Metodik tavsiyasi


O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan



Yüklə 1,52 Mb.
səhifə8/9
tarix18.05.2022
ölçüsü1,52 Mb.
#87260
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Erkayeva Muxlisa

3. O’qilgan hikoyaga rasm chizishda o’quvchi rassomlar tomonidan chizilgan
rasmlardan o’qilgan asarning mazmuniga mos rasm tanlaydi yoki o’zi rasm chizadi.
Agar o’quvchi rasmni yaxshi chiza olmasa, o’zi chizmoqchi bo’lgan rasmni og’zaki tasvirlab beradi, ya’ni so’z bilan rasm chizadi.

4. O’qilgan hikoyani davom ettirish usuli maktab tajribasida keng qo’llanadi. Bu
usul hikoyaning mazmuni uni davom ettirishga imkon beradigan asarlarda qo’llanadi.
Xulosa o‘rnida shuni ta’kidlab o‘tish kerakki, nutq o‘stirish mashg‘ulotlarida,
ayniqsa, bolalarning badiiy asarlarni o‘qib, hikoya qilib berishlariga katta ahamiyat
beriladi. Badiiy asarlarni qayta hikoya qilib berishga o‘rgatish va ularni sahnalashtirish, she'rni yod oldirish o’qituvchiga katta mahorat va mas'uliyat yuklaydi. Muallif tomonidan badiiy asar mazmuni qanchalik yorqin ifodalangan bo‘lsa, unda ishtirok etuvchilarning nutqlari (gaplari) bolalarga ifodali, mazmunli yetkazilsa, u bolalarni hayajonlantiradi, his-tuyg‘ularining rivojlanishiga, asar qahramonlari bilan bo‘ladigan voqealarning uzoq esda saqlanishiga, lug‘atining boyishiga hamda nutqining grammatik jihatdan to‘g‘ri shakllanib borishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bolalar hech qanday qiyinchiliksiz o’qituvchining asar yuzasidan bergan savollariga javob bera oladilar, ayrim so‘zlarni, jumlalarni takrorlaydilar, qahramonlarning ijobiy va salbiy tomonlarini xarakterlab beradilar, o’qituvchiga taqlid qilib, ularning ovozini o‘xshatishga harakat qiladilar.
Har bir mamlakatning taraqqiyoti, istiqboli, farovonligi, ma’naviy yuksalishi,
jahonning eng rivojlangan davlatlar qatoridan o‘rin olishi - bilimli, yuqori intellektual salohiyatli, qalbiga va ongiga ezgu fazilatlarni mujassamlagan yoshlarga bog‘liq hisoblanib, har jihatdan yetuk va barkamol, Vatan taqdiri uchun sidqi dildan xizmat qiladigan, fidoyi, iymonli avlodni voyaga yetkazish, o‘qitishni sifatli va mazmun jihatdan yuqori pog‘onalarga olib chiqish avvalo o‘qituvchi va tarbiyachi murabbiylar zimmasiga sharafli va ayni paytda mas’uliyatli vazifani yuklaydi.

Yüklə 1,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə