Microsoft Word 06 Agrar siyosat va oziq ovqat xavfsizligi


PREZIDENT  ISLOM  KARIMOVNING  “O‘ZBEKISTONDA  OZIQ-OVQAT  DASTURINI


səhifə21/459
tarix29.04.2022
ölçüsü
#86272
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   459
pIgLWZ7aZIopvEowNtDrBqd3MI4g8Hl4gsmASpcX

PREZIDENT  ISLOM  KARIMOVNING  “O‘ZBEKISTONDA  OZIQ-OVQAT  DASTURINI 
AMALGA  OSHIRISHNING  MUHIM  ZAXIRALARI”  MAVZUSIDAGI  XALQARO 
KONFERENSIYANING OCHILISH MAROSIMIDAGI NUTQI
4
 
Oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha o‘tkazilayotgan xalqaro ekspert tadqiqotlari jahonda va 
uning ayrim mintaqalarida ushbu muammo bilan bog‘liq murakkab vaziyat yuzaga kelayotgani jiddiy 
tashvish  va  xavotir  uyg‘otayotganini  ko‘rsatmoqda.  Bugungi  kunda  mazkur  muammo  jahon 
hamjamiyati uchun o‘ta dolzarb va jiddiy tahdidlar qatoriga kiritilmoqda. 
BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti hamda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti 
ma’lumotlariga ko‘ra, hozirgi vaqtda dunyoda 840 milliondan ortiq kishi, ya’ni deyarli har sakkiz 
odamning biri to‘yib ovqatlanmayapti, sayyoramiz aholisining 30 foizidan ziyodi to‘laqonli ravishda 
ovqatlanmaslik,  eng  asosiy  mikroelement  va  vitaminlar  yetishmasligi  muammosini  boshidan 
kechirmoqda. Ana shunday sabablar tufayli 160 milliondan ortiq bola bo‘yining o‘sishi, jismoniy va 
intellektual rivojlanishiga doir kamchiliklardan aziyat chekmoqda. 
2008-yilda  boshlangan  inqiroz  bilan  bog‘liq  voqealar  barchamizning  esimizda,  o‘shanda 
jahon miqyosida narx-navo ko‘tarilib, oziq-ovqat ta’minotida uzilishlar yuzaga kelgani Osiyo, Afrika 
va Lotin Amerikasining ko‘plab davlatlarida norozilik va ommaviy tartibsizliklarga sabab bo‘lgan, 
butun dunyoda barqarorlikka nisbatan jiddiy xavf-xatarga aylangan edi. 
Yer yuzi aholisining tez ko‘payib borayotgani bilan oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 
hajmining o‘sish imkoniyatlari cheklangani o‘rtasidagi tafovut
 
oziq-ovqat dasturini hal etish masalasi 
yildan-yilga keskinlashib borayotganining asosiy  sababi ekani haqida bugun ortiqcha gapirishning 
hojati yo‘q, deb o‘ylayman. 
Sodda qilib aytganda, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmining o‘sishi aholi soni 
va  ehtiyojlarining  o‘sishidan  ortda  qolmoqda.  Bu  tafovut,  avvalo,  oziq-ovqat  mahsulotlarini  jadal 
ishlab chiqarish uchun tegishli sharoitlar mavjud bo‘lmagan mamlakat va hududlarda chuqurlashib 
bormoqda. 
Bu o‘rinda gap, birinchi navbatda, atrof-muhitning ekologik jihatdan buzilishi hamon davom 
etayotgani, iqlim o‘zgarishlarining oldindan aytib bo‘lmaydigan oqibatlari, tez-tez takrorlanayotgan 
qurg‘oqchilik  va  suv  resurslari  taqchilligi,  jumladan,  sug‘orish  uchun  yerosti  suvlarining  tugab 
borayotgani, irrigatsiya, melioratsiya va yerlarning unumdorligini qayta tiklashga yo‘naltiriladigan 
investitsiyalarning yetarli emasligi haqida bormoqda. 
                                                 
4
 
Prezident  Islom  Karimovning  “O‘zbekistonda  oziq-ovqat  dasturini  amalga  oshirishning  muhim 
zaxiralari” mavzusidagi xalqaro konferensiyaning ochilish marosimidagi nutqi. Xalq so`zi gazetasi, 
07.06.2014
 


 
36 
 
Yerlarning  ekologik  jihatdan  buzilishi  kimyoviy  moddalar,  mineral  o‘g‘it  va  pestitsidlarni 
tinimsiz  ishlatish  oqibatida  yanada  kuchaymoqda.  Bularning  qatoriga  urbanizatsiya,  ya’ni 
shaharlashuv  jarayonlari,  aholining  qishloqlardan  shaharlarga  ko‘chishi  bilan  bog‘liq  muammolar 
ham  qo‘shilmoqda.  Natijada  oziq-ovqat  mahsulotlari  yetishtirish  uchun  ekin  maydonlari  sezilarli 
darajada qisqarib ketmoqda. 
Shuningdek, Xitoy, Hindiston kabi Osiyoning bir qator mamlakatlarida aholi daromadlarining 
jadal sur’atlar bilan ko‘payib, shunga mos ravishda oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilish hajmi 
ortib  borayotganini  ham  e’tibordan  soqit  qilib  bo‘lmaydi.  Oziq-ovqat  mahsulotlarini  «daladan 
dasturxonga»  sxemasi  bo‘yicha  iste’molchiga  yetkazib  berishda  ulkan  yo‘qotishlarga  yo‘l 
qo‘yilmoqda.  BMTning  Oziq-ovqat  va  qishloq  xo‘jaligi  tashkiloti  ma’lumotlariga  ko‘ra,  har  yili 
dunyo  bo‘yicha  qariyb  1,3  milliard  tonna  miqdoridagi  salkam  1  trillion  dollarlik  oziq-ovqat 
mahsulotlari shu tariqa boy beriladi. 
Obyektiv  real  holat  ana  shunday  bo‘lib,  ayniqsa,  bu  muammo  g‘oyat  keskin  bo‘lib  turgan 
mintaqa  va  hududlarda  oziq-ovqat  xavfsizligi  prognozi  va  muammolari  haqida  so‘z  borganda,  bu 
haqiqatni hisobga olish kerak. 
Oziq-ovqat  mahsulotlariga  bo‘lgan  me’yordagi  ehtiyojni  aniqlashda  mutanosib  ratsion 
asosida  ovqatlanishni  ta’minlash  vazifasi  faqat  me’yordagi  kaloriyaga  ega  bo‘lgan  va  har  kuni 
iste’mol qilinadigan oziq-ovqat mahsulotlaridan iborat emasligini e’tiborga olish o‘ta muhimdir. 
To‘laqonli  ovqatlanish  ko‘p  jihatdan  uning  tarkibiga,  iste’mol  qilinadigan  oziq-ovqat 
mahsulotlarining insonning normal rivojlanishi va faoliyat yuritishi,
 
uning organizmida to‘g‘ri modda 
almashinuvi,  salomatlikni  mustahkamlash,  kasalliklarning  oldini  olish,  keksayish  jarayonini 
sekinlashtirish va umrni uzaytirish uchun zarur bo‘ladigan to‘yimli va sifatli moddalar bilan kerakli 
darajada ta’minlanishiga bog‘liq. 
Bu borada ovqat bilan birga o‘rnini hech narsa bosolmaydigan aminokislotalar, vitaminlar, 
mineral  moddalar,  mikroelementlar  va  organizmda  o‘z-o‘zidan  hosil  bo‘lmaydigan  boshqa 
moddalarning ham iste’mol qilinishi inson hayoti uchun eng muhim ahamiyatga egadir. 
Ana shu foydali moddalar, vitamin va mikroelementlar katta miqdorda faqatgina sabzavotlar, meva 
va uzum tarkibida bo‘ladi va ularning o‘rnini boshqa hech qanday mahsulot bosa olmaydi. 
Jahon  sog‘liqni  saqlash  tashkiloti  ma’lumotlari  shundan  dalolat  beradiki,  bugungi  kunda 
rivojlanayotgan mamlakatlarda bir kishi uchun tavsiya etilgan kundalik 400 gramm o‘rniga juda kam 
miqdorda – bor-yo‘g‘i 150-200 gramm meva va sabzavot iste’mol qilinmoqda. 
Xalqaro  diyetologlarning  tavsiyasiga  ko‘ra,  inson  iste’mol  qiladigan  oziq-ovqatning  kamida  50 
foizini meva va sabzavotlar tashkil etishi zarur. 
Hurmatli konferensiya ishtirokchilari! 
Yuqorida  bayon  qilingan  fikrlarni  umumlashtirgan  holda,
 
biz  mazkur  forumning  maqsad  va 
vazifalarini  siz,  anjuman  qatnashchilarini  O‘zbekistonda  sabzavot,  meva  va  uzum  yetishtirish 
bo‘yicha  to‘plangan  katta  tajriba  va  salohiyat  bilan,  ularning  dunyo  seleksiyasida  o‘xshashi 
bo‘lmagan juda boy, xilma-xil navlari, betakror sifati bilan tanishtirish, oziq-ovqat sohasidagi mavjud 
muammolarni  yechishda  va  global  oziq-ovqat  dasturini  hayotga  tatbiq  etishda  O‘zbekistonning 
qo‘shayotgan hissasini oshirish imkoniyatlarini muhokama etishdan iborat deb bilamiz. 
Barchamizga yaxshi ma’lumki, mamlakatda yetishtiriladigan oziq-ovqat ekinlarining ahvoli, 
istiqboli va turlari, ulardan olinadigan hosilning mazali ta’mi va foydali xususiyatlari, ularning milliy 
iqtisodiyot  va  eksportda  tutadigan  o‘rni,  birinchi  navbatda,  shu  davlatning  geografik  joylashuvi, 
uning tuproq-iqlim sharoitiga va albatta shakllangan dehqonchilik madaniyati va saviyasiga, kerak 
bo‘lsa,  muayyan  mahsulotni  yetishtirish  mahoratiga,  bunday  mahsulotlarning  mahalliy  va  xorijiy 
bozorlarda nechog‘liq xaridorgir bo‘lishiga bog‘liq. 
Haqiqatan ham, O‘zbekistonning noyob tuproq-iqlim sharoiti, mamlakatimizda quyoshli kunlar bir 
yilda o‘rtacha 320 kun bo‘lishi, barcha to‘rt faslning izchil almashinuvi keng turdagi yuqori sifatli 
meva va sabzavotlarning asosiy navlarini yetishtirish uchun qulay imkoniyatlar yaratadi. 
Mamlakatimiz  qishloq  xo‘jaligi  mavsumining  o‘ziga  xos  xususiyati  shundaki,  bu  mavsum 
yangi ko‘katlar tabiiy sharoitda yetiladigan mart oyining dastlabki kunlaridan boshlanib, butun yil 


 
37 
 
mobaynida, bozorlarga uzum, qovun, xurmo va behining kechki navlari yetkazib beriladigan dekabr 
oyining boshiga qadar davom etadi. Bu esa O‘zbekistonni meva-sabzavot va poliz mahsulotlari bilan 
deyarli yil davomida barqaror ta’minlaydigan ishonchli bazaga ega bo‘lgan mamlakatga aylantiradi. 
Siz,  muhtaram  mehmonlarga  yana  bir  sirni  aytmoqchiman.

Yüklə

Dostları ilə paylaş:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   459




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə