Mavzu;,kruiz” turlar ishlab chiqish texnologiyasi va realizatsiya qilish texnologiyasi Mundarija Kirish Reja; I bob.,,kruiz” turlar faoliyati va,,kruiz” turlar ishlab chiqish texnologiyasi



Yüklə 53,82 Kb.
səhifə1/6
tarix09.04.2022
ölçüsü53,82 Kb.
#85224
  1   2   3   4   5   6
,,KRUIZ” turlar ishlab chiqish texnologiyasi va realizatsiya qilish texnologiyasi


Mavzu; ,,KRUIZ” turlar ishlab chiqish texnologiyasi va realizatsiya qilish texnologiyasi

Mundarija

Kirish

Reja;

I bob. ,,KRUIZ” turlar faoliyati va ,,KRUIZ” turlar ishlab chiqish texnologiyasi

1.1. ,,KRUIZ” turlar faoliyati va uning funksiyalari

1.2. ,,KRUIZ” turlar ishlab chiqish texnologiyasi

II bob. ,,KRUIZ” turlarning ko’rinishlari va hozirgi kunda rivojlanishi

2.1. ,,KRUIZ” turlarning ko’rinishlari va hususiyatlari



2.2. ,,KRUIZ” turlarning hozirgi kunda rivojlanishi

Xulosa

Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Turizm - iqtisodiyotning yuqori daromad keltiradigan va jadal rivojlanayotgan yirik tarmoqlaridan. Ayni paytda, mazkur tarmoq dunyo mamlakatlari va xalqlarining madaniyat sohasidagi amaliy muloqotida o‘ziga xos vosita vazifasini o‘tamoqda.
Jahon sayyohlik sanoatida turizmdan tushayotgan daromad avtomobil ishlab
chiqarish, neft va gaz sanoatidan keyin uchinchi o‘rinda turadi. Dunyoda turizm
sohasida 195 million kishi – ish bilan band aholining sakkiz foizi mehnat qilmoqda. Jahon sayyohlik tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo bo‘yicha sayyohlar oqimi yiliga 4-5 foiz o‘smoqda. 2012-yilda sayyoramizda sayohat qiluvchilar soni bir milliarddan oshdi.
O‘zbekiston azal-azaldan tarixiy me’moriy osori-atiqalari, buyuk mutafakkirlari va allomalari bilan jahon ahlini o‘ziga jalb etib kelgan. Ammo mamlakatimizda mustaqillik yillardagina turizm soha sifatida to‘liq shakllandi, jahon bozoriga chiqdi. Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasida turizmning milliy modelini shakllantirish jarayoni amalga oshirilmoqda. Ushbu modelda ta’kidlanishicha mamlakatda rivojlantirilayotgan turistik bozor boshqa har qanday bozorlar kabi mamlakatning ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy vaziyatiga ta’sir ko‘rsatadi. U mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirish hamda investitsiya va capital oqimini ta’minlash darajalarini aniqlashda muhim vosita bo‘lib hisoblanadi.
Ma’lumki, bozor iqtisodiyoti rivojlangan mamlakatlarda, asosan, xususiy va tijorat kompaniyalari turistlarga xizmat ko‘rsatadi. Biroq, har qanday sharoitda ham davlat optimal iqtisodiy va huquqiy zaminni yaratgan taqdirdagina turizm rivojlanishi mumkin. Agarda davlat kasbiy tayyogarlik masalalari, tabiiy va madaniy muhitni muhofaza etish, axborot-reklama ishlari va rasmiyatchilikni soddalashtirish kabilar bilan shug‘ullanmasa, u holda turizm kutilganidek rivojlanish darajasiga erisha olmaydi. Bunda davlat tomonidan turizmni rivojlantirish, turistik xizmatlar bozorini shakllantirish, iqtisodiy tartibga solish usullari va richaglarini qayta isloh etish, turizmni tashkiliy boshqaruv strukturalarini takomillashtirish, uning eksport salohiyatini oshirish va eng asosiysi, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabilarga tegishli uslubiy va amaliy yondashuvlarni ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.
Mamlakatimizda turizm sohasini har tomonlama rivojlantirish, yurtimizga
tashrif buyuradigan xorijiy turistlar oqimini ko‘paytirish, xizmat ko‘rsatish sifatini
yuksaltirishga alohida e’tibor berilmoqda. O‘zining bebaho madaniy merosi, tarixiy yodgorliklari bilan mashhur bo‘lgan Xorazm vohasi, xususan, ochiq osmon ostidagi muzey deya e’tirof etiladigan Xiva turistik shahri ham qaytadan chiroy ochmoqda.
Bugun yurtimizda sayyohlarga tarixiy-madaniy yo‘nalishlardagi sayohat
turlaridan tortib ekstremal hordiqqacha bo‘lgan xizmatlar taklif etilyapti. O‘zbekistonda turizm faoliyatiga mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq davlat
siyosati darajasida qaralmoqda. Turizm sohasining rivoji uchun barcha zarur
tashkiliy-huquqiy mexanizm vujudga keltirilib, muhim me’yoriy hujjatlar qabul
qilindi va bu ish hozirda ham davom etmoqda. Mamlakatimizda turizmning ravnaqi, uni yangi pog‘onalarga ko‘tarish, yurtimizni jahon turizm markazlaridan biriga aylantirish uchun, avvalo, turizm xizmat bozorini shakillantirishga zamin yaratish lozim bo‘lmoqda. Bunda O’zbekistonda ,,KRUIZ” turlari bisnesini rivojlantirish kurs ishining dolzarbligi hisoblanadi.


Yüklə 53,82 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə