Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


səhifə35/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

 
 
2.1. O`zbekiston respublikasi agrar siyosatining o`ziga hos hususiyatlari 
 
“Siyosat”  termini  (grek  tilidan 
politika
-davlat  va  jamiyat  ishlari)  aholi  turli  guruhlari  o’rtasidagi 
munosabatlar sohasidagi faoliyat, shuningdek davlat ishlaridagi ishtirok, uning faoliyati mazmuni, 
shakl va vazifalarining aniqlanishi tushuniladi.   
Davlatning  iqtisodiy  siyosati  uning  strategik  vazifalaridan  kelib  chiqib  jamiyatda  ishlab 
chiqarish, daromad va ne’matlarni taqsimlash jarayonlarini tartiblash uchun davlat tomonidan joriy 
davr ichida qo’llaniladigan chora-tadbirlar tizimini ifodalaydi.  
Davlatning  iqtisodiy  siyosati  o’z  ichiga  tashqi  iqtisodiy,  tarkibiy-investisiyaviy, 
 
institusional,  agrar,  sanoat,  ijtimoiy,  narx,  moliyaviy,  soliq-byudjet,  pul-kredit,  hududiy 
(mintaqaviy) siyosatlarni oladi.
5
 
Agrar siyosat - iqtisodiy siyosatning tarkibiy qismlaridan biri bo’lib, u qishloq xo’jaligi va 
unga  bog’liq  xo’jalik  sohalarini  qamrab  oladi,  mamlakat  oziq-ovqat  xavfsizligini  va  aholini 
oziqovqat  mahsulotlari  bilan  ta’minlashni  yaxshilash,  agrar  sektor  ishlab  chiqarishining 
samaradorligini oshirish, qishloqlarni obod etish asosida qishloq aholisining daromadlari va turmush 
darajasini  yuksaltirish  vazifalarining  amalga  oshirilishini  ko’zda  tutadi.  Uni  davlatning  agrar 
iqtisodiyot doirasida harakatga keltiriladigan jarayonlar shakli va metodlari ko’rinishidagi faoliyati 
deb ham tushunish mumkin. Agrar siyosatni agrar iqtisodiyot sohasida eng ta’sirchan shakl va usullar 
orqali yuz beradigan iqtisodiy jarayonlarning o’zaro ta’siri orqali amalga oshuvchi agrar sektorda 
xo’jalik-moliyaviy va ijtimoiy-iqtisodiy shart-sharoitlarni yaratishga qaratilgan davlatning faoliyati 
sifatida belgilash mumkin.  
Davlatning agrar siyosati qishloq xo’jaligi va hududlarini barqaror rivojlantirishga qaratilgan 
davlat ijtimoiy-iqtisodiy siyosatining tarkibiy qismi bo’lib hisoblanadi.  
Qishloq  hududlarining  barqaror  rivojlanishi  deganda  ularning  barqaror  ijtimoiyiqtisodiy 
rivojlanishi,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarishning  o’sishi,  qishloq  xo’jaligi 
samaradorligining oshishi, qishloq aholisi to’liq bandligiga erishish va turmush darajasining oshishi, 
yerlardan oqilona foydalanish tushuniladi.   
Agrar  siyosat  o’zida  qishloq  aholisining  moddiy,  ijtimoiy,  huquqiy  va  iqtisodiy 
shartsharoitlarini shakllantiradigan davlat faoliyatini qamrab oladi. Agrar bozor, investisiya, kredit, 
moliya, ilmiy texnikaviy va texnologik faoliyat, soliqlar va soliqqa tortish, ijtimoiy muhit, maqsadli 
va tarkibiy qayta shakllanish agrar siyosatning asosiy sohalaridir.  
                                                 
5
 
Саидова Д.Н., Рустамова И.Б., Турсунов Ш.А. “Аграр сиёсат ва озиқ-овкат хавфсизлиги”. Ўқув қўлланма. Т.: 
“ЎзР Фанлар Академияси Асосий кутубхонаси” босмахонаси нашриёти, 2016. – 257 б.
 


 
48 
 
Agrar  siyosatning  umumiy  maqsadi  muayyan  siyosiy,  iqtisodiy,  ijtimoiy,  hududiy,  tarmoq, 
ekologik maqsadlar bilan tavsiflanadi. Davlat rivojlanishi bosqichlari va tabiiy-tarixiy sharoitlarga 
bog’liq ravishda aniq maqsadlar o’zaro nisbati o’zgaradi. 
Davlat agrar siyosatining asosiy maqsadlari quyidagilar:  

 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari va tovar ishlab chiqaruvchilar raqobatbardoshligini oshirish, oziq-
ovqat mahsulotlari sifatini ta’minlash;  

 
qishloq hududlari barqaror rivojlanishini, qishloq aholisi bandligini ta’minlash, ularning turmush 
darajasini, shuningdek qishloq xo’jaligida band bo’lganlarning ish haqini oshirish;  

 
qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishi ehtiyojlari uchun qo’llaniluvchi tabiiy resurslarni takror ishlab 
chiqarish va asrab-avaylash;  

 
qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari  daromadliligi  oshishini  va  shu  bozorlar 
infratuzilmasi rivojlanishini ta’minlovchi xomashyo, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari 
samarali faoliyat yurituvchi bozorlarini shakllantirish;  

 
qishloq xo’jaligi sohasida investisiyalar hajmini oshirish va qulay investision muhitni yaratish;  

 
qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari,  xomashyo  va  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilari 
qo’llovchi  sanoat  mahsulotlariga  narx  indeksini  kuzatish  va  bu  narxlar  indeksi  o’zaro 
nisbatiparitetini ushlab turish.  
Davlatning agrar siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:  

 
qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab  chiqaruvchilarini  davlat  tomonidan  qo’llab-quvvatlaning 
manzilliligi va hammabopligi;  

 
davlat agrar siyosati holati to’g’risida axborotning mavjudligi;  

 
qishloq xo’jaligi mahsulotlari, xomashyo va oziq-ovqat mahsulotlari bozorining yagonaligi va bu 
bozorda raqobat teng shartlarining ta’minlanishi;  

 
davlat  agrar  siyosati  chora-tadbirlarini  amalga  oshirishning  ketma-ketligi  va  uning  barqaror 
rivojlanishi;  

 
davlat  agrar  siyosatini  shakllantirish  va  amalga  oshirishda  qishloq  xo’jaligi  tovar  ishlab 
chiqaruvchilarining ishtiroki.  
Davlat agrar siyosatining asosiy yo’nalishlari:  

 
oziq-ovqat tovarlari bilan aholini barqaror ta’minlash;  

 
qishloq  xo’jaligi  va  oziq-ovqat  mahsulotlari,  xomashyo  bozorlarini  shakllantirish  va  tartibga 
solish, uning infratuzilmasini rivojlantirish;  

 
qishloq xo’jaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat qo’llab-quvvatlashi;  

 
ichki  va  tashqi  bozorda  qishloq  xo’jaligi  tovar  mahsulotlarini  ishlab  chiqaruvchilar  iqtisodiy 
manfaatlarini himoya qilish;  

 
agrosanoat majmuasi sohasida fanni va innovasion faoliyatni rivojlantirish;  

 
qishloq hududlarini barqaror rivojlantirish;  

 
qishloq  xo’jaligi  uchun  mutaxassislarni  o’qitish,  tayyorlash  va  qayta  tayyorlash  tizimini 
takomillashtirish.  
Agrar siyosat negizida agrar qonunchilik va agrar tarkib shakllanadi. Agrar qonunchilik - qishloq 
xo’jaligida  va  qishloq  aholisi  hayoti  bilan  bog’liq  holda  amalga  oshayotgan  jarayonlarga  ta’sir 
o’tkazuvchi  huquqiy  me’yorlardir.  Yerga  egalik  munosabatlari,  kredit  va  soliqqa  tortish,  mehnat 
munosabatlari,  mulkiy  munosabatlar,  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlarini  ishlab  chiqarish,  taqsimlash, 


 
49 
 
ayirboshlash va iste’moli yuzasidan vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar, ijtimoiy ta’minot va 
boshqalar agrar qonunchilikning muhim sohalariga kiradi:  
Agrar tarkib - agrar qonunchilikka asoslangan, qishloq xo’jaligi rivojlanishi, aholining yashash 
va ishlash sharoiti xususiyatlari hisobga olingan, ishlab chiqarish omillariga bog’liq agrar sohaning 
iqtisodiy, texnik va ijtimoiy unsurlari yig’indisidir. U mutlaq va nisbiy ko’rsatkichlarda ifodalanadi.  
Agrar  siyosatning  negizida  agrar  bozor  yotadi.  Agrar  bozor  agrar  siyosatni  ham  ishlab 
chiqaruvchi, ham iste’molchi manfaatlariga mos amalga oshirilishiga yordam qiladi.   
Agrar  siyosatning  asosiy  vazifasi  –  agrar  sohadagi  jarayon  va  qarashlarni  aks  ettiribgina 
qolmasdan, balki kishilarning shu sohadagi qarashlari, jarayonlari va qonunlari tizimidagi faoliyatini 
ochib berishdir. Uning vazifalariga quyidagilar kiradi:  

 
mamlakat  aholisini  iqtisodiy  asoslangan  baholardagi  sifatli  oziq-ovqat  mahsulotlari  bilan 
ta’minlash;  

 
qishloq  xo’jaligining  umumiy  daromad  yaratish  sohasidagi  ishtirokini  ta’minlash,  agrar 
sektorni rivojlantirish;  

 
agrar tashqi savdo siyosatini olib borish, qishloq xo’jaligi infratuzilmasini yaratish; 

 
atrof-muhitni muhofaza qilish muammolarini hal qilish. 
Agrar  siyosatning  tamoyillarini  ko’rib  chiqib  uning  muhim  oziq-ovqat,  qishloq  xo’jaligi, 
agrosanoat  va  tashqi  savdo  jihatlariga,  shuningdek  uni  tavsiflovchi  ko’rsatkichlariga  e’tiborni 
qaratish lozim:   

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə