Mavzu: Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari. Reja



Yüklə 81 Kb.
səhifə2/7
tarix04.01.2023
ölçüsü81 Kb.
#98170
1   2   3   4   5   6   7
Mavzu Zamonaviy axborot uzatish va saqlash vositalari. Reja

Tarmoklar tasnifi
Kompyuter tarmoklarini kupgina belgilar, xususan xududiy ta’minlanishi jixatidan tasniflash mumkin. Bunga kura global, mintakaviy va lokal (maxalliy) tarmoklar farklanadi.
Global tarmoklar butun dunyo buyicha tarmokdan foydalanuvchilarni kamrab oladi va kupincha bir-biridan 10-15 ming km uzoklikdagi EXM va aloka tarmoklari tugunlarini birlashtiruvchi yuldosh orkali aloka kanallaridan foydalanadi.
Mintakaviy tarmoklar uncha katta bulmagan mamlakat shaxarlari, viloyatlaridagi foydalanuvchilarni birlashtiradi. Aloka kanallari sifatida kupincha telefon tarmoklaridan foydalaniladi. Tarmok tugunlari orasidagi masofa 10-1000 km ni tashkil etadi.
EXMning lokal tarmoklari bir korxona, muassasaning bir yoki bir kancha yakin binolaridagi abonentlarni boglaydi. Lokal tarmoklar juda keng tarkalgan, chunki 80-90% axborot usha tarmok atrofida aylanib yuradi. Lokal tarmoklari xar kanday tizilmaga ega bulishi mumkin. Lekin lokal tarmoklardagi kompyuterlar yukori tezlikka ega yagona axborot uzatish kanali bilan boglangan buladi. Barcha kompyuterlar uchun yagona tezkor axborot uzatish kanalining bulishi - lokal tarmokning ajralib turuvchi xususiyati. Optik kanalda yoruglik utkazgich inson soch tolasi kalinligida yasalgan. Bu uta tezkor, ishonchli va kimmat turadigan kabel.
Lokal tarmokda EXMlar orasidagi masofa uncha katta emas - 10 km gacha, radio kanal alokasidan foydalanilsa - 20 km. Lokal tarmoklarda kanallar tashkilot mulki xisoblanadi va bu ulardan foydalanishni osonlashtiradi.
Tarmokning dasturiy ta’minoti
Tarmokning imkoniyati uning foydalanuvchiga kursatadigan xizmati bilan ulchanadi. Tarmokning xar bir xizmat turi xamda unga kirish uchun dasturiy ta’minot ishlab chikiladi. Tarmokda ishlash uchun belgilangan dastur bir vaktda kuplab foydalanuvchilar uchun muljallangan bulishi kerak. Xozirda shunday dasturiy ta’minot tuzishning ikki xil asosiy tamoyili joriy etilgan.
Birinchi tamoyilda tarmokning dasturlashtirilgan ta’minoti kupgina foydalanuvchilarga xamma kirishi mumkin bulgan bosh kompyuter resurslarini takdim etishga muljallangan. U faylserver deb yuritiladi. Bosh kompyuterning asosiy resursi fayllar bulgani uchun u shu nomni olgan. Bu dasturli modullar yoki ma’lumotlarga ega fayllar bulishi mumkin. Fayl-server - bu serverning eng umumiy turi. Shunisi kizikki, fayl-serverini disk xajmi odatdagi kompyuterdagidan kup bulishi kerak, chunki undan kupgina kompyuterlarda foydalaniladi.
Tarmokda bir kancha fayl - serverlar bulishi mumkin. Tarmokdan foydalanuvchilarning birgalikda foydalanishiga takdim etiladigan fayl-serverning boshka tur serverlarini sanab utish mumkin. Masalan: printer, modem, faksimil aloka uchun kurilma. Faylserver resurslarini boshkaruvchi va kupgina tarmok foydalanuvchilari uchun ruxsat beruvchi dasturiy tarmok ta’minoti tarmokning operatsion tizimi deb ataladi. Uning asosiy kismi faylserverda joylashadi; ishchi stansiyada fakat resurs va fayl-server orasidan murojaat kilinadigan dasturlar oraligidagi interfeys rolini bajaruvchi uncha katta bulmagan kobik joylashtiriladi.
Ushbu tamoyil doirasida ishlashga muljallangan dastur tizimlari foydalanuvchiga fayl-serverdan foydalanish imkonini beradi. Koida buyicha ushbu dasturli tizimlar fayl-serverda saklanishi va barcha foydalanuvchilar tomonidan bir vaktda foydalanilishi mumkin. Lekin bu dasturlarning modullarini bajarish uchun zarur bulganda foydalanuvchi kompyuteriga, ya’ni ishchi stansiyasiga utkaziladi va kerakli ishni bajaradi.
Bunda barcha ma’lumotlarni kayta ishlash (agar ular umumiy resurs bulsa va faylli serverda saklanayotgan bulsa xam) foydalanuvchining kompyuterida amalga oshiriladi. Shubxasiz buning uchun ma’lumotlar saklangan fayllar foydalanuvchining kompyuteriga kuchirilishi kerak.
Ikkinchi tamoyil «kliyent-server» arxitektura deb ataladi. Uning dasturiy ta’minoti resurslardan jamoa bulib foydalanishgagina muljallanib kolmay, ularni kayta ishlash va foydalanuvchi talabiga kura resurslarni joylashtirishga muljallangan. «Kliyent-server» arxitekturalar dasturi tizimi ikkita bulinmadan iborat: Serverning dasturli ta’minoti va foydalanuvchi - mijozning dasturiy ta’minoti. Bu tizimlar ishi kuyidagicha tashkil kilinadi: mijoz-dasturlar foydalanuvchining kompyuterida bajariladi va umumiy kirish kompyuterida ishlaydigan dastur - serverga surov junatiladi. Ma’lumotlarning asosiy kismini kayta ishlash kuchli server tomonidan amalga oshiriladi, foydalanuvchi kompyuteriga fakat bajarilgan surov natijalari yuboriladi. Ma’lumotlar bazasi serverlari katta xajmdagi ma’lumotlar (bir necha 10 gigobayt va undan kup) bilan ishlashga muljallangan va kup sonli foydalanuvchilar yukori unumli ishlab chikarishni, ishonch va ximoyalanganlikni ta’minlaydi. Global tarmoklari ilovalarida kliyent-server arxitekturasi (ma’lum ma’noda) asosiy sanaladi. Katta matnli saxifalarni saklash va kayta ishlashni ta’minlovchi mashxur Web-serverlari, FTD-serverlari, elektron pochta serverlari va boshkalar ma’lum. Sanab utilgan xizmat turlarining mijoz dasturlari ushbu serverlar tomonidan xizmatni kabul kilib olish va ulardan javob olish uchun surash imkonini beradi.
Taksimlanadigan resursga ega xar kanday kompyuter tarmogi server deb yuritilishi mumkin. Chunki boshka kompyuterlarda foydalanishga ruxsat bulgan bulinuvchi modemli kompyuter modem yoki kommunikatsiyali serverdir.
Shaxsiy kompyuterlarning lokal tarmogi keng tarkalgan. Dunyodagi kupgina shaxsiy kompyuterlar shu tarmoklarda ishlaydi. Lokal tarmoklar bir-biridan uncha uzok bulmagan masofada joylashgan kompyuterlarni boglab turadi. Odatda ular bir yoki bir necha yakin joylashgan korxona, muassasa va ofislar kompyuterlarini birlashtiradi.
Lokal tarmokning asosiy farklanuvchi xususiyati barcha uni yagona kompyuterlarning ma’lumot uzatish tezkor kanali va kommunikatsiya asbob-uskunalarida xatolik yuzaga kelish extimolligining deyarli yukligi.

Yüklə 81 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə