Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109

 
32
tomonidan “Vestnik drevney istorii” jurnalining 1954 yil 2-4 va 1955 yil 1-
sonlarida bosilgan. 
 
4.3.4. ARRİAN FLAVİY 
Arrian Flaviy (taxminan 95-175-yy.) – yirik yunon ёzuvchisi, tarixchisi va 
geograf olimi, asoi Kichik Osiёning Nikomadiya shah’ridan. U “İskandar h’aqida”, 
“Parfiyaliklar h’aqida”, “Hindiston” va 7 jildlik “İskandarning yurishlari” nomli 
kitoblar muallifidir. 
Wzbekiston va Eronning qadimiy tarixini wrganishda Arrianning 
 
“İskandarning yurishlari” nomli asari muh’im ah’amiyat kasb etadi. Unda 
fotih’ning Wzbekiston, Eron h’ududlari va boshqa mamlakatlarga istilochilik 
yurishlari tarixi batafsil baёn qilingan. 
Asar panegrizm-maddoh’lik ruh’ida ёzilgan – muallif İskandar Zulqarnayn 
va uning faoliyatini kwklarga kwtarib ulug’laydi. U kwpgina qwlёzma manbalar va 
rasmiy h’ujjatlar asosida ёzilgan bwlib, mavzu bwyicha muh’im va asosiy 
manbalardan h’isoblanadi. 
Arrian Flaviyning “İskandarning yurishlari” asari nemis (Myuller, Leyptsig, 
1886 y.) h’amda rus (Korenkov, Toshkent, 1912 y. va M.E.Sergeenko, M.-L., 1962 
y.) tillarida nashr etilgan. 
 
4.3.5. KVİNT KURTsİY RUF 
Kvint Kurtsiy Ruf (milodning 1 asri) – mashh’ur Rim tarixchisi, İskandar 
Zulqarnaynning Eron, Turon va boshqa mamlakatlarga qilgan h’arbiy yurishlari 
h’aqida 10 kitobdan iborat “Buyuk İskandar tarixi” nomli asar ёzib qoldirgan. 
Muallif Ptolomey Lag va İskandar Zulqarnaynning safdoshlari Onesikrit va 
Kallisfenning xotira va asarlaridan keng foydalangan. 
Kvint Kurtsiy Rufning asarida Wzbekiston h’ududining İskandar 
Zulqarnayn qwshinlari tomonidan istilo qilinishi, xalqlarning chet el 
bosqinchilariga qarshi kurashi, xususan, Spitamen boshliq qwzg’olon keng ёritib 
berilgan.   
“Buyuk İskandar tarixi” 1841 yili Myuttsel, 1867 yili T.Nёldeke va 1885 yili 
Fogel tomonidan nashr etilgan. Ruscha yangi tarjimasi V.S.Sokolov tah’riri ostida 
chop etilgan (M.,1963 y.). 
 
4.3.6. GAY PLİNİY SEKUND 
Gay Pliniy Sekund (24-79 y.) – rimlik mashh’ur ёzuvchi, tarixshunos olim 
va davlat arbobi, 79 yili mashh’ur Vezuviy vulqonining otilib chiqishi natijasida 
yuz bergan umumxalq fojeasi vaqtida h’alok bwlgan. 
Gay Pliniy Sekund – sermaxsul olim, 20 kitobdan iborat “Germanlarning 
urushlari”, ikki jilddan iborat “Pomponiy Sekundning h’aёti” va 37 kitobdan iborat 
“Oddiy tarix” nomli asarlar ёzib qoldirgani malum. 
Pliniyning germanlar tarafidan Reyn va Dunay bwylari mamlakatlarining 
bosib olinishi tarixidan bah’s yurituvchi “Germanlarning urushlari” nomli asari 
bizning davrimizgacha etib kelmagan, lekin u Korneliy Tatsitning (taxminan 56-
117-yy.) “Colnomalar” imperator Oktavian Avgust vafotidan (milodning 14-yili) 


 
33
Neronning h’alok bwlishigacha (milodning 68 yili) bwlib wtgan voqealarni wz 
ichiga oladi h’amda “Germaniya” (unda german va boshqa qabilalarning tarixi 
baёn etilgan) nomli asarlari uchun birinchi manba bwlgan.  
“Pomponiyning h’aёti”da Pliniy sobiq boshlig’i Pomponiy Sekundning 
h’aёti va faoliyati h’aqida h’ikoya qiladi. Bu asar h’am bizning zamonamizgacha 
etib kelmagan. 
“Oddiy tarix” Gay Pliniy Sekundning shoh’ asari h’isoblanadi va unda antik 
dunё tarixi, iqtisodiy ah’voli h’amda madaniyati baёn etilgan. Unda miallifning wz 
manbalariga jiddiy va tanqidiy munosabatda bwlmaganligi, ayrim dalil va 
voqealarni buzib kwrsatilganligi sezilib turadi. Bu kitob antik dunё tarixi bwyicha 
keng malumot beruvchi qomusiy asar sifatida etiborga sazovordir. 
“Oddiy tarix”da Wzbekistonning h’am qadimiy tarixi, unda yashagan 
xalqlar, masalan, skiflar, Oks-Amudarё, Yaksart-Sirdarё va skifcha joy nomlari, 
tabiiy boyliklari, Antioxiya shah’arlarining barpo etilishi h’aqida qimmatli 
malumotlar bor. 
4.3.7. POLİBİY 
Polibiy (miloddan avvalgi 201-120- yy.) – yirik yunon tarixchisi, 40 
kitobdan iborat “Umumiy tarix” asari bilan mashh’ur. Unda Yunoniston, 
Makedoniya, Karfagen, Misr, Suriya va Rimning 220-146- yillar orasidagi 
ijtimoiy-siёsiy tarixini wz ichiga oladi. Umumiy tarix ywnalishida ёzilgan bu 
asarning katta qismi saqlanmagan, bizgacha faqat 1-5- kitoblargina etib kelgan
xalos. 
Polibiyning “Umumiy tarixi” daliliy malumotlarga boyligi, voqealarning 
nisbatan xolisona ёritilishi bilan aloh’ida ah’amiyatga egadir. 
Unda Oks – Amudarё va Yaksart – Sirdarё h’aqida, Antiox 1 ning Baqtriya 
podshoh’i Eftidemga qarshi h’arbiy yurishi h’aqida muh’im malumotlar bor. 
“Umumiy tarix”ning matni 1889-1905 yillar orasida twrt jildda Leyptsigda 
chop etilgan. Uning inglizcha (V.R.Paton, London, 1922-1927; ikkinchi nashri, 
London, 1957-1960) va ruscha (F.G.Mishchenko, 1-3 jildlari. Moskva,1890-1899) 
tarjimalari mavjud. 
Wzyuekistonning qadimiy tarixini wrganishda qadimiy Yunoniston va Rim 
tarixchilarining asarlari benih’oyat qimmatlidir. 
Efor (miloddan avvalgi taxminan 405-330-yillar), Klavdiy Ellian (taxminan 
milodning 170-235-yillari), aleksandriyalik Kliment (milodning 11 asri), Korneliy 
Tatsit (taxminan milodning 56-117-yillari), Ksenefont (taxminan miloddan avvalgi 
430-355-yillar), Plutarx (milodning 46-127-yillari), Polien (milodning 11 asri) va 
boshqalarning asarlari h’am ana shunday qimmatga egadir. 
Geograf olimlardan Strabon va Ptolomey asarlari h’am zwr ilmiy qiymatga 
egadir.  
4.3.8. STRABON 
Strabon (miloddan avvalgi 63 – milodning 23 y.) qadimgi Yunonistonning 
atoqli geograf olimlaridan, asli amosiyalik (Pont podshoh’larining 
qarorgoh’laridan), nufuzli va badavlat oiladan chiqqan, mashh’ur yunon faylasufi 
Aristotelning (miloddan avvalgi 384-322-yy.) shogirdi, qariyb 80 yil umr kwrgan.  


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə