Yer po‘sti o‘z navbatida uchga bo‘linadi:
- Cho’kindi qatlam qalinligi 10 km .
- Granit qatlam qalinligi 10- 15 km.
- Bazalt qatlam qalinligi 15-35 km.
Granit qatlam - Yer po’sti qatlamining shartli nomi, undan uzunasiga yo’nalgan seysmik to’lqinlarning tarqalish tezligi 5,5 – 6,5 k/s ga teng b o’ladi. Cho’kindi va bazalt qatlami oralig’ida joylashadi.
Bazalt – magamatik tog’ jinsi. Rangi bo’z va qoramtir . Kimyoviy tarkibi uning chuqurlikdagi analogi bo’lgan gabbroga yaqin.
Bazalt okean tubi va quruqlikkda juda katta maydonni egallagan.
Yer po‘stining “qatlamli” tuzilishi sxemasi.
Litosfera –Yunon tilida ‘’tosh o’ram ,, ma’nosini anglatadi. Yerning qattiq tosh qobig’i bo’lib,
Yer po’sti va yuqori mantiyaning bir qismini o’z ichiga oladi hamda astenosfera qatlamigacha davom etib, qalinligi 150 – 200 km ni tashkil qiladi.
Litosfera yaxlit bo’lmay, chuqur yer yoriqlari bilan yirik bo’laklar- litosfera plitalariga bo’lingan. Ular astenosfera ustiga yiliga 5- 10 sm tezlikda gorizontal yo’nalishda siljiydi.
Yer po’stining Kimyoviy tarkibini aniqlashda F.V Klark, V.I, Goldshmidt, V.I Vernadskiy, A.N Vinogradovning xizmatlari katta. 1889- yilda Amerikalik olim F.V Klark tog’ jinslaring kimyoviy tahlillaridan 6000 ga yaqinini to’plab, litosferaning o’rtacha tarkibini hisoblaydi.
1939- yilda rus olimi A.Ye.Fersman elementlarning yer po’stidagi yoki biron – bir tizimdagi (masalan, Yer shari, Quyosh atmosferasi va h.k) foizlardagi o’rtacha miqdorini deb nomlashni taklif qilishgan.
Dostları ilə paylaş: |