10.
Analitik-tahlil vazifasi
– davlatning fermer xo’jaliklari rivojlanishini kuzatib borish, chuqur
tahlil qilish va shu asosda tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish vazifasini nazarda tutadi.
11.
Ekspertlik vazifasi
– fermer xo’jaliklari va agrar tarmoqni barqaror rivojlantirishga oid
loyihalarni, dasturlarni, shuningdek mahsulot va tovarlarni davlat standartlariga mos kelishini davlat
ekspertizasidan o’tkazish hamda tegishli xulosalar chiqarishdan iborat.
12.
Tashqi iqtisodiy faoliyatni muqobillashtirish vazifasi
– xalqaro bozorlarda fermer
xo’jaliklari manfaatlarini himoyalash, imtiyozli bojxona ta’riflari va soliqlar orqali eksport uchun
qulay iqtisodiy muhit hosil qilish tadbirlaridan iborat.
13.
Istiqbolni belgilash vazifasi
– agrar tarmoq va fermer xo’jaliklarini istiqbolda
rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlarini belgilash choralarini izchil amalga oshirishni o’z oldiga
maqsad qilib qo’yadi.
Fermer xo’jaliklarini davlat tomonidan tartibga solish va qo’llab-quvvatlashning turli
shakllari, usullari, mexanizmlari va dastaklarini o’z ichiga muayyan tizim shakllangan bo’lib, bu
tajribalarni o’rganish agrar sohani qo’llab-quvvatlashning milliy tizimini shakllantirishga yordam
berishi mumkin.
Shunday qilib, davlat tomonidan agrar siyosatni tartibga solishning qarab chiqilgan barcha
ichki va tashqi iqtisodiy usullari (vosita va dastaklari) birgalikda milliy iqtisodiyot agrar sektorida
takror ishlab chiqarish jarayoniga va mamlakatning tashqi iqtisodiy aloqalariga o’z ta’sirini
ko’rsatadi.
Yüklə Dostları ilə paylaş: |