Men konsepsiyasi


«Men» siymosi va o‘z-o‘ziga baho



Yüklə 306,62 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/4
tarix20.05.2022
ölçüsü306,62 Kb.
#87472
1   2   3   4
1-amaliy

3.«Men» siymosi va o‘z-o‘ziga baho 
«Men» siymosining asosiy tarkibiy qismi o‘zini baholashdir.U. 
Djeymsning original formulasi bo'yicha uni hisoblash ham mumkin: 
U vaqt o‘tishi bilan va vaziyatlarga bog‘liq holda o‘zgarib turadi.U o‘ziga 
xos differensial o‘lchovlarga ega, ya’ni o‘ziga baho quyidagi o‘lchovlarga ega
bo‘ladi: yuqori, adekvat va past. Bundan tashqari qo‘shimcha ravishda
adekvat past, adekvat yuqori, noadekvat past va noadekvat yuqori ham
bolishi mumkin. Yoshlikda o‘z-o‘zini baholash tashqi baholar ostida
shakllanadi, bu esa keyinchalik interiorzatsiyalanib o‘ziga munosabatga
aylanadi. Bu esa ma’lum intellektual rivojlanish darajasi bilan bog‘liq
ravishda amalga oshadi (oligofren bolalarda mazmuniy umumlashtirish
bo‘lmagani uchun ular barqaror o‘z-o‘zini anglashga ega bo‘lmaydilar). 
«Men» obrazi asosida har bir shaxsda o‘z-o‘ziga nisbatan baholar
tizimi shakllanadiki, bu tizim obrazga mos tarzda turli xil bo‘lishi mumkin.
O‘z-o‘zini baholash borasidagi tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, turli yoshdagi


kategoriyalarni (masalan, 14, 17 yoshdagi o'quvchilar va 30 yoshdagi
kattalarni) beshta parametr: jismoniy sifatlar, shaxsiy muvaffaqiyatlar,
intellektual rivojlanish, shaxslararo munosabatlardagi o‘rni va mas’uliyat
hissiga nisbatan o‘ziga baho berishini taqqoslash so‘ralganda, ularning yoshi 
o‘tgan sayin individual variatsiyalari ortganligi kuzatilgan. Bolalikda o‘zini
hamma sifatlar bo‘yicha bir xil baholash xos bo’lsa, katta yoshdagi respodentlar
o‘zining kuchli va zaif tomonlarini yaxshiroq anglaganligi aniqlangan. Bu esa
ularning shaxsiy tajribasi ortganligi bilan bogiiq, bu o‘z navbatida shaxsning 
kognitiv jihatlari ortishining natijasidir, ya’ni shaxs ulg'aygan sayin unda o‘z
«Men»ining turli tomonlarini baholash qobiliyati kengayib boradi. Faoliyatning
muvaffaqiyati uchun odam o'zining real imkoniyatlarini yuqoriroq baholashi
darkor, shu orqali u o‘z-o‘zini motivlashtiradi. Obyektiv imkoniyatlariga
nisbatan o‘z-o‘zini past baholash depressivlik, shaxsning nevrozga
moyilligidan darak beradi. Salbiy «Men» konsepsiyasi odamning faoliyat va
muloqot doirasini chetlovchi psixologik himoya mexanizmlarining
ko'payishiga olib keladi. O’zini qabul qilish shaxsning o‘zini faollashtiruvchi
asosdir.

Yüklə 306,62 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə