Mavzu: Yevropa mutafakkirlari Platon, Boetskiy, R. Dekart va Yumning falsafaga oid qarashlari qiyosiy tahlili reja



Yüklə 51,62 Kb.
səhifə2/6
tarix13.01.2023
ölçüsü51,62 Kb.
#98508
1   2   3   4   5   6
7-Mavzu

Nikolay Kuzanskiy (1401-1464) ta'limotida inson bilimining kuch-qudrati ta'kidlandi; insonning o‘zi ijodiy aqliy faoliyatining («inson uning aqlidir») vositasida qandaydir xudoga o‘xshash ekanligiga ishora qilindi. Kuzanskiyning faoliyatida dialektika unsurlarini ham topish mumkin.
Inson maqomini yuqori ko‘tarish g‘oyasi Piko della Mirandola (1463-1494) ijodida asosiy o‘rin tutadi. Inson tanlash erkinligiga ega va bu uni koinotga bog‘lab qo‘ymaydi va ijodiy qobiliyatini o‘z-o‘zicha namoyon qila olishligini ta'kidlaydi.

Nikolay Kopernikning (1473-1543) «Samoviy doiralarning aylanishi haqida» asari astronomiyada inqilob yasadi, negaki, quyidagilarni o‘z ichiga olgan geliotsentrizm sistemasini ta'kidladi: 1. yer Koinot markazida harakatsiz ravishda mavjud bo‘lmasdan, balki o‘z o‘qi atrofida aylanadi; 2. yer Quyosh atrofida aylanadi. Kopernikning geliotsentrik nazariyasi falsafa taraqqiyotiga sezilarli ta'sir ko‘rsatdi, ammo adashishlardan ham holi emas edi: birinchidan, Kopernik dunyoning oxiri bor degan hukmron aqidaga qo‘shilar edi, va, ikkinchidan, yerni Koinotning markazi bo‘lish imtiyozidan mahrum qilib, shunday markazni Quyoshga nisbatan saqladi.
Mashhur «Tajribalar» asarining muallifi Mishel Montenning (1533-1592) skeptitsizmi doimiy ijodiy izlanishlar va tinib - tinchmaslik aqlning ramzi edi. Uning fikricha, inson tafakkuri doimiy ravishda tabiatning tabiiy qonunlarini bilish asosida mukammallashib borishi lozim.
Uyg‘onish davri panteizmining eng yirik vakili Djordano Bruno (1548-1600) edi. Qarama-qarshiliklarning bir-biriga o‘xshashligi haqidagi dialektik g‘oyani ta'kidlagan holda, Bruno falsafiy bilimlarning maqsadi Xudo emas, balki tabiat deb hisoblab, shu bilan birga koinotda tabiatning va dunyolarning cheksizligi haqidagi taxminlarni ifodalab berdi.
Mumtoz mexanikaning tamal toshini qo‘ygan, tajribaviy-nazariy tabiatshunoslikning asoschilaridan biri G.Galiley (1564-1642) edi. Uning fikricha, bilish sohasida ikki usuldan, ya'ni tahlil (analiz) va sintezdan foydalanib, tabiat hodisalarini hissiy qabul qilishdan ularni nazariy tushunishgacha borib yetmoq lozim. Shu tarzda haqiqiy bilim tahliliy va sintetik, hissiy va abstraktlik birligida yagonaligida o‘z ifodasini topmog‘i lozim.
Uyg‘onish davrida shakllangan g‘oyalar kishilarni dunyo va undagi inson maqomiga bo‘lgan qarashlarini o‘zgartirib yubordi va bu bilan keyingi fan va falsafa xususiyatida chuqur iz qoldirdi.

Yüklə 51,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə