Механика кириш


-§. YORUG’LIKNING TABIATI HAQIDA TO’LQIN



Yüklə 0,55 Mb.
səhifə56/74
tarix31.12.2021
ölçüsü0,55 Mb.
#81630
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74
Механика кириш

1-§. YORUG’LIKNING TABIATI HAQIDA TO’LQIN VA KVANT TASAVVURLAR
Optikaning rivojlanish jarayonida yorug’lik tabiati haqida ikki qarama-qarshi nazariya vujudga kelgan. Birinchi nazariyaga ko’ra, yorug’lik tabiati to’lqin xarakterga ega. Bu sohada birinchi bo’lib Robert Guk, Xristian Gyuygens, Tomas YUng, Arago, Koshi, Frenel kabi olimlar ko’plab ish qildilar. Keyinchalik ularning ishlari ingliz olimi Maksvell tomonidan ishlab chikilgan elektromagnit nazariyaga asos bo’ldi va yorug’likning elektromagnit nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra yorug’lik to’lqinlari ko’ndalang to’lqinlar bo’lib, elektr vektori va yorug’likning tarqalish tezligi s o’zaro perpendikulyardir. YOrug’likning to’lqin nazariyasi asosida yorug’lik interferensiyasi, yorug’lik difraksiyasi, yorug’likning qutblanishi bilan bog’langan barcha hodisalar to’g’ri tushuntiriladi.

YOrug’likning to’lqin nazariyasi bilan bir qatorda yorug’likning kvant nazariyasi ham rivojlandi. Bu sohada I.Nyutonning g’oyalari va ishlari katta ahamiyatga ega. I.Nyuton o’zi kuzatgan yorug’lik dispersiyasi va boshqa hodisalarni tushuntirishda yorug’lik juda kichik zarralar — korpuskulalar oqimidan iborat degan g’oya asosida tushuntirgan edi. Bu nazariya keyinchalik yanada rivojlantirildi va u asosda XX asrda yorug’likning foton yoki kvant nazariyasi yaratildi. Bu nazariyaga ko’ra yorug’lik elementar zarralar — fotonlar oqimidan iborat deb qaraldi, absolyut qopa jism qonunlari fotoeffekt, Kompton effekti shu nazariya asosida tushuntirildi. YOrug’likning foton nazariyasi kvant mexanikasi asosida vujudga keldi. SHu sababli yorug’likni foton nazariyasi yana yorug’likning kvant nazariyasi deb ham ataladi.



Yüklə 0,55 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   74




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə