International Conference on Developments in Education
Hosted from Toronto, Canada
https
:
econferencezone.org
May 21
st
2022
215
MAVZU: RАQАMLI IQTISODIYOTNI RIVOJLАNTIRISH OMILLАRI
Rahimov Bahromjon Qaxramon o'g'li
Muhammad
al-Xorazmiy nomidagi
Toshkent axborot texnologiyalari universiteti
"Elektron hukumat" tizimini boshqarish mutaxassisligi magistranti
Аnnotatsiya
. Jahon iqtisodiyotining globallashuvi va texnologiyalarning
rivojlanishi sharoitida
Oʼzbekistonning iqtisodiy taraqqiyotiga raqamli iqtisodiyotni rivojlantirmasdan erishib boʼlmaydi.
Rivojlangan davlatlarda raqamli iqtisodiyotni joriy etishga allaqachon kirishilgan. Hozirgi vaqtda jadallik
bilan kechayotgan raqamlashuv jarayoni “yangi iqtisodiyot”ni vujudga keltirdi, kun sayin chuqur tomir otib
borayotgan bu bozor segmenti ishlab chiqaruvchilarga biznesda samarali marketing kompaniyalarini tashkil
etish, minimal xarajat qilib,
maksimal foyda olish, tovar va xizmatlarni muvaffaqiyatli sotishning optimal
usullarini taqdim etadi, isteʼmolchi, xaridor va mijozlarga sifatli xizmat, qulaylik yaratiladi va shu bilan bir
qatorda iqtisodiyotning keng qamrovli rivojlanishiga olib keladi. Shulardan kelib chiqqan holda maqolada
raqamli iqtisodiyotni shakllantirishning mamlakatni rivojlantirishdagi
roli va ahamiyati, bu yoʼnalishda
bugungi kunda amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilingan.
Kalit soʼzlar
: sunʼiy intellekt, elektron tijorat, onlayn toʼlov,
infratuzilma, kiberxavfsizlik,
avtomatlashtirilgan reestrlar, blokcheyn texnologiyalar, “Raqamli idora”, raqamli oʼqitish markazi, rivojlanish
tendentsiyalari.
Hozirgi kunda jaxon mamlakatlari aholisi iqtisodiyot tarmoqlarining oʼzgarishi, bu jarayonning raqamlashuvi,
barcha sohalarga sunʼiy intellektning joriy etilishi bilan bogʼliq muhim davrni boshdan kechirmoqdalar. 2022
yilga kelib dunyo YaIMning qariyb chorak qismi raqamli sektorga toʼgʼri kelishi prognoz qilinayotgan bir
sharoitda yangi iqtisodiyotni rivojlantirish zarurati yanada kuchayadi. Bu vaqtingiz tigʼiz
paytida Internet
orqali tushlikka buyurtma berish, mobil ilova orqali taksi chaqirish, uzoqdagi yaqiningizga pul joʼnatishdan
koʼra kengroq imkoniyatlar boʼlib, transchegaraviy biznes hamkorlik, elektron tijoriy maydon, masofaviy ofis
kabilarni ham qamrab oladi.
Raqamli iqtisodiyot raqamli texnologiyalarga asoslangan, elektron biznes, elektron tijorat bilan bogʼlangan,
raqamli tovar va xizmatlar ishlab chiqarayotgan va taqdim etayotgan iqtisodiy faoliyat boʼlib, bunda iqtisodiy
xizmat va tovarlar uchun hisob-kitoblar elektron pul orqali amalga oshiriladi. Raqamli iqtisodiyot
kontseptsiyasi atomdan bitga, yaʼni kimyoviy eng kichik zarradan elektron birlikka oʼtishga asoslanadi.
“Raqamli iqtisodiyot alohida faoliyat turini emas, balki ishbilarmonlik, sanoat obʼektlari, xizmatlarda axborot
texnologiyalaridan faol foydalanishni anglatadi. Аgar oddiy iqtisodiyotda moddiy
buyumlar asosiy resurs
hisoblansa, raqamli iqtisodiyotda bu qayta ishlanadigan hamda uzatiladigan axborot, maʼlumotlar boʼladi”.
[6]
Raqamli iqtisodiyot yirik sanoat obʼektlari ish samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni oʼstirish, faoliyat
shaffofligini taʼminlash, mahsulot tannarxini kamaytirish imkonini beradi. Nufuzli xalqaro tashkilotlar olib
borgan tahlillar natijalariga koʼra, raqamli iqtisodiyot yalpi ichki mahsulotni kamida 30 foizga oshiradi,
shuning barobarida, xufyona iqtisodiyotga barham beradi. [14] Davlatning oʼz
fuqarolari uchun elektron
xizmatlarni koʼrsatishi va elektron mahsulotlarni taklif etishi — bu raqamli iqtisodiyotning asosiy qismi boʼlib
hisoblanadi. Mamlakatimizda ushbu sohani keng rivojlantirish korrupsiya illatiga barham beradi.
Raqamli maʼlumotlar qimmatbaho iqtisodiy resurs hisoblansa-da, ular raqamli tafakkurga aylanganidagina
foyda keltiradi. Raqamli iqtisodiyotning kirib kelishi bilan raqamli platformalarni yaratish va tez surʼatlarda
oʼsib borayotgan raqamli maʼlumotlarni monetizatsiya qilish muammolari vujudga kelmoqda. Bunda yangi
qiymat yarata olish yoʼllarini, mazkur jarayonlardagi toʼsiqlarni bartaraf etish vositalarini aniqlash muhimdir.
Bu qiymatni yaratish va tarqatish salohiyatini, qiymatni yangilash, boshqarish hamda qiymatni qoʼlga kiritish
shakllarini tushunish imkonini beradi.
Oʼzbekiston Respublikasi Аxborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi axborot
xizmati bergan maʼlumotlarga koʼra, telekommunikatsiya infratuzilmasini rivojlantirish yoʼnalishida ham bir