Mehnat muhofazasi Reja : Mehnat muhofazasi “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”



Yüklə 16,64 Kb.
tarix22.05.2023
ölçüsü16,64 Kb.
#112160

Mehnat muhofazasi
Reja :
1. Mehnat muhofazasi
2. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi”
3. Texnik xizmat koʻrsatish

Inson xavfsizligini ta’minlash ayniqsa uni ish jarayonida bevosita ishlab chiqarishda oʻz dolzarbligini koʻrsatadi. Chunki zamonaviy korxonalarning xarakterli tomoni shundaki, unda bir korxonaning oʻzida turli-tuman va tez oʻzgaruvchan texnologik jarayonlarda materiallar, yuqori darajali mexanizatsiyalashgan va avtomatlashtirilgan elektr hisoblash texnikasi bilan jihozlangan zamonaviy potok tizimlar qoʻllanilmoqda. Bular albatta bir tomondan jarayonlarni qisqartirishga maxsulot sifatini yaxshilashga va mehnat sharoitini xavfsizlantirishga qaratilgan, lekin ikkinchi tomonidan ularda ishlovchi ishchilardan katta diqqat, sezuvchanlik va butun ish kuni davomida aqliy zoʻriqish talab qiladi. Bu esa asablarning taranglashuviga va pirovard natijada kasbiy kasallik va jarohatlarga sabab boʻlishi mumkin. Texnologik jarayonning murakkabligi, texnologik rejimlarga boʻlgan talablarning yuqoriligi mehnat muhofazasi tadbirlariga boʻlgan talablarining ortib borishini talab qilmoqda. Ishlab chiqarish xavfsizligi muammolarini oʻrganish uslubiy jihatdan murakkablashib, aktuallashib boryapti. Transport korxonalarida mehnat sharoitlarini yaxshilash va yuqori xavfsizlik satxini ta’minlash uchun barcha texnik, tashkiliy, huquqiy, iqtisodiy usul va vositalarini qoʻllash talab etiladi. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursi ijtimoiy– huquqiy maqsadlarni oʻz ichiga olgan muhandislik fani boʻlib, klassik fanlar boʻlmish fizika, kimyo va matematika bilan birga amaliy mehnat gigiyenasi, ishlab chiqarish sanitariyasi, mehnat psixologiyasi, ergonomika, muhandislik, sanoat estetikasi va boshqa fanlardan tashkil topgandir. Bu fanning metodologik asosi – mehnat sharoitini, texnologik jarayonni, ajralib chiqadigan zararli moddalarni va foydalanish vaqtida paydo boʻladigan xavfli vaziyatlarni ilmiy tahlil qilishdir. Bu tahlil asosida ishlab chiqarishdagi xavfli joylar, sodir boʻlishi mumkin boʻlgan xavfli vaziyatlar aniqlanadi, ularni oldini olish va yoʻqotish choralari ishlab chiqiladi. Bu masala- 5 larni hammasi oʻzaro bogʻlangan holda, kelajak rejalarni hisobga olgan holda koʻriladi. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursi besh boʻlimdan iborat: mehnat muhofazasining nazariy asoslari, mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslari, mehnat gigiyenasi va sanoat sanitariyasi, xavfsizlik texnikasi, yongʻin va portlash xavfsizligini ta’minlash. “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” kursining maqsadi – mehnat xavfsizligining muhandislik va ilmiy asoslarini biladigan, xavfli vaziyatlar tugʻilganda ularni amalda qoʻllay oladigan, mehnat unumdorligini oshirish bilan birga, jarohatlarni, kasbiy kasallik, avariya, yongʻin va portlashlarning oldini ola biladigan bakalavr kadrlar tayyorlashdir. Kursning vazifasi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini, ularning inson sogʻligiga ta’siri va mazkur xavfli moddalarni oʻlchash va tadqiq qilishning zamonaviy usullari va ulardan samarali himoyalanish tadbirlarini oʻrganishdan iboratdir. Shu bilan birga “Mehnat muhofazasi va texnika xavfsizligi” ijtimoiy fan ham hisoblanadi, chunki mehnat sharoiti aksariyat hollarda kollektivning mehnat intizomini, kadrlar qoʻnimini, jamoadagi ruhiy iqlimni va iqtisodiy koʻrsatkichlarni ifodalovchi omildir. Ushbu darslik texnik Oliy oʻquv yurtlarida toʻqimachilik mutaxassisligi boʻyicha bakalavr yoʻnalishida ta’lim olayotgan talabalarga “Mehnat muhofazasi”dan saboq berish maqsadida yozildi. Undan toʻqimachilik sanoati korxonalarida ishlayotgan mehnat muhofazasi muhandislari va rahbar muhandis-texnik hodimlar ham foydalanishlari mumkin. Mehnat muhofazasining maqsadi va vazifalari Mehnatkashlar salomatligini muhofaza qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlash, kasb kasalliklari va ishlab chiqarishdagi shikastlanishlarni bartaraf etish davlatning asosiy gʻamxoʻrliklaridan biridir. Mehnati muhofazasi - bu mehnatni muhofaza qilish, inson salomatligi va mehnat faoliyati samaradorligini ta’minlaydigan qonun hujjatlari va tegishli ijtimoiy-iqtisodiy, texnik, gigiena va tashkiliy chora-tadbirlar tizimidir. Mehnat muhofazasi ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar, kasbiy kasalliklar, avariyalar, portlashlar, yongʻinlarning mumkin boʻlgan sabablarini aniqlaydi va oʻrganadi, ushbu sabablarni bartaraf etish, odamlar uchun xavfsiz va qulay mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha chora-tadbirlar va talablar tizimini ishlab chiqadi. Bunda ulkan ijtimoiy samara bilan bir qatorda ma’lum bir iqtisodiy samaraga ham erishiladi. Mehnat muhofazasi oldida turgan vazifalarning murakkabligi sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish vazifalari bilan bevosita yoki bilvosita bogʻliq boʻlgan koʻplab ilmiy fanlarning yutuqlari va xulosalaridan foydalanishni talab qiladi. Bu, birinchi navbatda, ijtimoiy-huquqiy fanlar va qonun hujjatlariga, shuningdek, mehnatni ilmiy tashkil etish, texnik estetika, ergonomika, ijtimoiy va muhandislik psixologiyasi sohasidagi tadqiqotlarga taalluqlidir. Xavfsiz muhitni ta’minlash usullarini ishlab chiqishda mashinalar, apparatlar va boshqa asbob-uskunalarni ekspluatatsiya qilish, texnika fanlari yutuqlariga asoslanadi, ularning ma’lumotlaridan baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarning oldini 7 olish uchun muhandislik yechimlaridan foydalanadi. Mehnatni muhofaza qilishning asosiy obyekti mehnat jarayonida shaxs boʻlganligi sababli, bir qator tibbiy va biologik fanlar (mehnat gigienasi, mehnat fiziologiyasi va psixologiyasi, ergonomika, ishlab chiqarish toksikologiyasi, kasbiy patologiya, ishlab chiqarish ekologiyasi va boshqalar)dan foydalaniladi. Shuningdek, mehnat muhofazasi masalalari yongʻin va portlashlarning oldini olish choralarini ishlab chiqish bilan chambarchas bogʻliqdir. Ayniqsa, mehnatni muhofaza qilish bilan mehnatni ilmiy tashkil etish, ergonomika, muhandislik psixologiyasi va texnik estetika fanlari oʻrtasida yaqin aloqalar mavjud. Mashina (uskunalar) va atrof-muhit bilan ishlaydigan odamning oʻzaro ta’sirini oʻrganishda kompleks, tizimli yondashuv zarur. Bunday yondashuvga sabab, oxirgi paytda texnik qurilmalar, nevropsixik ortiqcha yuklar koʻpaydi, kasbiy kasalliklar paydo boʻldi, baxtsiz hodisalar, ofatlar va boshqa noxush oqibatlar koʻpayganidadir. Ishlab chiqarishni yanada rivojlantirish tendensiyasi texnologiyani yanada murakkablashtirish, yirik komplekslarni boshqarishni markazlashtirishda yotadi. Mutaxassislarning asosiy vazifasi esa texnologiya va inson oʻrtasidagi optimal oʻzaro ta’sir qilish usullari va vositalarini aniqlashdir. Bunday sharoitda mehnat qurollarini loyihalashda insonning fiziologik va psixologik xususiyatlarini, uning estetik didi va ijtimoiy fazilatlarini har tomonlama hisobga olish katta ahamiyatga ega. Bunday hisobining imkoniyatlari ergonomika bilan ifodalanadi. Ergonomika muayyan faoliyat turlari uchun mos variantlarni ishlab chiqadi, texnik vositalarga va kasbiy tanlash, oʻqitish, ta’limga qoʻyiladigan talablarni shakllantiradi, baxtsiz hodisalar va kasbiy kasalliklarga olib kelishi mumkin boʻlgan yashirin sabablarni aniqlashda yangi imkoniyatlar ochadi. 8 Ergonomika mehnatni muhofaza qilishning uzoq muddatli eng muhim vazifasi - xavfsiz texnologiyaga oʻtishni amalga oshiradi. Boshqaruvning barcha sohalarida iqtisodiyotni mustahkamlash vazifasi bizni mehnatni muhofaza qilish boʻyicha rejalar ishlab chiqish va chora-tadbirlarni amalga oshirishda iqtisodiy masalalarga eng jiddiy e’tibor berishga majbur qiladi. Uning samaradorligi, mehnat harajatlari va uning natijalari oʻrtasidagi nisbat mehnat sharoitlariga bogʻliq boʻlib, mehnatni muhofaza qilish va iqtisodiyot oʻrtasidagi tobora yaqin aloqani belgilaydi. “Mehnat muhofazasi” kursining uslubiy asosi mehnat sharoitlari, texnologik jarayonlar, ishlab chiqarish asbob-uskunalari, foydalanilgan va olingan materiallar va moddalarni xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ehtimoli nuqtai nazaridan ilmiy tahlil qilishdan iborat. Mehnat muhofazasi muammolarini hal etishda muvaffaqiyat koʻp jihatdan ushbu sohada mutaxassislarni tayyorlash sifatiga, ularning zamonaviy ishlab chiqarishning murakkab sharoitida toʻgʻri qaror qabul qila olishiga bogʻliq. Shuning uchun har bir kollej bitiruvchisi mehnat muhofazasi sohasida nazariy va amaliy bilimlarga ega boʻlishi kerak, chunki ishlab chiqarish obyektlarida mehnat muhofazaqsh holati, xavfsiz uskunalarni ishlab chiqish samaradorligi va sogʻlom va xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratish boʻyicha ishlarni tashkil etish, bunda iqtisodiy samaradorligi koʻp jihatdan mutaxassislarni tayyorlash sifatiga bogʻliq. GOST 12. 0. 002-80 ga muvofiq "Mehnat muhofazasi fanini oʻrganishda quyidagi atamalar va ta’riflar qabul qilindi: • xavfsizlik texnikasi - xavfli ishlab chiqarish omillari ta’sirini oldini olish uchun tashkiliy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi; 9 • ishlab chiqarish sanitariyasi - tashkiliy chora-tadbirlar tizimi va texnik vositalar oldini olish yoki zararli ishlab chiqarish omillariga ta’sirini kamaytirish; • mehnat muhofazasi - xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari ta’sirini istisno qiladigan mehnat sharoitlarining holati; • xavfli ishlab chiqarish omili - ishlab chiqarish omili boʻlib, uning ta’siri muayyan sharoitlarda ishchilarning shikastlanishiga yoki sogʻligʻining boshqa keskin yomonlashishiga olib keladi; • Zararli ishlab chiqarish omili - ishlab chiqarish omili boʻlib, uning ta’siri ma’lum sharoitlarda ishchining kasallanishiga yoki ish faoliyatini pasayishiga olib keladi. • ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisasi - ishchi oʻz mehnat vazifalarini yoki ish rahbarining topshiriqlarini bajarayotganda xavfli ishlab chiqarish omilining ta’siri; • ishlab chiqarish uskunasining xavfsizligi - me’yoriytexnik hujjatlarda belgilangan sharoitlarda belgilangan funksiyalarni bajarishda mehnat muhofazasi talablariga muvofiqligini ta’minlash uchun ishlab chiqarish uskunasining xususiyati; • ishlab chiqarish jarayonining xavfsizligi - me’yoriy-texnik hujjatlarda belgilangan sharoitlarda xavfsiz ishlash talablariga rioya qilishni ta’minlash uchun ishlab chiqarish jarayonining xuxsusiyati; . Mehnat muhofazasining huquqiy va tashkiliy asoslarini nazorat qiluvchi organlar Avtomobil transporti xodimlarining mehnatini muhofaza qilish va mehnat muhofazasi qoidalari boʻyicha asosiy qonun hujjatlari: 1. Oʻzbekiston Respublikasining 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Konstitutsiyasi; 10 2. 1996-yil 1-aprelda kuchga kirgan Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi. 3. 2016-yil 23-sentabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni; 4. Oʻzbekiston Respublikasining “Yoʻl harakati xavfsizligi toʻgʻrisida”, “Avtomobil transporti toʻgʻrisida”, “Avtomobil yoʻllari toʻgʻrisida”gi qonunlari, Yoʻl harakati qoidalari va boshqalar. 1. 3. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq vazirliklar, idoralar, konsernlar, birlashmalar, kasaba uyushmalari qoʻmitasi va boshqa xoʻjalik boshqaruvi organlari mehnat muhofazasi qilish boʻyicha ishlarni oʻzlari tomonidan tasdiqlangan nizomlarga muvofiq muvofiqlashtiradilar. 50 va undan ortiq kishi ishlaydigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega boʻlgan shaxslar orasidan mehnat muhofazasi muhandisi va soni 50 dan ortiq avtotransport vositalari boʻlgan avtokorxonalarda yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash boʻyicha xizmat (lavozim) tashkil etiladi. Xodimlar soni va transport vositalari soni 50 dan kamroq boʻlgan korxonalarda mehnat muhofazasi xizmatining funksiyalarini bajarish rahbarlardan biriga yuklanadi. Mehnat muhofazasi va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari kasaba uyushma qoʻmitasi bilan kelishilgan qoidalarga muvofiq ishlaydi va oʻz maqomi boʻyicha korxonaning asosiy xizmatlariga teng va uning rahbariga boʻysunadi. Mehnat muhofazasi xizmatlarining mutaxassislari barcha xodimlar tomonidan mehnatni muhofaza qilish qoidalari va 11 normalariga rioya etilishini nazorat qilish, aniqlangan qoidabuzarliklarni bartaraf etish toʻgʻrisida tarkibiy boʻlinmalar rahbarlariga koʻrsatmalar berish, shuningdek korxona rahbarlariga javobgarlikka tortish toʻgʻrisida taqdimnomalar kiritish huquqiga ega. Mehnat muhofazasi va yoʻl harakati xavfsizligi xizmati mutaxassisi oʻz xizmat vazifalariga taalluqli boʻlmagan ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas. Mehnat muhofazasi va yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari faqat korxona tugatilgan taqdirda tugatiladi. Mehnat muhofazasining quyidagi masalalari qonun bilan tartibga solinadi: korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat faoliyatining umumiy shartlari; xavfsizlik standartlari va qoidalari, sanoat sanitariyasi va yongʻinning oldini olish; mehnat sharoitlarini yaxshilash boʻyicha chora-tadbirlarni rejalashtirish, moliyalashtirish va moddiy-texnik ta’minlash; ayollar, oʻsmirlar va mehnat qobiliyati cheklangan shaxslar uchun alohida mehnat sharoitlari; zararli va ogʻir mehnat sharoitlari boʻlgan ish va kasblar uchun imtiyozlar; mehnat muhofazasi talablari va normalarining bajarilishi ustidan nazoratni tashkil etish va ta’- minlash, shuningdek ularni buzganlik uchun mansabdor shaxslar va xodimlarning javobgarligi; korxonalarda tibbiy yordam tashkil etish; ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni tekshirish va hisobga olish tartibi; ishlab chiqarish jarohati yoki kasb kasalligi tufayli nogironlik qurbonlarini moddiy qoʻllab-quvvatlash. Bu masalalar Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, Respublikaning Mehnat kodeksi, Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonuni, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan namunaviy nizomlar kabi davlat hujjatlari va me’yoriy hujjatlarda oʻz ifodasini topgan. Avtomobil transporti xodimlarining mehnat muhofazasi qoidalari avtomobil transportida mehnatni tashkil etish va sanitariya-gigiyena talablarini ta’minlash, 12 hudud va ishlab chiqarish obyektlarining mehnatni muhofaza qilish talablari, harakatlanuvchi tarkibni jihozlash, asbob-uskunalar, jihozlar, transport vositalarini saqlash, foydalanish, texnik xizmat koʻrsatish va transport vositalarini ta’mirlash, jamoaviy va shaxsiy himoya vositalari bilan ta’minlash, elektr xavfsizligi, ekologik va yongʻin xavfsizligi masalalarini oʻz ichiga oladi.
Yüklə 16,64 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə