Mexanika (MD) fani bo’yicha asosiy tushinchalar va ta’riflar



Yüklə 401,8 Kb.
səhifə3/43
tarix27.01.2023
ölçüsü401,8 Kb.
#99520
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Mexanika

r ≤ [r]; rv ≤ [rv]
Amaliyotda yeyilishni kamaytirish uchun turli tadbirlar qo’llaniladi. Ishqalanuvchi detallarni kerakli darajada moylab turish, yeyilishga chidamli materiallarni qo’llash (bronza, plastmassa, latun, o’z-o’zini moylab turish xususiyatiga ega bo’lgan moy shimdirilgan g’ovak detallarni ishlatish, yuzaga termik ishlov berish va boshqalar) ana shunday tadbirlardan hisoblanadi.
O’zbekiston hududining asosiy qismi cho’llar, qumliklar, tog’liklardan iborat. O’zbekistonda yillik yog’in-sochin miqdori ham juda kam. Orol dengizining qurib borishi mamlakatimizning ekologak barqarorligini izdan chiqarishga sabab bo’lmoqda.
Sug’orma dexqonchilik rivojlangan mamlakatimizda ishlatiladigan barcha mashinalar kabi qishloq xo’jalik texnikasiga ham qator talablar qo’yiladi. Abraziv muhit, yerlarning sho’rlanganlik darajasining yuqo­riligi, yer osti suvlarining yer sathiga yaqinligi, kunlik o’rtacha haro­ratning keskin farqlanishi kabi omillar mashina detallarining mustahkamligiga, yeyilishiga, issiqlikka chidamliligiga hamda titrashga ustuvorligiga katta ta’sir ko’rsatadi.
Issiqqa chidamlilik (issiqbardoshlik). Mashina detallarining yoki konstruktiv tuzilmaniig berilgan harorat chegarasida berilgan xizmat muddati davomida ishlay olish qobiliyati issiqbardoshlik deyiladi. Detallarning ish vaqtida qizib ketishi xavfli va zararli hodisadir, chunki bunday holda ularning mustahkamligi kamayadi, moylarning xossalari yomonlashadi, harakatchan birikmalardagi tirqish­larning kamayishi yeyilishning oshishiga va sinishga olib kelishi mumkii. Shuning uchun mashinalarni loyihalashda mashinada ish jara­yonida hosil bo’ladigan issiklik miqdori Q mashinadan tashqi muhitga tarqaluvchi issiqlik miqdoridan Q1, kichik yoki unga teng bo’lishi lozim. Bu holatni quyidagicha ifodalash o’rinlidir:
Q Q1
Mashina detallarining issiqbardoshlikka hisobi ularning me’yoriy issiqlik maromini ta’minlash uchun amalga oshiriladi.


Titrashga ustuvorlik. Кonstruktiv tuzilmaning rezonans soha­laridan yetarlicha uzoqdagi kerakli maromlar diapazonida ishlay olish qobiliyati uning titrashga ustuvorliga deyiladi. Tezlikning oshishi, detallarning yengillashuvi, konstruksiyaning noto’g’ri tuzilganligi, mashina­lardagi elastik elementlar xossalarining ish davomida yomon­lashganligi, detallarga ta’sir etuvchi o’zgaruvchan kuchlanishlar, mahkamlangan detal­larning bo’shashib qolganligi titrashni vujudga keltirishi mumkin. Bu holatlardagi titrashlar detallarning toliqish oqibatida ishdan chiqishiga olib keladi. Ma’lumki, detalning xususiy tebranishlar chastotasi tashqi kuchlar oqibatida hosil bo’luvchi tebranishlar chastotasiga mos kelganda rezonans hodisasi yuz beradi. Titrashga ustuvorlik masalalari asosan «Tebranishlar nazariyasi» kursida o’rganiladi. Shuni qayd etish lozimki, titrashga ustuvorlik odatda mashinalar yoki mashinalar tizimi uchun (qisqacha tizim) bajariladi.
Titrashni kamaytirish uchun uni vujudga keltiruvchi omillarni yo’qo­tish chora-tadbirlarini ko’rish lozim. Mashina detallarining ishchanlik qobiliyati baholangavda, yuqorida keltirilgan mezonlarning hammasiga ularni hisoblash shart emas, balki ma’lum detal uchun asosiy hisoblangan mezonlarning biri yoki bir nechtasi baholansa etarlidir.

Yüklə 401,8 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə