Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109

 
6
sifatida unumli foydalanish mumkin. Biz swnggi yillarda chop etilgan manbalarda 
ulardan shunchaki befarq foydalanishlarini kwrishimiz mumkin.  
 
Umuman, bizgacha etib kelgan qadimgi devoriy rasmlar va qwlёzma 
kitoblarga ishlangan h’amda aloh’ida muraqqalardagi rasmlar ah’amiyati juda 
katta. 
 Kwrib 
chiqqanimizdek, 
manbashunoslik fani tadqiqot manbalari juda kwp 
va xilma-h’il bwlib, biz eng asosiylari twg’risida malumot berdik. Shu kunlarda 
texnika tarqqiёti munosabati bilan yana tovushli manba, foto manba, kino-
televidenie manbalari va internet materiallari h’am paydo bwlib, ular ananaviy 
manbalarni inkor etmaydi, balki qwshimcha vosita bwlib xizmat qilishi mumkin. 
Ayniqsa kompakt disklarni yaratilishi turli yangi pedagogik vositalarni qwllash 
imkonini yaratadi. 
 
Manbashunoslik fani tarix ilmining fundamental ywnalishi bwlib, bu 
soh’ada faoliyat olib borish uchun bir necha til va ёzma manbalar twg’risida katta 
bilim va tajribaga ega bwlish talab qilinadi.  
 
1.4. 
Manbashunoslikka oid adabiёtlarni tah’lili 
Bizning tariximiz juda boy, ёzma  ёdgorliklarimiz kwp bwlishiga qaramay, wz 
madaniy merosimizni butun boyligini namoyish etadigan, uning wziga xos 
xususiyatlari va jah’on madaniyati xazinasiga h’issa bwlib qwshilganlarini 
aloh’ida kwrsatdigan manbashunoslik fani soh’asida yaratilgan mukammal 
dasrlik va qwllanmaga ega emasmiz. Lekin yurtimizda tarix fani soh’asida olib 
borilgan deyarli uch ming yildan  uzoqroq davr davomida twplangan tajriba 
umumlashtirilgani ywq.     
Hozircha mavjud darslik va qwllanmalar ichida akademik B.Ah’medovning 
“Wzbekiston tarixi manbalari” darsligi ikkinchi nashrini eng mukammal deb tan 
olishimiz mumkin. Qimmatli malumotlar jamlangani bilan ajralib turgan bu asar 
yanada mukammal darslik uchun asos bwlib xizmat qiladi. 
A.Habibullaevning “Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik” qwllanmasida 
h’am qator ijobiy xususiyatlar mavjud bwlib, ulardan tarixiy manbashunoslik 
bwyicha darslik tuzishda foydalanish mumkin. 
A.A.Madraimov tomonidan tuzilgan “Manbashunoslikdan  maruzalar 
majmuasi”da ilk bor arab, fors va turk tilidagi tarixiy manbalar xususiyatlarini 
xarakterlashga h’arakat qilingan va manbalalar twg’risidagi malumotlar manba 
nomi ostida berilishi bilan ajralib turadi. 
Manbashunoslik fani kwp asrlik ananaga ega bwlsa-da, yurtimiz 
manbashunosligi yuqorida zikr etilgan asarlarda umumlashtirishga h’arakat 
qilindi. Manbashunoslikni wrganish uchun birinchi galda tarixga oid ilmiy 
tadqiqotlar,  ёzma  ёdgorliklar nashrlari va birlamchi ёzma manbalar bilan 
bevosita ishlashga twg’ri keladi. Bu soh’ada Ya.G’ulomov, B.A.Ah’medov, 
A.W. Wrinboev kabi yirik olimlar asarlari, Wzbekiston Respublikasi Fanlar 
akademiyasi Abu Rayh’on Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida 
saqlanaёtgan qwlёzmalar tavsifini wz ichiga olgan 11 jildlik monografik katalog 


 
7
h’amda maxsus katalog – fih’ristlar, tadqiqotlar bwlg’usi manbashunoslar uchun 
namuna bwlib xizmat qilishi mumkin. 
Talabalar  ёrdamchi manba sifatida entsiklopedik qomuslardan foydalanish 
mumkin. 
Manbashunoslikni yaxshi egallash uchun talaba bir necha til, ayniqsa arab 
ёzuvidagi turkiy til va g’arb tillaridan ingliz, nemis va frantsuz tillaridan birini 
yaxshi bilishi kerak. Bu soh’ada rus tili h’am malum mavqega ega. 
 Manbashunoslik tarix fanining bir qator ёrdamchi soh’alari – paleografiya, 
diplomatika, geraldika, sfragistika, epigrafika, numizmatika, metrologiya va 
xronologiya  qwlga kiritgan yutuqlariga tayanadi. 
 
Paleografiya  (yunon.  Paleo - qadimiy, grapxo – ёzaman; qadimiy ёzuv) 
qadimiy qwlёzma asarlarning qog’ozi, muqovasi, siёh’i, ёzuvi va ёzish usullarini 
tekshiradi. 
 
Diplomatika  (yunon.  Diploma – ikki buklangan qog’oz; h’ujjat) rasmiy 
h’ujjatlarni wrganish va tah’lil qilish bilan shug’ullanadi. 
 
Geraldika  (yunon.  Gerald –gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-
tuman nishon va belgilarni (masalan, qadimgi turkiy qabilalarning tamg’alari) 
wrganadi. 
 
Sfragistika (yunon. Spragis –muh’r) qadimiy muh’rlar (podshoh’lar, xonlar, 
amirlar va qozilar muh’rlari) va ularning ёzuvlarini tekshiradi. 
 
Epigrafika  – (yunon. Epi  –ustida, tepasida, grapxo – ёzuv; biron narsa; 
buyum ustidagi ёzuv) tosh, metall buyumlar, ёg’och  va boshqa qattiq buyumlar 
ustiga wyib ёzilgan qadimgi bitiklarni wrganadi. 
 
Numizmatika  (lotin.  Numis  –pul) qadimiy pullarni, ashёsi, shakli, vazni, 
ёzuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi. 
 
Metrologiya (yunon. Metron -wlchov, logos  tushuncha – bilim; wlchovlar 
h’aqida tushuncha) wtmishda turli mamlakat va xalqlar orasida amalda bwlgan 
og’irlik, masofa va sath’ wlchovlarini wrganadi. 
 
Xronologiya (yunon. Xronos – vaqt, logos  - tushuncha, bilim; vaqt h’aqida 
tushuncha) qadimgi xalqlar orasida va mamlakatlarda amalda bwlgan yil h’isobi va 
taqvimni wrganuvchi soh’a. Abu Rayh’on Beruniyning “Osor ul-boqiya” 
(“Qadimgi xalqlardan qolgan ёdgorliklar”) nomli asari turli taqvimlarni 
wrganishga bag’ishlangani uchun Evropada “Xronologiya” nomi bilan mashh’ur. 
Talabalarga manbashunoslik fanining ywnalishlari va asosiy xususiyatlari 
twg’risida malumot beriladi.  
 
1.5. Foydalanilgan adabiёtlar rwyxati  
1B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 2001. B. 
7-14. 
2T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - 
Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. –B. 3-9. 
3.Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. İstoriya. 
Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 1998. –S. 3-7. 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə