Mavzu;informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qtishda ditaktik tamoyillar



Yüklə 45,67 Kb.
səhifə1/6
tarix09.02.2023
ölçüsü45,67 Kb.
#100537
  1   2   3   4   5   6
ASHURBEK


MAVZU;INFORMATIKA YO’NALISHIDAGI FANLARNI O’QTISHDA DITAKTIK TAMOYILLAR
REJA;
1. Dasturning maqsadi va vazifalari
2.Turlari o’rganish obekti
3.Xulosa
4.Adabiyotlar

Mazkur dastur 5A110701 –Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilarning informatika yo’nalishidagi fanlarning nazariy asoslari va fanlar haqidagi zamonaviy bilimlar, umumiy ilmiy uslublar, informatika va axborot texnologiyalarini bilish yo’llari, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha layoqatlarini aniqlashga mo’ljallangan. Dasturning maqsadi – magistraturaga kiruvchilarning bakalavriatura bosqichida informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari, tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini, tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati va qiziqishini aniqlashdan iborat. Dasturning vazifalari: magistraturaga kiruvchilarning - mutaxassislikka mos mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalar bilan tanishganligi darajasini - informatika va axborot texnologiyalari yuzasidan birlamchi manbalarga suyangan holda, innovasion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilishi darjasini; - informatika va axborot texnologiyalari amaliy hamda nazariy masalalarini yechish uchun ilmiy xulosalar va tavsiyalar berishi darajasini; - namunaviy metodikalar va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berish malakalarining mavjudligi; - ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish darajasini; - o’tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referat va bibliografiyalarni tuzish darajasini; - ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalarda ishtirok etish va ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik mavzularga mos jurnallarga maqolalar tayyorlash; - ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini ko’rsatib berish.  
Informatika yo’nalishidagi fanlarning ilmiy tadqiqot metodlari va ilmiy tadqiqot bosqichlari, ilmiy tadqiqot o’tkazish shakllari, ilmiy-metodik tadqiqotlarga qo’yiladigan zamonaviy talablar. Zamonaviy ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari. Informatika yo’nalishidagi fanlarini bo’yicha qo’llanadigan ilmiy bilish metodlarining ta’lim jarayoni samaradorligini ta’minlashdagi o’rni. O’quv mashg’ulotlari turlari va ularning o’quv jarayoniga tatbiq etilishi. Informatika yo’nalishidagi fanlarni o’qitishda o’qituvchining ilmiy-metodik, ijodiy yondoshuvi va mahorati. Informatika yo’nalishidagi fanlar va zamonaviy texnologiyalar bo’yicha axborotlar oqimi va ularning tanlanishi. oliy va o’rta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimining ta’lim muassasalarida mutaxassislikka oid tayyorgarlik yo’nalishida nazarda tutilgan o’quv fanlari bo’yicha nazariy, amaliy va laboratoriya mashg’ulotlarini farqlay olishi, zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan foydalanib noan’anaviy o’quv mashg’ulotlarini ishlab chiqishi, o’quv jarayonini loyihalashtirish, o’quv mashg’ulotlarni o’tkazish uchun o’qitishning texnik vositalaridan foydalanishi, ilmiy-metodik tadqiqotlarda izlanish, qidirish ishlarining tashkil etilishi, ilmiy-metodik tadqiqotlar va o’quv jarayonida ilmiy bilish metodlarining joriy etilishi. Mavjud bilim va ko’nikmalar asosida ilmiy tadqiqot ishlarini metodik jihatdan tashkil etish masalalari, uzluksiz ta’lim tizimining DTS, Davlat talablari va boshqa o’quv-me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish.
Tadqiqot natijalarini dolzarbligini asoslay olishi, o’z fikrlarini ravon bayon qila olishi, yoki metodik qo’llanmalar va ishlanmalarning mavjudligi, xalqaro hamda respublika miqyosidagi ilmiy maqolalarning mavjudligi, xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy konferensiyalardagi ishtiroki va ilmiy ishlarining e’lon qilinganligi kabilar bilan aniqlanadi.


Didaktika grekcha so‘z bo‘lib, “didasko” - o‘qitish, “didaskol” - o‘rgatuvchi degan so‘zlardan kelib chiqqan. “Didaktika”ning so‘zma - so‘z tarjimasi ta’lim nazariyasini anglatadi. Didaktik tamoyillar - bu ta’lim jarayoni qonuniyatlari, mazmuni va metodlarini belgilab beruvchi o‘qitish tamoyillaridir. SHuning uchun ham o‘qituvchining pedagogik mahorati va ta’lim oluvchining o‘rganuvchanlik faoliyatini bir qolipga solib, belgilangan maqsadga erishishni ta’minlaydigan qoidalar majmuasi ta’lim jarayonida qo‘llaniladigan didaktik tamoyillar mohiyatini tashkil etadi. Didaktik tamoyillar nazariy va amaliy ta’limida maqsad, mazmun, metodlar, tashkil etish shakllari, o‘qitish vositalari va usullari; mehnat va tarbiyaviy faoliyat; ta’limning turli bosqichlari hamda pedagogik va mehnat jarayonlari; ta’lim oluvchilarning jamoaviy rivojlanishi va har birining alohida rivojlanishi o‘rtasidagi aloqadorliklarni aks etiradi.  Mazkur dastur 5A110701 –Ta’limda axborot texnologiyalari mutaxassisligi bo’yicha magistraturaga kiruvchilarning informatika yo’nalishidagi fanlarning nazariy asoslari va fanlar haqidagi zamonaviy bilimlar, umumiy ilmiy uslublar, informatika va axborot texnologiyalarini bilish yo’llari, ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish bo’yicha layoqatlarini aniqlashga mo’ljallangan. Dasturning maqsadi – magistraturaga kiruvchilarning bakalavriatura bosqichida informatika yo’nalishidagi fanlarni tadqiq qilishning ilmiy yo’nalishlari, tadqiqotlar sohasida ilmiy mushohada va ilmiy tahlil masalalari, yangi g’oyalarni shakllantirish, ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish, tadqiqot natijalarini tahlil qilish, ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini, tadqiqot natijalarini ilmiy jamoatchilikka tushuntira olish qobiliyati va qiziqishini aniqlashdan iborat. Dasturning vazifalari: magistraturaga kiruvchilarning - mutaxassislikka mos mos yangi ilmiy natijalar, ilmiy adabiyotlar yoki ilmiy-tadqiqot loyihalar bilan tanishganligi darajasini - informatika va axborot texnologiyalari yuzasidan birlamchi manbalarga suyangan holda, innovasion va fundamental tadqiqotlar olib borish, sohaning nazariy va amaliy muammolarini bilishi darjasini; - informatika va axborot texnologiyalari amaliy hamda nazariy masalalarini yechish uchun ilmiy xulosalar va tavsiyalar berishi darajasini; - namunaviy metodikalar va boshqalar bo’yicha eksperimental tadqiqotlarni o’tkazish va ularning natijalariga ishlov berish malakalarining mavjudligi; - ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik hisobotlar va tushuntirish xatlarini ishlab chiqish darajasini; - o’tkazilayotgan tadqiqotlar mavzusi bo’yicha ilmiy sharhlarni ishlab chiqish, referat va bibliografiyalarni tuzish darajasini; - ilmiy seminarlar, ilmiy-texnikaviy konferensiyalarda ishtirok etish va ilmiy-tadqiqot, ilmiy-pedagogik mavzularga mos jurnallarga maqolalar tayyorlash; - ta’lim tarbiya jarayonini tashkil etishning shakl, metod va vositalari haqida umumiy tushunchalarga ega ekanligini ko’rsatib berish.  


  1. Yüklə 45,67 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə