Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


 Agrar siyosatni amalga oshirishning vosita va mexanizmlari


səhifə41/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

2.3. Agrar siyosatni amalga oshirishning vosita va mexanizmlari 
 
Mamlakat  agrar  siyosatini  samarali  amalga  oshirish  uchun  bir  qator  qiyinchiliklar  ham 
mavjudki, ularni e’tiborga olmasdan rivojlanish strategiyasini tanlash mumkin emas. Shuning uchun 
ham  agrar  siyosatni  to’g’ri  tanlash  iqtisodiy  islohotlarning  samarali  borish  garovidir.  Davlat 
tomonidan agrar siyosat orqali tartibga solishning asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:  

 
agrosanoat majmui mahsulotlari ishlab chiqarishni barqarorlashtirish va rivojlantirish;  

 
O’zbekiston oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash;  

 
aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta’minlashni yaxshilash;  

 
qishloq xo’jaligi va boshqa tarmoqlar o’rtasidagi iqtisodiy munosabatlarni qo’llab-quvvatlash 
va takomillashtirish;  

 
agrar  soha  va  sanoat  sohalari  ishlab  chiqaruvchilari  daromadlari  darajasini  bir-biriga 
yaqinlashtirish;  
                                                 
6
 Just R.E., N Bockstael. Commodity and resource policies in Agricultural Systems, Springer-Verlag, Berlin Heidelberg 
1991 


 
51 
 

 
mahalliy tovar ishlab chiqaruvchilarni himoya qilish.  

 
Davlat tomonidan agrar siyosati orqali tartibga solish quyidagi yo’nalishlarda amalga oshiriladi:  

 
oziq-ovqat,  xom-ashyo  va  qishloq  xo’jaligi  mahsulotlari  bozorlarini  shakllantirish  va 
rivojlantirish;  

 
moliya, kredit, sug’urta, imtiyozli soliqqa tortish;  

 
tashqi iqtisodiy faoliyatda mahalliy ishlab ishlab chiqaruvchilar manfaatlarini himoyalash;  

 
agrosanoat ishlab chiqarish sohalarida ilmiy faoliyatni qo’llash va fanni rivojlantirish;  

 
qishloq joylarda ijtimoiy sohalarni rivojlantirish.  
Davlat  agrar  siyosati  orqali  tartibga  solishda  bir  qator  usullardan  foydalanadi.  Bu  usullarni 
umumlashtirib quyidagicha guruhlash mumkin:   

 
bevosita ta’sir qilish usullari;  

 
bilvosita ta’sir qilish usullari;   

 
tashqi iqtisodiy usullar.  
Markazdan  boshqarish  tartibi  ustun  bo’lgan  mamlakatlarda  davlatning  iqtisodiy  jarayonlarga 
aralashuvida  bevosita  ta’sir  qilish  usullari  ustun  bo’lsa,  bozor  iqtisodiyoti  esa  asosan  iqtisodiy 
jarayonlarni bilvosita tartibga solish bilan bog’langan.  
Davlat iqtisodiyotni bevosita tartibga solishda ma’muriy vositalardan foydalanadi. Ma’muriy 
vositalar  davlat  hokimiyati  kuchiga  tayanadi  va  ta’qiqlash,  ruxsat  berish  va  majbur  qilish 
xususiyatidagi tadbirlarni o’z ichiga oladi.   
Tartibga  solishning  ma’muriy  vositalaridan  foydalanilganda  yaxlit  takror  ishlab  chiqarish 
jarayoni  yoki  uning  alohida  tomonlarini  to’g’ridan-to’g’ri  tartibga  solish  ko’zda  tutiladi.  Ayniqsa 
ishlab  chiqarish  tanazzulga  uchragan  davrda  iqtisodiyotga  bilvosita  ta’sir  qilish  tadbirlari  kam 
samarali bo’lib, ma’muriy vositalardan foydalanishga ustunlik beriladi.  
Iqtisodiyotni bilvosita tartibga solishda iqtisodiy dastak va vositalarga ustunlik beriladi. U davlatning 
pul-kredit va byudjet siyosatida o’z ifodasini topadi.  
Shuningdek,  iqtisodiyotni  davlat  tomonidan  tartibga  solishning  bir  qator  shakllarini  ham 
ajratib ko’rsatish mumkin:  

davlat iqtisodiy dasturlarining ishlab chiqilishi;  

ilmiy  tadqiqot  va  tajriba-konstruktorlik  ishlanmalari,  ixtirolarni  davlat  tomonidan 
rag’batlantirish hamda iqtisodiyotdagi ijobiy tarkibiy siljishlarni ta’minlash;  

investisiya jarayoni va iqtisodiy o’sishni davlat tomonidan tartibga solish;  

ishchi kuchi bozoriga davlat tomonidan ta’sir ko’rsatish;  

qishloq xo’jaligini davlat tomonidan tartibga solish va boshqalar.   
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  qishloq  xo’jaligini  o’ziga  xos  bo’lgan  bir  qator  xususiyatlari 
ta’sirida agrar tarmoqdagi xo’jalik yuritish subyektlari faoliyatini tartibga solishda davlatning roli 
muhimligicha qolmoqda. Bu, eng avvalo, qishloq xo’jaligida asosiy ishlab chiqarish vositasi bo’lgan 
yer hamda boshqa bir qator resurslar umummilliy, davlat mulki ekanligi, ulardan samarali va oqilona 
foydalanishni  davlat  mulki  ekanligi,  ulardan  samarali  va  oqilona  foydalanishni  davlat  tomonidan 
tartibga solish jamiyatimiz uchun nihoyatda zarurligi bilan bog’liq. Shu bilan birga agrar tarmoqda 
xo’jalik  yuritishning  shartnomaviy-huquqiy  bazasini  yaratish,  soliq,  moliya-kredit  va  narx 
mexanizmlari orqali tartibga solish har qanday xo’jalik yuritish sharoitlarida ham o’z ahamiyatini 
yo’qotmaydi.   
Agrar  soha  rivojlanishining  hozirgi  holati,  tarmoq  investision  jozibadorligining  nisbatan 
pastligi,  kapitalning  sekin  aylanishi,  qishloq  xo’jaligida  tadbirkorlik  bilan  shug’ullanishning  o’ta 
tavakkalchilikka moyilligi hukumat tomonidan agrar siyosatni olib borishda har tomonlama puxta 
o’ylangan  va  tizimli  yondoshuvni  talab  etadi.  Bunday  siyosat  yuritish  agrar  sohasida  bozorning 


 
52 
 
salbiy  ta’sirlarini  yumshatish,  tarmoqning  raqobatbardoshligini  oshirish,  uzoq  muddatli  iqtisodiy 
sur’atlarini va mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash imkonini beradi.  
Amerikalik iqtisodchi olimlar K.R.Makkonnel va S.L.Bryular davlatning agrar sohaga faol 
aralashuvi zaruriyatini quyidagi muammolarga bog’laydilar:  

qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan talabning noelastikligi;  

texnik rivojlanish natijasida fermerlar mahsulotlarining talabdan oshiqcha ishlab chiqarilishi;  

qishloq xo’jalik resurslarining nisbatan immobillik xususiyati;  

qishloq xo’jaligi mahsulotlari bozorida sof raqobat kurashi hukm surgan holda, unga resurslar 
yetkazib beruvchi bozorlarda monopoliya elementlarining mavjudligi.  
Qishloq  xo’jaligi  ishlab  chiqarishining  tabiiy-iqlimiy  sharoitlarga  bog’liqligi  bu  tarmoqda 
narxlar va fermer xo’jaligi daromadining barqarorligiga ham salbiy ta’sir ko’rsatadi. Masalan, qulay 
ob-havo sharoitida bozorga talabdan ortiqcha mahsulotning kirishi narxlarning keskin pasayishiga 
olib kelishi mumkin. Bunday holatni ko’proq  g’alla, sabzavot, poliz, meva va uzum mahsulotlari 
bozorida kuzatish mumkin. Ba’zan narxlarning bunday pasayishi mahsulot tannarxini qoplashga ham 
imkon bermasligi oqibatida fermerlar katta zarar ko’radi. Tabiiyki, bunday sharoitlarda agrar sohada 
erkin  bozor  munosabatlari  amal  qilayotgan  bo’lsa,  fermerlar  xonavayron  bo’lishi  turgan  gap. 
Ikkinchi bir yili ob-havoning noqulay kelishi (qurg’oqchilik, sel, jala va hokazo) hosilning keskin 
kamayib  ketishiga  va  natijada  narxlarning  haddan  tashqari  qimmatlashib  ketishiga  sabab  bo’lishi 
mumkin.  Bunday  hollarda  fermerlar  hosilning  kamayib  ketishidan  zarar  ko’rsalar,  iste’molchilar 
narxlarining balandligidan aziyat chekadilar. Ko’rinib turibdiki, har ikkala holda ham fermer ko’proq 
zarar ko’radi va bu holat qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini davlat tomonidan tartibga solish va 
qo’llab-quvvatlash zaruriyatini yuzaga keltiruvchi omillardan biri sifatida yuzaga chiqadi.   
Davlatning agrar iqtisodiyotni tartibga solishdagi asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni belgilash 
mumkin:  

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə