Mehnat resurslari mamlakatdagi mehnatga layoqatli ya‟ni mehnat qilish qobiliyatiga ega bo„lgan kishilarni tashkil etadi. O„zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga (1995 yil 21 dekabr) asosan mehnat qilish yoshidagilar 16 yoshdan, erkaklar – 60 yoshgacha, ayollar esa 55 yoshgacha belgilangan. Albatta bu yoshdagi kishilarning barchasini mehnat resursi tarkibiga kiritib bo„lmaydi, chunki bu yoshdagi I-II guruh nogironlari mehnat qilish qobiliyatiga ega emas. Shu bilan birgalikda 16 yoshga to„lmagan yoshlar va nafaqaga chiqqan kishilar ham mehnat qilayotgan bo„lishi mumkin. Shunday qilib, mehnat resurslari (MR) mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli kishilar, hamda ishlayotgan yoshlar (IYO) va nafaqachilar (IN)dan iboratdir.
MR = MYO – N + IYO + IN. Bu yerda: MYO – mehnat qilish yoshidagi aholi;
Mehnat resurslari mulkchilik shakli belgisi bo„yicha asosan 2-ta katta guruhga: davlat va nodavlat sektorida band bo„lganlarga bo„linadi. Lekin nodavlat sektori o„z navbatida: hissadorlik jamiyatlari, ijara korxonalari, xususiy korxonalar va dehqon xo„jaliklariga guruhlanib o„rganiladi. Bunday guruhlash natijasida aholining asosiy qismi qanday mulkchilik tasarrufida ishlayotgani va uning tarkibi qanday o„zgarayotganligi aniqlanadi va tahlil qilinadi. Ma‟lumotlarga qaraganda hozir mehnat resurslarining 82 % dan ko„prog„i(2017-yil) nodavlat sektor xo„jaliklarida band va bu hissa yildan-yilga oshib bormoqda.
Mehnat resurslari quyidagi vaqtlarda ko„payishi mumkin:
16 yoshga to„lgan
yoshlar hisobiga;
Ishga jalb qilingan nafaqachilar hisobiga (shu jumladan imtiyozli nafaqaga chiqqanlar ham);
Shu hududga boshqa yerlardan kelib, ishga qabul qilinganlar hisobiga.
Bu ko„rsatkichlarning har birining
koeffitsientlarini aniqlab,
ularning mehnat resurslarining ko„payishiga ta‟sirini o„rganish mumkin.
16 yoshni to„ldirgan yoshlar hisobiga mehnat resurslarining ko„payish koeffitsienti (YOQ16) 16 yoshni to„ldirgan yoshlar sonini mehnat yoshidagi mehnatga layoqatli aholi soniga bo„lib topiladi.
YO
16 x 1000
YOK
16 =
--------------;
MLA
Bu yerda MLA = mehnatga layoqatli aholi soni.
Bu ko„rsatkich har yili 16 yoshga to„lgan yoshlar hisobiga iqtisodiy
faol aholi soni qanchalik ko„payishini bildiradi. Respublikamizda yoshlar ko„p, demak bu ko„rsatkich Respublikamizda MDH davlatlriga nisbatan ancha yuqori bo„ladi.
Dostları ilə paylaş: