Metodik tavsiyasi


etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə4/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni
aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish
lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va
tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni,
boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat
uyg’otishni ko’zda tutadi.
Og’zaki nutiqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan
foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari
sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.
Boshlang‘ich sinf o‘qish darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning
yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini
shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu
darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish
malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib boorish bog’anishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi. Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir. Savod o’rgatish darslarida amaliy mashg’ulatlarga keng o’rin berish va malakalarni singdirishda qiziqarli va jonli narsalardan, texnika vositalaridan, turli o’yin va o’yin turidagi mashqlardan foydalanish samarali natijalar beradi. Darslikka doir hikoyalar, ertaklar, she’r va maqollardagi notanish so’zlar o’qib yoki eshittirb tushuntiriladi. Shunday qilib, har bir darsda, u qaysi predmet bo’lishidan qat’iy - nazar, birinchi galdagi vazifamiz o’quvchilarning ongli, ravon, to’g’ri va ifodali o’qishiga erishishimiz, nutqini o’stirishga harakat qilmog’imiz lozim.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə