Metodik tavsiyasi


Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə5/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

Ma’lumki, nutq tafakkur bilan bog’liq, shuning uchun u tafakkur bilan uzviy
bog’liq holda o’stiriladi. Darsda o’qilgan asarni o’quvchilar ongli tushunishi, asosiy
mazmunini, g’oyasini anglab yetishi uchun analiz, sintez, taqqoslash, umumlashtirish
kabi logik priyomlar qo’llanadi. O’qilgan asarni analiz qilishda har xil ish usullaridan foydalaniladi. Bolalar hikoyadagi asosiy qatnashuvchi shaxslarni aytadilar, o’qituvchi rahbarligida asarning sxematik rejasini tuzadilar (tugun, kulminasiya, yechim) Nutq o’stirish mashg’ulotlarida, ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o’qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o’rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o‘qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo’lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg’ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo’ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug’atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to’g’ri shakllanib borishiga ijobiy ta'sir ko’rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o‘qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so’zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o‘qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o’xshatishga harakat qiladilar Boshlang’ich sinflar o’qish darslarida o’quvchilar nutqini o’stirish vositalaridan biri to’g’ri uyushtirilgan qayta hikoyalashdir. Maktab tajribasida to’liq, qisqartirib, tanlab va ijodiy qayta hikoya qilish turlari mavjud. Boshlang’ich sinf o’quvchilari uchun matnni to’liq yoki matnga yaqin qayta hikoyalash ancha oson, boshqa turlari esa nisbatan qiyinroqdir. Qayta hikoyalashda o’qilgan hikoya mazmuni yuzasidan o’qituvchining savoli o’quvchilarni hikoyaning detallari haqida, ayrim voqealar o’rtasidagi bog’lanishning sabab-natijalari haqida fikrlashga qaratilishi lozim. Asar syujetining rivojlanishida qatnashuvchi shaxslar, ularning xatti-harakati asosiy rol o’ynaydi. Bolalar asar mazmunini unda ishtirok etuvchi shaxslar va ularning xattiharakati, harakterli xususiyatlarini tahlil qilish yordamida yaxshi anglab etadilar.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə