Microsoft Word ìàíáà ëàò ëåê. doc



Yüklə 1,14 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/109
tarix11.07.2018
ölçüsü1,14 Mb.
#55348
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109

 
14
uning “Etti iqlimning chaqqon h’isobchilari” bir bwlganda h’am yuzdan birini 
h’am h’isoblay ola olmaydigan beh’isob boyliklariga bwlgan wzining salbiy 
munosabatini Tafsir va Hadis kitoblariga tayanib, mana shunday swzlar bilan 
ifodalagan: “Tafsirat ul-mubtadin”
1
ning uchinchi misboh’ida (bobida) aytilganki, 
jah’on aёnlari bwlganliklari uchungina emas, (balki) unga tegishli bwlishlari va 
mol-dunёga h’irs qwyishlan wzini tiymaganliklari uchun ёmondir. Shu bois h’azrat 
risolat panoh’ (Muh’ammad payg’ambar)... bu manidan xabar berdi (va dediki) 
“Mol-dunёni dwst tutish h’ar qanday gunoh’ning boshidir.
2
”  
Ashtarxoniylardan
3
 Ubaydullaxonning (1702-1711) kotibi muarrix Mir 
Muh’ammad Amini Buxoriy mazkur xonning wldirilishi sabablarini uning 
faoliyatidagi nuqsonlardan, aniqrog’i atrofiga tuban va sotqin kishilarni twplab 
olib, saltanat va xalq ah’volidan beparvo bwlganligida kwradi. U ёzadi: “Ravzat 
us-safo”da
4
 aytilganki, (jah’on ustidan h’ukm yurgizishning) birinchi sharti 
(shulki) h’ukmdor sir saqlay oladigan, muh’im davlat ishlarida mustaqil  fikrga ega 
bwlgan maslah’atchilarni tarbiyalab etkazmog’i zarur. Jah’on ustidan h’ukm 
yurgizishning ikkinchi sharti shulki, (h’ukmdor) wziga etuk, oqil, vijdonli, 
kamtarin va istedodli kishilarni yaqinlashtirmog’i lozim... Shunga wxshash, “Ciroj 
ul-muluk” kitobida
5
 h’ikoya qilinganki, Nushirvon
6
 kunlardan bir kuni bosh 
koh’indan swradi: “Davlatning inqiroziga sabab nima?” Bosh koh’in javob qildi: 
“Buning sababi uchta. Birinchisi, davlatning umumiy ah’voli oliy h’ukmdordan 
yashirin tutilsa; ikkinchisi, xalq podshoh’ga nafrat ruh’ida tarbiyalansa; uchinchisi
soliq twplovchilarning jabr-zulmi oshib ketsa.
7
” 
Mir Muh’ammad Amin Buxoriy zikr etilgan lavh’adan xulosa chiqarib 
bunday deydi: “Afsuski, h’ar uchchala zarur shart Sayyid Ubaydullaxon 
h’ukmronligiga taalluqlidir... Podshoh’ h’ukmronligining ikkinchi yarmida ilgari 
wtgan podshoh’lar tariqidan, ota-bobolarning tutimidan chetga chiqdi. Tamom 
kuch-quvvatini tuban va zaif, sust va manfur kishilarni tarbiyalashga sarfladi, 
ularni wziga yaqinlashtirdi; muttah’amlar, h’aram xodimlari va xotinlar bilan yaqin 
munosabatda bwldi. Mana shularning h’ammasi uning davlatini inqirozga 
uchratdi.”
8
 
 
Manbaning tarkibi va mazmunini ilmiy tah’lil qilishdan kuzatilgan maqsad, 
uning muh’im va qimmatli tomonlarini aniqlash, unda keltirilgan dalillarning 
ishonchliligi va twg’risini boshqalaridan ajrata olish h’amda eng muh’imi asarda 
baёn etilgan voqeani xolis tarixchi nuqtai-nazaridan turib bah’olay olishdan 
iboratdir. 
 
Manbashunoslik talablaridan biri shuki, ёzma manbani faqat uning bir wzida 
keltirilgan dalil va malumotlarga qarab bah’olab bwlmaydi. Bazi h’ollarda 
                                                 
1
 “Тафсират ул-мубтадин” – “Қуръон” шарҳларидан бирининг номи.
 
2
 Ҳофиз Таниш Бухорий. Абдулланома. 1 жилд.-Тошкент. 1966, 148 бет.
 
3
 1601-1757 йиллари Бухоро хонлиги тепасида турган сулола.
 
4
 “Равзат ус-сафо” (“Жаннат боғи”) саккиз жилдли умумий тарихга оид Муҳаммад Мирхонд асари (ХУ аср).
 
5
 “Cирож ул-мулк” (“Подшоҳлар чироғи”) Абу Абдулла Муҳаммад ат-Тартусий (1126 ёки 1131 йили вафот 
этган) асари. Подшоҳлар ва олий табақадаги мансабдорларнинг хулқ-атвори кодекси.
 
6
 Сосонийлардан Хусрав Анушираон (531-579).
 
7
 “Убайдулланома”.-Тошкент. 1957. 220 бет.
 
8
 Ўша асар. 221 бет.
 


 
15
keltirilgan dalil soxta, baёn etilgan voqea esa soxtalashtirilgan bwlishi h’am 
mumkin. Shuning uchun h’am biron asar h’aqida qatiy bir fikr aytishdan avval uni 
wziga  wxshash boshqa asar bilan solishtirib kwrish, keltirilgan dalillarni bir-biri 
bilan solishtirish va tekshirish zarur.  
 
Amaliy manbashunoslik qadimgi davrlardan boshlab to shu kungacha 
malum darajada tajriba twpladi. Kwplab ёzma  ёdgorliklarning eng asosiylari asl 
nusxada-faksimilesi, tanqidiy matni, tarjima va izoh’li tarjimasi amalga oshirilib, 
chop etishga erishildi. Turli qwlёzma fondlari, kutubxona va muzey, shaxsiy 
majmualardagi  ёzma  ёdgorliklar tavsifi fih’rist-kataloglarda elon qilinib, ularda 
amalga oshirilgan manbashunoslik soh’asidagi tadqiqotlar natijalari 
umumlashtirildi. 
 
Xullas, manbalarni wrganish bwyicha amalga oshirilgan ishlar, tajribalar 
umumlashtirilib, kelshusida amalga oshirilajak tadqiqotlar uchun eng qulay va 
istiqbolli tadqiq metod va usullarini aniqlab, belgilab va ishlab chiqib, ularning eng 
zamonaviylari va samaradorlarini amaliёtga qwllashni tavsiya etish zarur. 
 
Swnggi paytda zamonaviy kompyuterlarning ёzma manbalarni tadqiq etish 
imkoniyatidan foydalanish vaqti keldi. Bu wrinda zamonaviy talaba va pedagog 
inturnet xizmatidan bemalol foydalana olishi talab etiladi. 
 
Umuman, nazariy va amaliy manbashunoslik biri-birini  twldiradi, biri 
ikkinchisi uchun asosiy tadqiqot ywnalishi va uslublarini belgilasa, ikkinchisi 
birinchisi uchun faktik material jamlab, asos bwlib xizmat qiluvchi dalillarni 
yig’adi.  
Amaliy manbashunoslik nazariy bilim va tajriba asosida 
manbashunoslikning konkret, muayyan soh’asi, bwlimi, davri masalasi ёki biror 
manba yuzasidan amaliy, praktik tadqiqot olib boradi, arxiv, muzey, kutubxona va 
shaxsiy majmualarda mavjud ёzma manbalarni wrganib, eng qimmatlilarini ilmiy 
muomalaga olib kirib, keng jamoatchilik manaviy mulkiga aylantiradi.   
 
2.7. Foydalaniladigan manba va adabiёtlar 
1. 
B. A. Ah’medov. Wzbekiston tarixi manbalari. - Toshkent: “Wqituvchi”. 
2001.- 13-20 betlar. 
2. 
T. S. Saidqulov. Wrta Osiё xalqlari tarixining tarxnavisligidan lavh’alar. - 
Toshkent: “Wqituvchi”. 1993. – 3-9 betlar. 
3. 
Sobranie vostochnıx rukopisey Akademii nauk Respubliki Uzbekistan. 
İstoriya. Sostaviteli D. Yu. Yusupova, R.P.Djalilova. –Tashkent: “Fan”. 
1998. –S. 3-7. 
4. 
Rukopisnaya kniga v kulturax narodov Vostoka. Kniga pervaya.-Moskva: 
‘’Nauka’’. 1987.-S.5-17. 
5. 
Manbashunoslmkdan maruzalar majmuasi. Tuzuvchi A. A. Madraimov.-T.: 
TDPU. 2001. - 10-18 betlar. 
 
2.8. Maruza materialini mustah’kamlash uchun beriladigan savollar: 
1. 
Manbashunoslikning qaysi ywnalishini bilasiz? 


Yüklə 1,14 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə