Maxsus pedagogika



Yüklə 168,96 Kb.
səhifə1/6
tarix29.11.2023
ölçüsü168,96 Kb.
#140126
  1   2   3   4   5   6
Alalik bolalar bilan logopedik ishlarni olib boorish jarayonida logoritmik mashqlarning ahamiyati


OLIY VA O'RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT VILOYATI CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI

PEDAGOGIKA FAKULTETI
MAXSUS PEDAGOGIKA”KAFEDRASI
DEFEKTOLOGIYA YO‘NALISHI

KURS ISHI

MAVZU:Alalik bolalar bilan logopedik ishlarni olib boorish jarayonida logoritmik mashqlarning ahamiyati


BAJARUVCHI: 19\2 guruh talabasi : Aytimbetova Gulmira Amankeldi qizi
ILMIY RAHBAR:Abdullayeva Gavhar Saparovna
v.b dosent,pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori(PhD)


MUNDARIJA
KIRISH…………………………………………………………………………….3
I BOB. MUAMMONI O’RGANISH HOLATI
1.1. Muammoni o’rganishda pedagogik, psixologik va metodik adabiyotlar tahlili……………………………………………………………………………….7
1.2. Alaliya nutq nuqsoniga ega bo’lgan bolalarda nutq buzilishlari....................14
II BOB. ALALIYA NUTQ KAMCHILIGIGA EGA BOLALAR BILAN ISHLASH TIZIMIDA LOGOPЕDIK RITMIKANING AHAMIYATI
2.1. Alaliya nutq kamchiligiga ega bolalarning harakat, sеnsor, emotsional-irodaviy va ixtiyoriy xulqining buzilishi……………………………………………………19
2.2. Alaliya nutq nuqsoniga ega bolalar bilan logopеdik ish jarayonida logoritmik vositalarni bosqichma-bosqich qo’llash…………………………………………..28
XULOSA…………………………………………………………………………45
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YHATI…………………………46

KIRISH
Hozirgi paytda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev yosh avlodni komil inson qilib tarbiyalashga alohida e’tibor bermoqda. Insonning eng muhim xususiyatlaridan biri so’zlash qobiliyatidir.Ravon nutq orqali ifodalangan fikr tushunarli va yoqimlidir.Nutq harakatlari murakkab a’zolar tizmi orqali amalga oshiriladiki,bunda bosh miya faoliyati asosiy rol o’ynaydi,nutq faqat inson uchun xos bo’lgan alohida va yuqori darajadagi aloqa shaklidir,nutqiy aloqa jarayonida kishilar fikr almashadilar va bir birlariga ta’sir etadilar. Nutqiy aloqa til orqali amalga oshiriladi; til-bu fonetik leksik va grammatik vositalar tizimidir odam nutqi tushunarli va ma’noli bo’lishi uchun nutq a’zolarining xarakatlari aniq va tog’ri bo’lishi kerak. Nutq talaffuzi mexanizmi harakatini tushunish uchun nutq apparatining tuzilishini yaxshi bilishi zarur. Nutq buzilishlari uzoq yillar davomida o’rganib kelayotgan sohadir.Nutq normasi deganda nutq faoliyati jarayonidagi til ishlatilishining umumiy qabul qilingan variantlari tushuniladi. Nutqning normal faoliyati holatiga uning psixofiziologik mexanizmlarning zaiflashuviga bog’liq holda til normalaridan chetlashuvi bilan belgilanadi. Kommunikativ nazariya nuqtai nazaridan qaraganda, nutq buzilishlari bu aloqa vositasining buzilishidir. Bunda individ bilan jamiyat orasidagi nuqtiy muomalada ko’zga tashlanadigan o’zaro munosabatlarning buzilgani ma’lum bo’ladi.
O’zbekiston Respublikasi Ta’lim togrisidagi qonunning 23 -moddasiga ko’ra rivojlanishda jismoniy yoki psixik kamchiliklarga ega bolgan anomal bolalar ta’lim olish huquqiga ega. Bizning mamlakatimizda anomal bolalarga yordamni tashkil etish – inson haqida gamxorlik korsatilishining yorqin namunalaridan biridir. Ozbekistonda anomal va nogiron bolalarga yordamni tashkil etish maxsus maktab internatlar, professional mehnat kollejlarida maxsus guruhlar; zaif koruvchi va zaif eshituvchi,ogir nutq nuqlari bor bolalalar uchun maktabgacha ta’lim muassasalari,maxsus maktab internatlar,orta umumiy ta’lim maktablari qoshida nutqiy sinflar; nutqiy rivojlanishi sustlashgan bolalar uchun orta umumiy ta’lim maktablari qoshida tenglashtirish sinflari,maktab internatlar; harakat – tayanch a’zolari jarohatlangan bolalar muassasalari, maktab-internat; orta umumiy ta’lim maktablari qoshida logopedik punktlar ishlab turibdi. Bolalar nutqini rivojlantirishning metodik masalalarini ishonchli tarzda psixologolingvistik asoslash zamonaviy pedagogik tadqiqotlarga xos jihatlar hisoblanadi. Rus pedagogika fanining eng yaxshi an’analari ruhida bajarilgan ushbu tadqiqotlar katta faktik materiallarga ega boladi, bola nutqining obyektiv qonuniyatlarini aniqlaydi. F.A.Soxin va O.S.Ushakovlarning tasnifidan foydalangan holda bolalar nutqini psixologik-pedagogik tadqiq qilishni bir nechta yo’nalishga ajratish mumkin: tuzilmaviy (til tizimining turli tuzilmaviy darajalarini: fonetik, leksik, grammatik darajalarini shakllanirish), funksional (kommunikativ faoliyatda tilni egallash konikmalarini shakllantirish); kognitiv (til va nutq hodisalarini oddiy anglashni shakllantirish).
“Bola nutqini rivojlantirish” hodisasining o’zini va uni boshqarish jarayonini tahlil qilish maktabgacha yoshdagi bolalar nutqini rivojlantirish sohasida ishlash uchun pedagoglar maxsus tayyorgarlikdan o’tishlari zarur, degan xulosani keltirib chiqaradi. Nutqqa oid zamonaviy tadqiqotlar tizimli yondashuvga ega, bu “u yaxlit bir tizim sifatida mavjud bolgan koplab tashqi va ichki munosabatlar” (B.F.Lomov) hodisasini organishda namoyon boladi. Nutq-til tizimi koplab aloqalarga kirishadi, jumladan, ma’noni sozga aylantiradigan hamda inson ongi va his-hayajonlari bilan uzviy bogliq bo`lgan semantik axborot apparati, psixofizik hodisa (ya’ni, miya vazifasi, jismoniy tovushlar chiqaruvchi hamda ularni qabul qiluvchi va tabaqalashiruvchi qurilma), muloqot va ijtimoiy aloqa vositasilari ularning asosiylari hisoblanadilar.
Vatanimiz istiqloli taraqqiyotini bugungi farzandlarimiz bunyod etadi. Prezidentimizning yani bir о‘gitlari shunday: “Farzandlari sog‘lom yurt, qudratli yurtning farzandalari bо‘ladi”. 2016 yil Vatanimizda prezidentimiz tomonidan “Sog‘lom ona va bola yili” deb e’lon qilindi. Barkamol avlodni tarbiyalab о‘stirish hayotda mas’uliyatli vazifadir. Shu bilan birga insonparvar siyosatidir. Oilada, jamoada, mamlakatda sog‘lom muhitni barqaror etish, vujud sog‘ligi-salomatligi, muhit sog‘lomligi, ma’naviy sog‘lomlik...
Logopediya, fan sifatida nutqiy nuqsonlarni о‘rganishga, bolani ta’lim – tarbiyasi jarayonida ularni oldini olish va tо‘g‘rilash (korreksiyalash) imkoniyatini beradi.
О‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim tо‘g‘risidagi” qonunida “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, shuningdek, maktabgacha tarbiya va boshlang‘ich maktab konsepsiyalarida ta’lim tizimini takomillashtirish muammosini tо‘g‘ri hal etish orqali erishishi mumkin. Ayniqsa, maxsus maktabgacha tarbiya muassasalirida о‘qitishning samarali usullarini amaliyotga tadbiq etish soha mutaxassislari oldidagi dolzarb vazifalaridan biri bо‘lib turibdi. Shunga bog‘liq ravishda jismoniy va ruhiy rivojlanishida kamchiligi bо‘lgan, nutqida nuqsoni bо‘lgan bolalarning rivojlanishini har tomonlama о‘rganishining nazariy va amaliy ahamiyati tobora oshib bormoqda.
Nutq – insonning muloqat, fikrlash va faoliyat jarayonida muhim psixik vazifani bajaradi. Nutq rivojlanishining orqada qolishi bolaning barcha psixologik faoliyatiga salbiy ta’sir kо‘rsatadi. Bola nutqining rivojlanish jarayoni о‘z vaqtida tо‘g‘ri kechishi uchun maxsus sharoitlar lozim bо‘ladi, bola psixik va somatik jixatdan sog‘lom bо‘lishi, normal eshitish va kо‘rishi shart. Yetarli darajada psixik faoliyatiga ega bо‘lishi, nutq muhiti sharoitida bо‘lishi lozim.
Inson nutqi tushunarli harakatlar chiqarayotgan tovush yoki sо‘zlarni ifodalab bera oladigan harakatlar muhsulidir.
Nutq bir tomondan inson ruhiyatini uning milliy asosdan kelib chiqqan holda har bir kishiga xos bо‘lgan xususiyatlarini oyna kabi о‘zida aks ettirsa, ikkinchi tomondan uning ruhiyatidagi og‘riq jihatlarini aks ettiradi. Demak, nutqning tо‘g‘ri tarkib topishi atrofdagilar nutqiga, nutqiy tajribaga, tо‘g‘ri nutq muhitiga va ta’lim-tarbiyaga bog‘liq, lekin ayrim sabablariga kо‘ra, bola nutqida nuqsonlar kuzatiladi. Nutq nuqsonlari ularni bartaraf etish, oldini olish masalasi yuzasidan kо‘p olimlar tadqiqotlar о‘tkazib, bu masalaning kо‘p qirralarini ochib berdilar.


Yüklə 168,96 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə