Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 5,01 Kb.

səhifə1/109
tarix11.07.2018
ölçüsü5,01 Kb.
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109


 
1
O’ZBEKİSTON RESPUBLİKASİ OLİY VA O’RTA MAXSUS  
TALİM VAZİRLİGİ 
 
BERDAQ NOMİDAGİ QORAQALPOQ DAVLAT  
UNİVERSİTETİ 
 
 
 
 
 
Gumanitar fakulteti  
 
Tarix va arxeologiya  
kafedrasi. 
 
 
 
TARİXİY MANBAShUNOSLİK 
 
Bakalavrlar uchun  
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Tuzuvchi: t. f. n. Tureeva. G. A 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nukus 2008 
 


 
2
1-Mavzu. Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
 
Darsning mazmuni: Tarix ilmida manbashunoslik fanining tutgan o’rni, 
uning asosiy xususiyatlari, predmeti, maqsad va vazifalari h’aqida malumot, 
mavjud ilmiy adabiyotlar qisqacha tah’lili beriladi. 
Reja: 
1.1.  Manbashunoslik fanini o’rganishdan maqsad. 
1.2.  Manbashunoslik fanining predmeti va vazifalari. 
1.3.  Manbalar turlari. 
1.4.  Manbashunoslikka oid adabiyotlarni tah’lili. 
1.5.  Foydalanilgan adabiyotlar ruyxati. 
1.6.  Mavzuni mustah’kamlash uchun beriladigan savollar. 
Asosiy tushunchalar: manba, tarixiy manba, birlamchi manba, asl nusxa, 
avtograf, bitik, bitma, yozma yodgorlik, qo’lyozma, qo’lyozma kitob, toshbosma, 
litografik kitob, nashr, ommaviy nashr, ilmiy akademik nashr, faksimile, 
arxeografiya, asosiy arab yozuvlari, rwyh’atga olish, tavsifga olish, tasniflash –
kataloglashtirish, fih’rist – katalog, kartochka, annotatsiya, monografik tavsif. 
1.1. 
Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad 
Manbashunoslik fanini wrganishdan maqsad talabalarda ushbu fan soh’asi 
twg’risida umumiy tushuncha h’osil qilish va ularda qiziqish uyg’otish va 
O’zbekiston tarixini manbalar asosida mustaqil wrganishga h’arakat qildirishdan 
iborat. 
Tarixiy fakt va voqealar baёni inson xarakteri, malumot beruvchi shaxs, 
guruh’, firqa, sulola, mazh’ab va mamlakatlar manfaati ywlida turlicha talqin 
qilinishi mumkin.  
 
Masalan, Wzbekiston yaqin tarixi mamlakatimizning X1X asr ikkinchi 
yarmi va XX asr boshlaridagi siёsiy voqealar turli davrlarda, manbalarda va turli 
mualliflar tomonidan turlicha talqin qilinmoqda. Bular wz davrida yaratilgan ёzma 
ёdgorliklar, tarixiy h’ujjatlar va solnomalarda qanday baёn qilingan? Shwro 
davrida qanday tushuntirildi?  
Va nih’oyati mustaqillik sharoitida tarixiy adolatni tiklash, manbalar asosida 
xolis va obektiv bwlib wtgan voqealarni bilishimiz mumkin va kerak. Bu esa 
manbashunoslik fanisiz, manbalarga ilmiy ёndoshuvsiz mumkin emas. Chunki, 
wsha davrdagi ёzma ёdgorliklar aksariyati arab alifbosi asosidagi ёzuvimizda, bir 
qismi rus tilida h’am bitilgan va wsha davrga xos tarixiy xususiyatlarga ega. 
Xulosa, manbashunoslik fani yurtimiz tarixi  twg’risida xolis va obektiv 
bilim olishga, wzligimizni anglashga, boy va qadimiy madaniyatimizni bilishga 
xizmat qiluvchi tarix fanining muh’im soh’alaridan biridir. 
1.2. 
Manbashunoslik fanining predmeti, maqsad va vazifalari 
Manbashunoslik fani tarix ilmining asosiy va muh’im soh’alaridan biri 
bwlib, turli (moddiy, etnografik, ёzma va boshqa) manbalarni wrganish h’amda 
ulardan ilmiy foydalanishning nazariy va amaliy jih’atlarini wrganadi. 
 
Tarixiy manba deganda nimani tushunamiz? 
 
Tarixiy manba deganda uzoq wtmishdan qolgan, tabiat va jamiyatning 
malum bosqichdagi kechmishini wzida aks ettirgan moddiy va manaviy 
ёdgorliklarni tushunamiz. 


 
3
 Moddiy 
ёdgorliklarga - qadimiy obidalar, manzilgoh’lar va mozarlar, 
shah’arlar, qasrlar va qalalar xarobalari, uy-rwzg’or buyumlari va boshqalar kiradi. 
 Manaviy 
ёdgorliklar deganda qadimgi ёzuvlar, xalq og’zaki ijodi 
namunalari, afsonalar, ёzma ёdgorliklar – bitik, qwlёzma kitob, h’ujjatlar va arxiv 
materiallari tushuniladi. 
 
Umuman, tarixiy manba inson ijtimoiy faoliyati natijasida paydo bwlgan va 
uning xususiyatlarini wzida aks ettirgan moddiy va manaviy ёdgorliklardan 
iboratdir. Ularni wrganadigan fanni biz manbashunoslik deymiz. 
 
Manbashunoslik fani ijtimoiy fan soh’asida asosan ikki xil bwlishi mumkin- 
tarixiy manbashunoslik va adabiy manbashunoslik. Bizning maqsadimiz tarixiy 
manbashunoslikni wrganishdir. 
 
Manbashunoslik fanining vazifalariga kelsak tarixiy manbalarni qidirib 
topish, ularni rwyxatga olish, turkumlash, chuqur va atroflicha tadqiq etish
manbada wz aksini topgan ёki baёn etilgan voqealar, keltirilgan faktlarni twla va 
obektivligini aniqlash, manbaning tarix fani taraqqiёtini wrganishdagi 
ah’amiyatiga bah’o berish, manbashunoslikning asosiy vazifasi h’isoblanadi.     
1.3. 
Manbalar turlari 
Tarixiy manbalarni, ularning umumiy xarakteri, wtmishni wzida aks ettirishga 
qarab quyidagi olti asosiy guruh’ga bwlish mumkin. 
 
1.3.1. 
Moddiy (ashёviy) manbalar 
Malumki, kishilik jamiyati tarixi qariyb 40 ming yillik davrni wz ichiga oladi, 
lekin ёzuv paydo bwlganiga esa kwp vaqt wtganicha ywq. 
 
Masalan, tsivilizatsiyaning ilk wchoqlaridan biri bwlmish Markaziy Osiёda 
dastlabki ёzuv arameycha xat negizida taxminan eramizdan avvalgi birinchi ming 
yillik wrtalarida paydo bwlgan. Xat tarixchisi Erkin Oxunjonovning malumotiga 
kwra, yurtimizda arab istilosiga qadar wn sakkiz ёzuv turi mavjud bwlgan ekan. 
Lekin, afsuski, kwh’na tariximizni wzida aks ettirgan ёzma  ёdgorliklarning katta 
qismi bizning zamonamizgacha etib kelmagan. Ularning kwpchiligi bosqinchilik 
urushlari vaqtida, qolaversa tabiiy ofatlar oqibatida ywq bwlib ketgan. 
 
İlk tarixning ayrim lavh’alari  wtmishdan qolgan va insonning ijtimoiy 
faoliyati bilan bog’liq bwlgan moddiy ёdgorliklarda, aniqrog’i ularning bizgacha 
saqlangan qoldiqlari etib kelgan. 
 Xullas, 
moddiy 
(ashёviy) manba deganda ibtidoiy odamlar istiqomat qilgan 
va dafn etilgan joylar, ularning meh’nat va urush qurollari, bino va turli inshootlar 
(qala va qasrlar, h’ammomlar va karvonsaroylar, h’unarmandchilik ustaxonalari 
h’amda suv inshootlari va boshqalar)ning qoldiqlari, uy-rwzg’or buyumlari va zeb-
ziynat taqinchoqlari tushuniladi. Moddiy ёdgorliklarni qidirib topish va wrganish 
ishlari bilan arxeologiya ilmi (yunon, arxeo -qadimiy, logos – ilm; wtmish 
h’aqidagi ilm; kishilik jamiyatining uzoq wtmishni wrganuvchi ilm, 
qadimshunoslik) shug’ullanadi. 
 
 
 




Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109


Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2017
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə