSR,Finlyandiya ,Germaniya,Afg’oniston,Turkiya,Shvetsiya,Eron.
Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR). 1923 y. 17 -20 oktabrda boʻlgan Butun Xorazm xalq vakillarining 4qurultoyi XXSRni Xorazm Sovet Sotsialistik Respublikasi (XSSR)ga aylantirish toʻgʻrisida qaror qabul qildi. 20 oktabrda XSSRning 5 boʻlim va 12 bobdan iborat yangi Konstitutsiyasi qabul qilindi. Bu Konstitutsiya mamlakatning sotsialistik qurilish yoʻliga oʻtishini qonun yoʻli bilan mustahkamladi. Unga muvofiq:yerning xususiy mulk ekanligi bekor qilindi.vaqf yerlari butunlay tugatildi.Mavjud yerlar umumxalq mulki deb eʼlon qilindi.Qozixonalar faoliyati taqiqlanib, sovet sudlari tashkil qilindi. barcha vaqf mulklari maorif nozirligi ixtiyoriga berildi.Butun Xorazm xalq vakillarining 5qurultoyi (1924 y. 29 okt. — 2 noyabr) Oʻrta Osiyoda milliy hududiy chegaralanish munosabati bilan XSSR tugatilishini eʼlon qildi. XSSRning oʻzbeklar yashaydigan 23 ta tumani yangidan tashkil qilingan Oʻzbekiston SSR tarkibiga Xorazm viloyati qilib kiritildi. XSSRning qolgan hududlari Turkmaniston SSR va Qoraqalpoq muxtor viloyati (Qozogʻiston ASSR tarkibida)ga qoʻshildi. 1924 y. 23 noyabrda XSSR MIK va 30 noyabrda Xalq Nozirlar Shoʻrosi oʻz faoliyatini toʻxtatdi.
Xulosa.Ahmad Zakiy Validiyning Germaniyada chiqqan “Turkiston masalasi” asarida “”Turkiston uchun istiqlol barcha ishlarning boshidir…Turkiston ruslarning qaysi idora usulida yashamasin,yurtni o’zi istagandek idora eta olmaydi.” –degan edi.Sovetlar Xorazm va Buxoroni dastlab protektorat ,keyin Xalq respublikalari,Sovet respublikalari deb e’lon qildilar.Lekin qaysi boshqaruv usuli qo’llanmasin, qaramlik davom etaverdi.Bu davrda sovetlarning xalqqa nisbatan tazyiqi kuchaydi.Ularni xaq-huquqlari poymol etildi. Yangi tuzum va uning ijobiy chora-tadbirlarini aholi maʼqullab kutib oldi. Joylarda inqilobiy qoʻmitalar tuzildi. Biroq yangi hokimiyat tomonidan mulkdorlar tabaqasiga nisbatan koʻrilgan qattiq choralar, ularga tegishli butun mol-mulkning musodara qilinishi, saroy aʼyonlari va amir amaldorlarining yoppasiga hibsga olinishi va otib tashlanishi, amir va xon xazinasining Moskvaga olib ketilishi, majburiy oziq-ovqat "razvyorstkasi" va uning qattiqqoʻllik bilan amalga oshirilishi, islom dini va ulamolarga nisbatan dushmanlik siyosati, respublika hududida turgan qizil armiya taʼminotining aholi zimmasiga yuklatilishi, buning ustiga, qizil askarlarning bosqinchilik va talonchilik "faoliyati" haqqoniy ravishda xalqning kuchli noroziligiga sabab boʻlgan edi. Asrlar davomida asrab kelinayotgan xalqimizning urf-odatlari,qadriyatlariga nisbatan hurmatsizlik edi. Biz bu tariximizning hasratli sahifalarini unutmasligimiz kerak.
Yüklə 33,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə