Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun +998902295952 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga EGA bo’ling



Yüklə 42,48 Kb.
tarix05.03.2018
ölçüsü42,48 Kb.
#29816

S
Mazkur xujjatni to’liq holda olish uchun +998902295952 telefon raqamiga qo’ng’iroq qiling va arzon narx evaziga unga ega bo’ling!

Xujjatni e-mailingizga yoki telegram orqali olishingiz mumkin.

P.S. Sizning to’lovingiz

www.entt.uz loyihasi rivoji uchun sarflanadi.
Narxi: 15000 sum

ANA: _____________201_ YIL


SINF:

MAVZU: Rаngli mеtаllаr vа ulаrning qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri. Yuрqа tunukаlаr, simlаr turlаri, ulаrdаn undаn yasаlаdigаn dеtаllаr. Аmаliy mustаqil ishlаr: mеtаllаrgа chilаngаrlik vа tоkаrlik ishlоv bеrish turlаri vа usullаri.

DARSNING MAQSADI:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga Rаngli mеtаllаr vа ulаrning qоtishmаlаrining mехаnik хоssаlаri bilan tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning qalbida vatanga mexr uyg’otish, kasb hunarga yo’naltirish va mehnat faniga qiziqishini oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni darsga qatnashish faolligini oshirish.

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsning metodi: Aralash.

Darsning jihozi:

Tashkiliy qism:

  • Salomlashish

  • Tozalikni tekshirish.

  • Davomatni olish.

  • Uy vazifasini so’rash.

Savol va topshiriqlarga javoblar yozilganini tekshirish va mavzuni so’rash.

YANGI MAVZU BAYONI.

Mashinasozlikda ko’pgina detallar, jumladan, podshipniklar, tishli g’ildiraklar, nasos korpuslari, armaturalar va boshqalar ish sharoitidagi o’ziga xos talablarga, chunonchi, faol muhitlarda kam eyilishi, puxtaligi, engilligi va boshqalarga ko’ra, turli rangdor metallarning qotishmalaridan, ayniqsa, mis, alyuminiy va magniy qotishmalaridan tayyorlanadi. Mis qotishmalarining hammasi ikkita katta gruppaga: bronzalar gruppasi bilan latunlar gruppasiga bo’linadi.



Mis bilan qalay qotishmasi bronza deyiladi. Quymakorlik korxonalarida foydalaniladigan bronzalar, o’z navbatida, yana ikki gruppaga bo’linadi; bular qalayli bronzalar gruppasi bilan qalaysiz bronzalar gruppasidir. Ma’lumki, qalay qimmatbaho metall bo’lganligi sababli uni tejash va qotishma xossalarini zarur tomonga o’zgartirish maqsadida qalayli bronza tarkibidagi qalay qisman yoki to’la Zn, Pb, P, Ni, Al, Si va boshqa elementlar bilan almashtiriladi.

Rangli metallurgiya —og’ir sanoat sohalaridan biri. Ruda konlarini qazish, rudalarni boyitish, rangli, nodir va qimmatbaxo metallarni ishlab chiqarish hamda qayta ishlash, ularning qotishmalarini tayyorlash bilan shug’ullanadi. Rangli metallurgiya sanoatida prokat, presslangan buyumlar, qattiq qotishmalar, metalli kukunlar, rangli, nodir va qimmatbaho metallarning turli xil tuz hamda birikmalari, kimyoviy moddalar, elektrod buyumlar va hokazo tayyorlanadi. Rangli metallurgiya sanoati mahsulotlarn xalq xo’jaligining hamma sohalarida qo’llaniladi. Respublikada rangli, nodir va qimmatbaho metall (mis, qo`rg’oshin, rux, volfram, molibden, kumush, oltin, simob kabi) konlari topildi; jumladan Qoramozor mis qo`rg’oshin-rux koni (1926 yil), Obirahmat, Burchmulla, Oq tuz boyitish korxonalari (1942 yil), To’ytepa kon boyitish f-kasi (1949 yil), Takob, Ingichka, Qo’ytosh, Langar R. m. konlari (1941—45 yillar). Ingichka, Qo’ytosh, Ugom, Qalmoqqir, Navoiy, Angren (ko’mir) konlarida volfram, molibden va qalay aralash holda uchraydi. Qo`rg’oshin va Oltintopgan (1953—55 yillar) konlari asosida 1954 yili Angrenda qo`rg’oshin-pirit rux boyitish fabrikasi, Angren-Olmaliq rayonida Qalmoqqir mis, molibden, pirit rudalari koni va ularni boyitish fabrikalari, mis eritish sexi va zavodlari ishga tushirildi (1962 yili). Qo`rg’oshin va Oltintopgan qo`rg’oshin-rux konlari hamda Qalmoqqir mis konlari asosida Olmaliq qo`rg’oshin-rux va mis korxonalari ishga tushirildi (1954 va 1968 yillarda).Qo’ytosh, Ingichka volfram, molibden konlari xom ashyosi asosida Chirchiqda qattiq qiyin eriydigan va issiq bardosh metallar k-ti va boshqa korxonalar mahsulot ishlab chiqarmoqda.

Qo`rg’oshin qotishmalari (svinsovie splavi)— qalay, surma, mis va boshqa elementlar qo’shilgan qo`rg’oshin asosidagi qotishmalar. Uncha qattiq emas, suyuqlanish temperaturasi past, zichligi katta, yaxshi texnologik va antifriksion xususiyatga ega, korroziyabardoshligi yuqori. Podshipnik materiallari, bosmaxonada va boshqa oson eruvchi qotishmalar sifatida, pitra kabel qoplamalari uchun ishlatiladi.

Engil metall ruda koni alyuminiy konlaridan iborat temir alyuminiy rudalari asosan boksitdan olinadi. Paleozoy erasida hosil bo’lgan boksit konlari Uralda va Sharqiy Evropa platformasida topilgan. Mis-porfir rudalari misning yirik manbalaridan biridir (masalan Qozog’istondagi Qo’ng’irot, O’zbekistondagi Olmaliq, Armanistondagi Kajaran konlari, Vulkanogen kolchedan va gidrotermal tomirli konlardan ham mis qazib olinadi. Bu metall, Norilsk ruda r-ni va Pechenga, Kanadada Sadberi magmatik sulfidli misni konlaridan ham ajratib olinadi. Tabiatda qo’rg’oshin va rux, odatda, polimetall rudalar tarkibida uchraydi. Ular ora­sida karbonatli jinslar orasida joylashgan stratiformli qatlamsimon konlar katta rol o’ynaydi. Qozog’istondagi Jayrem, Achisoy va Mirg’alimsoy, Qirg’izistondagi Jirg’alan, O’zbekistondagi Qalqon-ota, Uchquloch konlari va boshqa shunday konlar jumlasidandir.

YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

O’quvchilar bilan yangi mavzu bo’yicha qisqa savol-javoblar o’tkazish.



Darsning yakuni: Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javoblar yozish va o’qish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Tekshirdi:__________ Bobobekova Sh.

SANA: _____________201_ YIL

SINF:

MAVZU: Stеrjеn, tunukа vа simlаrni qirqish, bukish vа tо`g`rilаsh аsbоblаridаn fоydаlаnish. Shtаngеnsirkul, nutrоmеr, shаblоnlаr, mikrоmеtrning tuzilishi vа u bilаn о`lchаsh usullаri. Nоnius bilаn hisоblаsh. О`lchаsh аsbоblаri yоrdаmidа аniqlik sinflаrini tеkshirish.

DARSNING MAQSADI:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga shtаngеnsirkul, nutrоmеr, shаblоnlаr, mikrоmеtrning tuzilishi vа u bilаn о`lchаsh usullаri ni o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning qalbida vatanga mexr uyg’otish, kasb hunarga yo’naltirish va mehnat faniga qiziqishini oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni darsga qatnashish faolligini oshirish.

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsning metodi: Aralash.

Darsning jihozi:

Tashkiliy qism:

  • Salomlashish

  • Tozalikni tekshirish.

  • Davomatni olish.

  • Uy vazifasini so’rash.

Savol va topshiriqlarga javoblar yozilganini tekshirish va mavzuni so’rash.

YANGI MAVZU BAYONI.

Shtangensirkul (2-rasm) universal o’lchov asbobi bo’lib, uning yordamida chiziqli o’lchamlarni, tashqi va ichki o’lchamlarni, chuqurliklarni o’lchash, tayyor detal va buyumlarning o’lchamlarini tekshirish, shuningdek, rejalash ishlari bajari-ladi. Shuning uchun undan masshtabli lineyka, kronsirkul, nutromer, chuqurlikni o’lchaydigan asbob (shtangen-glubinomer), sirkul, shtangenreysmus sifatida foydalanish mumkin. Asbobsozlik zavodlarida 100, 125, 150, 200, 300, 400, 500, 600, 800, 1000, 1500 va 2000 mm gacha bo’lgan o’lchamlarni o’lchash imkonni beradigan, aniqlik darajasi 0,1; 0,05; 0,02 mm gacha bo’lgan shtangensirkullar ishlab chiqariladi. O’quv ustaxonalarida 300 mm gacha o’lchash imkonini beradigan shtangensirkullar ishlatiladi.

Aniqlik darajasi, 0,1 mm bo’lgan shtangensirkul (2-rasm, a) millimetr masshtabli shtanga 8, qo’zg’almas jag’ 2, 3, qo’zg’aluvchi jag’ 1, 4, noniusli ramka 6, qotiruvchi vint 5, nonius 9 va sterjens 7 day iborat. Nonius shkalasining uzunligi 9 mm bo’lib, u 10 ta teng bo’lakka bo’lingan. Demak, noniusning har bir bo’limi 9 mm : 10-0,9 mm ga teng. Noniusning noli shtanganing noli bila mos kelsa, uning o’ninchi chizig’idan tashqari hech bir chizig’i shtanga chizig’i bilan mos kelmaydi (bir to’g’ri chiziqda yotmaydi). Bunda noniusning o’ninchi chizig’i shtanganing to’qqizinchi chizig’iga mos keldi.

Mikrometr - skobasiga uning aniqlik darajasi, o’lchash chegarasi va asbobsozlik zavodining muhri tushirilgan bo’ladi. Mikrometr skoba 1, uning bir tomoniga qo’zg’almas qilib o’rnatilgan tovon 2, ikkinchi tomoniga o’rnatilgan vtulka shtebel 5 dan iborat.

Vtulkaga mikrometrik vint-shpindel 3 kiritiladi. Vtulkastebelning tashqi tomoniga millimetrli va yarim millimetrli masshtab shkalali chizilgan. Vtulkaga gilza-baraban 6 kiyidirilib, uning aylanasi bo’ylab 50 bo’limli nonius darajalangan. Mikrometrik vint qalpoqcha yorda­mida barabanga qotirilib, uning uchiga treshchotka 7 o’rnatiladi. Natijada mikrometrik vint vtulka ichida baraban uning tashqarisida birgalikda buraladi






YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

O’quvchilar bilan yangi mavzu bo’yicha qisqa savol-javoblar o’tkazish.


Darsning yakuni: Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javoblar yozish va o’qish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Tekshirdi:__________ Bobobekova Sh.

SANA: _____________201_ YIL

SINF:

MAVZU: Аmаliy mustаqil ishlаr: Stеrjеn, tunukа, simlаrgа ishlоv bеrish аsbоblаrini ishgа tаyyоrlаsh vа ulаr bilаn ishlаsh. Mеtаllgа ishlоv bеrish аsbоblаri. NI-1

DARSNING MAQSADI:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga mеtаllgа ishlоv bеrish аsbоblаri turlаrini tanishtirish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning qalbida vatanga mexr uyg’otish, kasb hunarga yo’naltirish va mehnat faniga qiziqishini oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni darsga qatnashish faolligini oshirish.

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsning metodi: Aralash.

Darsning jihozi:

Tashkiliy qism:

  • Salomlashish

  • Tozalikni tekshirish.

  • Davomatni olish.

  • Uy vazifasini so’rash.

Savol va topshiriqlarga javoblar yozilganini tekshirish va mavzuni so’rash.

YANGI MAVZU BAYONI.

Transportir, (17-rasm) chilangarlik o‘quv ustaxonasida tunuka va listlardan andazalar (masalan, duradgorlikda tirnoq chiqarish va quloq ochishda, zubila va kreysmeysellarning turli burchaklarda charxlanganligini tekshirishda ishlatiladigan va hokazo) tayyorlashda har xil burchaklarni rejalashda, laboratoriya-amaliy mashg‘ulotlarda chizmalar chizishda oddiy transportirdan foydalaniladi. Universal burchak o‘lchagich (uglomer). Turli xil burchaklarni o‘lchash va rejalashda chilangarlik go‘niyalari va transportir bilan bir qatorda universal burchak o‘lchagichlar ham ishlatiladi. Universal burchak o‘lchagichlar.



Sirkul va shtangensirkullar yordamida aylana va yoylarni rejalashda markazlarni chekich yordamida chekib olinadi. Aks holda ularning oyoqlari metall sirtida o‘rnashmasdan, rejaning buzilishiga olib keladi.

Sirkul. Sirkul aylana va yoylarni rejalash, kesma va ailanalarni teng bo‘laklarga bo‘lish, geometrik yasashlarni bajarishda ishlatiladi, Undan masshtabli lineykadagi o‘lchamlarni zagotovka va detallarga ko‘chirishda ham foydalaniladi. Sirkullar oddiy, ignali (18-rasm) va boshqa konstruksiyalarda bo‘lishi mumkin. 18-rasmda ko‘rsatilgan sirkullarning oyoqlari qisqa bo‘lganligi uchun katta radiusli aylana va yoylarni rejalash imkonini bermaydi. Bunday hollarda rejalash shtangensirkulidan ( 19- rasm) foydalaniladi.



YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

O’quvchilar bilan yangi mavzu bo’yicha qisqa savol-javoblar o’tkazish.


Darsning yakuni: Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javoblar yozish va o’qish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Tekshirdi:__________ Bobobekova Sh.

SANA: _____________201_ YIL

SINF:

MAVZU: Frеzalаsh, tоkаrlik, раrmаlаsh, chаrхlаsh stаnоklаrining vаzifаsi, tuzilishi vа ishlоv bеrish tехnоlоgiyasi. Chаrхlаsh usullаri. Аmаliy mustаqil ishlаr: Tоkаrlik, frеzalash, раrmаlаsh vа chаrхlаsh stаnоklаridа оddiy ореrаtsiyalаrni bаjаrish.

DARSNING MAQSADI:

Ta’limiy maqsad: O’quvchilarga frеzalаsh, tоkаrlik, раrmаlаsh, chаrхlаsh stаnоklаrining vаzifаsi, tuzilishini o’rgatish.

Tarbiyaviy maqsad: O’quvchilarning qalbida vatanga mexr uyg’otish, kasb hunarga yo’naltirish va mehnat faniga qiziqishini oshirish.

Rivojlantiruvchi maqsad: O’quvchilarni darsga qatnashish faolligini oshirish.

Darsning turi: Yangi bilim berish.

Darsning metodi: Aralash.

Darsning jihozi:

Tashkiliy qism:

  • Salomlashish

  • Tozalikni tekshirish.

  • Davomatni olish.

  • Uy vazifasini so’rash.

Savol va topshiriqlarga javoblar yozilganini tekshirish va mavzuni so’rash.

YANGI MAVZU BAYONI.

Frezalash stanoklarida har xil qiyofali sirtqi va ichki yuzalarga hamda shakldor aylanish yuzalariga ishlov berish, to’g’ri va vintaviy ariqchalar ochish, sirtqi va ichki rezbalar qirqish, tishli g’ildiraklar ishlash va shu kabi ishlarni ba-jarish mumkin (53 - rasm).

Bu gruppa stanoklari konsolli-frezalash (gorizontal, vertikal, universal va keng universal) stanoklarga, konsolsiz vertikal frezalash stanoklariga,bo’ylama frezalash stanoklari (birvaikkistoykalistanoklar) ga, uzluksiz ishlaydigan (koruselli va barabanli) frezalash stanoklari, kopirlash frezalash stanoklari (konturiy va hajmiy frezalash stanoklari) ga, gravirovkalash frezalash stanoklariga, ixtisoslashtirilgan stanoklar (rezba frezalash, shponka frezalash, shlis frezalash stanoklari va boshqa stanoklar) ga bo’linadi. Hozirgi zamon frezalash stanoklarida bir qancha progressiv konstruktiv yangiliklar bor: bosh harakat bilan surish harakati yuritmalari bir-biridan ajratilgan, stolni (barcha yo’nalishlarda) tez surish mexanizmi mavjud, tezliklar va surishlar bitta dasta bilan boshkariladi. Stanoklarda uzellar va detallar unifikasiyalangan.



Parmalash stanoklari — metall va yog’och buyumlarga silindrik teshiklar ochish, ariqcha va uyalar o’yish, ularga ishlov berish uchun mo’ljallangan stanoklar. Parmalash stanoklarida kesuvchi asboblar (parma, razvyortka, zenker, keskichli kallaklar) shpindelga o’rnatiladi va shu shpindel bilan birga harakatlanadi. Parmalash stanoklarining stolga o’rnatiladigan, radial-parmalash, parmalash-yo’nib kengaytirish va boshqa; bir va ko’p shpindelli; vertikal va gorizontal xillari bor. Radial parmalash stanoklaridan boshqa stanoklarda faqat shpindel qarshisidagi teshik, ariqcha yoki uyalar ishlanadi. Radial parmalash stanoklarida detalning istalgan joyiga teshik ochish mumkin. Unda parmalash kallagi va shpindel asosiy dvigatel, bilan birga traversa bo’ylab siljiydi; traversani alohida dvigatel yordamida gilza bo’ylab yuqoriga-pastga siljitish va kolonna atrofida aylantirish mumkin. Radial stanok plitaga qo’zg’almas qilib mahkamlangan.

YANGI MAVZUNI MUSTAHKAMLASH.

O’quvchilar bilan yangi mavzu bo’yicha qisqa savol-javoblar o’tkazish.


Darsning yakuni: Darsda faol qatnashgan o’quvchilarni rag’batlantirish.

Uyga vazifa: Savol va topshiriqlarga javoblar yozish va o’qish.

O’quv-tarbiya ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Tekshirdi:__________ Bobobekova Sh.





Yüklə 42,48 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə