Meliboyeva G. S. Kimyoni o`qitishda zamonaviy texnologiyalar



Yüklə 3,74 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/132
tarix04.06.2022
ölçüsü3,74 Mb.
#88839
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132
kimyo o\'qitish

Muammoning turi 
Muammoni kelib 
chiqish sabablari 
Muammoni yechish va 
sizning harakatlaringiz 
Toza ichimlik 
suvining kamligi 
Suvni toza saqlashga 
e’tiborning kamligi 
Suvdan oqilona 
foydalanishga 
e`tiborning kamligi 
Tabiat va suvni saqlashga 
oid tadbirlar o’tkazish
Suvdan oqiona 
foydalanishga oid tadbirlar 
o’tkazish 
Bunday texnologiya bilan o’tkazilgan mashg’ulot natijasida o’quvchilar 
qaysidir muammoni yechishdan avval uning sababini aniqlanishi kerakligini, keyin 
esa ularga zarur bo’lgan uslub va usullarni tanlashi hamda o’z harakatlarini aniq 
belgilab olishlari kerakligini bilib oladilar.
Muammoli vaziyat yaratish usullari. 
O’quvchilarning fikrlash faoliyatida 
muammoli vaziyatlar yaratish ularda har narsani bilishga havas, fahm-farosatlilik, 
mustaqillik, o’qishga qiziqish va ijod qilishga intilish kabi shaxsiy fazilatlarni 
tarbiyalashga yordam beradi. 
O’quvchi ongida muammoli vaziyatlarni vujudga keltirish, o’quvchining 
faol fikrlash faoliyati, o’quv materialini puxta o’zlashtirib olishlari haqida Sharq 
allomalari ham o’zlarining qimmatli fikrlarini aytib o’tganlar. 
Mutafakkir Abu Rayhon Beruniy (973-1048) o’zining pedagogik va didaktik 
qarashlarida, o’quvchilarni o’qitish hamda tarbiyalash jarayonida birinchidan, turli 
mavzularda mulohazalar yuritishni, shuningdek, o’quvchining zerikmasligini, 
xotirasiga malol keltirmaslikni (zo’riqtirmaslikni) ta’kidlab, «Bizning maqsadimiz 
o’quvchini toliqtirib qo’ymaslikdir, hadeb bir narsani o’qiyverish zerikarli bo’ladi 
va toqatni toq qiladi. Agar o’quvchi bir masaladan boshqa bir masalaga o’tib tursa, 
u xuddi turli-tuman bog’-rog’larda sayr qilgandek bo’ladi, bir bog’dan o’tar-


67 
o’tmas, boshqa bog’ boshlanadi. Kishi ularning hammasini ko’rgisi va tomosha 
qilgisi keladi. Har bir yangi voqea - narsa kishiga rohat bag’ishlaydi», degan yedi. 
Ta’lim jarayonida muammoli vaziyatni vujudga keltirish, undan foydalanish 
usullarini yaratish, ta’lim tizimining har bir bosqichida o’rganiladigan fanlarga
xosdir. Muammoli vaziyat fanning mazmuni, o’ziga xos xarakter xususiyatlari, 
uni o’rganish usullarini hisobga olgan holda yaratiladi. 
Sir emaski, bir xil yoshdagi o’quvchilarning jismoniy va aqliy 
xususiyatlariga ko’ra tushunish, fikrlash, ish bajarish qobiliyatlari ham turlicha 
bo’lishi mumkin. Buni ayniqsa, muammoli holatni yaratish uchun o’quvchilarni 
ruhiy jihatdan puxta tayyorlashda hisobga olmoq zarur.

Yüklə 3,74 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   132




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə