Mavzu: Zufiya Isroio’vaning xayoti va ijodi



Yüklə 98,96 Kb.
səhifə1/4
tarix03.04.2022
ölçüsü98,96 Kb.
#85006
  1   2   3   4
Mavzu Zufiya Isroio’vaning xayoti va ijodi


Mavzu: Zufiya Isroio’vaning xayoti va ijodi

Zulfiya Isroilova 1915 yil 1 martda Toshkentda hunarmand-degrez oilasida tug`ilgan. Otasi zaxmatkash temirchi edi, onasi Xadicha opa esa juda ko`p qo`shiq, ertak, afsona va dostonlarni bilar va bolalarga aytib berardi. 1928 yilda boshlanhich maktabni tugallab,Toshkentxotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga o`qishga kirdi. Ana shu yillardan boshlab, Zulfiyaning adabiyotga bo`lgan qiziqishi kuchaydi. Navoiy,Pushkin,Abdulla Qodiriy,G`ayratiy asarlarini, Uyg`un va h.Olimjon kabi yozuvchi-shoirlarning ijodini qiziqib kuzatdi. O`qish va o`rganish o`z navbatida uning qo`liga qalam olishga ilxomlantirdi. Shu tariqa badiiy iste'dodi namoyon bo`la boshladi.

1930 yildan boshlab "Ishchi", "Turkiston" gazetalari, "Bolalar", "Yangi yo`l" jurnallarida yosh shoiraning dastlabki she'rlari ko`rinadi. 1932 yilda o`n sakkiz yoshli shoiraning birinchi she'rlar to`plami- "hayot varaqlari" bosilib chiqadi. Zulfiya doimo izlanishda, o`qishda o`z ijodini yanada serqirrali bo`lishi uchun sidqidildan harakat qildi.

1933 yilda Nizomiy nomidagi Toshkent Davlat pedagogika institutida tahsil oldi.. 1935-1938 yillarda esa A.S.Pushkin nomidagi til va adabiyot ilmiy tekshirish institutida aspiranturada o`qiydi. 1938-1940 yillarda Respublika bolalar va yoshlar adabiyoti nashriyotida muharrir bo`lib ishlaydi. Zulfiyaning ilk she'rlari o`zining hayotbaxsh ruhi bilan kitobxonlarni o`ziga jalb etdi.

U ikkinchi jahon urushi arafasida taniqli shoirlar qatoridan o`rin olgan edi. Zulfiya urushdan keyingi yillarda tinch ijodiy mehnatda kishilarning matonati va qahramonligining yuksak namunalarini ko`rsatayotgan zamondoshlari haqida, tinchlik va do`stlik haqida kitobxonlarga manzur bo`lgan ajoyib she'rlar yaratdi. Shoiraning "Xulkar" (1947), "Men tongni kuylayman" (1950), "Dugonalar bilan suhbat" (1953) kabi to`plamlaridagi she'rlarida o`zbek qizi - Zulfiyaning ovozi-- ona qalbini, ayol nazokatini, inson orzusini kuylagan otashin she'rlari faqat O`zbeksitondagina emas, butun Osiyo va Afrika mamlakatlarida ham kitobxonlar diqqatini jalb qildi.

O`zbekiston xalq shoirasi,taniqli jamoat va davlat arbobi -- Zulfiya , xorijiy mamlakat taraqqiyparvar yozuvchilari va davlat arboblarining mehmoni sifatida juda ko`p mamlakatlarda bo`lgan edi. O`zbek-hind do`stligi ,O`zbekiston Jamiyatining prezidenti sifatida o`zining butun ijodi va ijtimoiy faoliyati bilan tinchlik ishiga, xalqlarning do`stligi va birodarligi ishiga katta hissa ko`shib kelgan.

Zulfiya asarlari ko`plab chet tillarda, shuningdek, qardosh turkiy xalqlar tillarida nashr etilgan. Zulfiya "xalqaro Javoharlal Neru" (1968),"Nilufar" (1971) mukofotlari hamda "Hamza nomidagi O`zbekiston Davlat mukofoti "(1970) laureati, shuningdek, u Bolgariyaning "Kirill va Mefodiy" (1972) ordeniga sazovor bo`lgan.

Zulfiya A.S.Pushkin, M.Yu.Lermontov, N.A.Nekrasov, M.Vohif, L.Ukrainka, M.Dilboziy, S.Kaputikyan, E.Ognetsvet, Mustay Karim, Amrita Pritam, Ye.Bagryana va boshqalarning asarlarini o`zbek tiliga tarjima qilgan. Zulfiyaning qudratli ovozi, mayin va mehr to`la qo`shiqlari, o`zbek xotin-qizlarining baxtiyor taqdirini, tinchlikka va ozod mehnatga tashna insonlarning orzularini ifodalagan haroratli she'rlari hozirgi kunda ham baland yangramoqda.

O`zbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini e'tiborga olib , Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini ta'sis etdi. Toshkentdagi maydonlardan biriga Zulfiya haykali o`rnatildi, ko`chalardan biriga esa Zulfiya nomi berilgan.

Prezidentimiz I.Karimov aytganlaridek, Zulfiya ijodi-millionlab kishilarga, muhabbat va sadoqatdan saboq bermoqda, sadoqat va vafo ramzi bo`lib yashamoqda. Kamalak yetti rangda yetmish xil jilolanib, barchani maftun qilgandek, Zulfiya tongning o`ziday rost va yorqin xaqiqatga yo`g`rilgan poeziyasi bilan ("Kechir, qoldim g`aflatda", "Ne baloga etding mubtalo", "Bahor keldi seni suroqlab", "Xotiram siniqlari" kabi she'rlarida sadoqat va vafo tuyg`usini - insoniylikning, komillikning bosh mezoni darajasiga ko`targan.

U bolalar va o`smirlar uchun ham ko`plab to`plamlar nashr ettirgan.Atoqli shoira 81 yoshida, 1996 yil avgustda vafot etdi.

Respublika bolalar kutubxonasi qo`lingizdagi uslubiy qo`llanmani Zulfiyaning ijodiga yana bir hur nazar tashlash maqsadida adabiy kecha, davra suhbatlari, asarlar muhokamasi, kitobxonlar konferensiyalari hamda kitob ko`rgazmasi kabi tadbirlarni tashkil etishingiz uchun yordam tariqasida chop etmoqda. Uslubiy qo`llanmada Zulfiya ijodining yoritilmagan qirralarini yanada chuquroq o`rganish hamda kitobxonlarga buni to`liq yetkazish maqsadida "Zulfiya - tong kuychisi" nomli adabiy-badiiy kechani tashkil etish bo`yicha maslahatlar va tadbir ssenariysi, "Sevimli shoiramiz" nomli kitob ko`rgazmasining taxminiy rejasi, "Zulfiya ijodini bilasizmi?" mavzusidagi adabiy viktorina savol- javoblarini hamda Zulfiya qalamiga mansub she'riy to`plamlar, kitoblar va u haqdagi adabiyotlar taqdim etilmoqda.




Yüklə 98,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə