Microsoft Word 1-mavzu lab doc



Yüklə 57,03 Kb.
Pdf görüntüsü
tarix22.03.2024
ölçüsü57,03 Kb.
#184063
1-mavzu lab



Laboratoriya ishi №1. 
Mavzu: Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish va unda ishlash. Windows 
NT tizimida tarmoqni tashkil etish ishlari. Internet bilan tanishish. Brauzer 
dasturi bilan ishlash. Web 1.0, web 2.0, web 3.0, web 4.0 texnologiyalari. 
Ishning maqsadi: 
Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish va unda ishlash 
Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlashni o'rgatish va amaliy 
ko'nikmalar hosil qilish. 
Kutilayotgan natija: 
Lokal kompyuter tarmog‘ini tashkil qilish va unda 
ishlash Internet bilan tanishish. Internet Explorer dasturi bilan ishlashni o'rgatish 
va amaliy ko’nikmalar hosil qilinadi. 
Laboratoriya jihozlari: 
Tarqatma topshiriqlar, kompyuterlar. 
Ish rejasi:
1. Nazariy ma'lumotlar bilan yaqindan tanishish.
2. Topshiriqlar variantlarini o'rganib chiqish.
3. Topshiriqlar variantlarida keltirilgan masalalarni bajarish .
4. Natijalarni olish.
Nazariy ma’lumotlar: 
Kompyuterlarni o’zoro birlashtirish (axborot almashtirish uchun bog’lash) 
foydalanuvchilarga bir qancha qulayliklar yaratadi. Kompbyuterlarda axborot 
almashishni tashkil etish tarmoq deb ataladi. Tarmoqlar uch turi mavjud bo’lib, 
ular lokal, regional va global tarmoqlarga boTinadi. 
1.
Lokal (mahalliy) tarmoq- (LAN-Local Area Network), ushbu nom 
nisbatan katta bo’lmagan hudud (bir korxona, ofis, bir xona) da joylashgan 
kompbyuterlarning birlashuviga mos keladi. Mahalliy hisoblash tarmog’i (MHT) 
uchun mavjud standartlar (tegishlicha Ethernet va ARCNET) 2,5 km dan 6 km 
gacha bo’lgan masofadagi kompbyuterlar orasidagi aloqani ta’minlaydi. 
2.
Regional (mintaqaviy) tarmoq (MAN - Metropoliton Area Network) - 
shahar yoki tumanlararo axborot almashish. 100 - 150 bo’lgan masofadagi 
kompbyuterlar orasidagi aloqani ta’minlaydi. 
3.
Global (ommaviy) (WAN - Wide Area Network) - davlatlarni, qit’a butun 
dunyo abanentlarini bog’lovchi tarmoq. 
Xar bir tarmoq tashkil etish bir necha turlari mavjud. Axborot almashtirish 
turli usullarda amalga oshirish mumkin. Masalan kabelb yordamida, kichik 
diapazondagi mikrotoTqinlar yodamida va tolali optik kabellar yordamida. Kabelb 
yordamida axborot uzatish va qabul qilish turlari bilan tanishib chiqamiz. 
Mijoz - server 
tizimlarida ma’lumotlarga ishlov berish ikki ob’ekt: server va 
mijoz o’rtasida taqsimlangan. Mijoz - bu vazifa, ish stansiyasi, foydalanuvchi. U 
server uchun so’rov tuzishi, faylni o’qishi, yozuvlarni izlashi va hokazolarni 
bajarishi mumkin. 
Server 
- so’rovga ishlov beradigan qurilma yoki kompyuter. U 
ma’lumotlaming saqlanishi, bu ma’lumotlardan erkin foydalanishni tashkil etish va 
ma’lumotlami mijozga uzatish uchun javob beradi. Mijoz/ server tizimlarida 
ma’lumotlarga ishlov berish mijoz va server o’rtasida taqsimlangan, shuning uchun 
ham mijoz va server sifatida foydalaniladigan komp^yuterlaming ish unumiga 
talab ierarxik tizimlardagiga nisbatan ancha past. O’zaro aloqani tashkil etish 
bo’yicha mijoz/server usulidan foydalanuvchi tizimlarning ikki turini ajratib 


ko’rsatish qabul qilingan: 
– teng huquqli tarmoq;
– serveri ajratilgan tarmoq.
Teng xukuqli tarmoq 
- bu ish stansiyalarining o’zaro aloqasini 
boshqarishning yagona markazy bo’lmagan, ma’lumotlarni saqlashning yagona 
qurilmasi bo’lmagan tarmoq. Bunday tarmoqning operasion tizimi barcha ish 
stansiyalari bo’yicha taqsimlanga n, shuning uchun har bir ish stansiyasi bir 
vaqtning o’zida ham server, ham mijoz sifatida funksiyalarni bajarishi mumkin. 
Foydalanuvchi bunday tarmoqda boshqa ish stansiyalariga ulangan barcha 
qurilmalar (printerlar, qattiq disklar va hokazolar) dan erkin foydalana oladi. 
Serveri ajratilgan tarmoq 
- bu erda kompbyuterlardan biri 
tarmoq serveri 
- umumiy foydalaniladigan ma’lumotlarnn saqlash, ish stansiyalari o’rtasidagi 
o’zaro alokani tashkil etish, servis xizmatlarini amalga oshirish funksiyasini 
bajaradi. Bunday kompbyuterda operasion tishm bajariladi va barcha ajratiladigan 
qurilmalar (qattiq disklar, printerlar, modemlar va h.k.) unga ulanadi. 
ma’lumotlarni saklash, topshiriqlarni bosmadan chikarish, topshiriqlarga 
masofadan turib ishlov berish ishlarini bajaradi. Ish stansiyalari server orqali 
o’zaro aloqa qiladi, shuning uchun bunday tarmoqni mantiqiy tashkil etishni 
«yulduz» topologiyasi tarzida tasavvur etish mumkin, bunda markaziy qurilma 
server hisoblanadi. 
Mijoz server tizimlanda ma’lumotlarga ishlov berish ikki oo’bekt: 
Server va mijoz o’rtasida taqsimlangan. Mijoz-bu vazifa, ish stansiyasi, 
foydalanuvchi. U server uchun so’rov tuzishi, faylni o’qishi, yozuvlarni izlashi va 
hakazolarni izlashi mumkin. 
Tarmoq qurilmalarimng o’zaro aloqasida mariumotlami uzatish usullari 
alohida axamiyatga ega. Bo’g’inlar o’rtasida ma’lumotlar bilan almashinishda 
malumotlarni uzatishning uch usulidan foydalaniladi: 
– simpleks (bir tomonga yo’naltirilgan) uchatish televidenie, radio;
– yarimdupleks (axborotni qabul qilish /uzatish navbati - amalga oshiriladi);
– dupleks (ikki tomonga yo’naltirilgan), har bir stansiya bir vaqtning o’zida 
ma’lumotlarni uzatadi va qabul qilib oladi..
Ma’lumotlarni uzatish uchun axborot tizimlarida ketma-ket uzatish eng ko’p 
qo’llaniladi. Ketma-ket uzatishning asinxron va sinxron usullaridan keng 
foydalaniladi. 


Asinxron uzatishda har bir simvol alohida uzatiladi. Start bitlari qabul 
qilgichni uzatish boshlanganligi to’g’risida ogoxlantiradi. So’ngra simvol uzatiladi. 
Uzatishning ishonchliligini aniqlash uchun juftlilik bitidan foydallniladi (agar 
simvoldagi birliklar soni toq bo’lsa juftlilik biti 1ga, aks holda 0 ga teng bo’ladi). 
So’nggi bit - «stop bit» uzatish tugaganligi to’g’risida signal beradi. 
Afzalliklari: 
uncha murakkab bo’lmagan ishlangan tizim; uncha qimmat 
bo’lmagan (sinxronga nisbatan) interfeys uskunasi. 
Kamchiliklari: 
o’tkazish qobiliyatining uchdan bir qismi xizmat biglarini 
uzatishga sarflanadi (start/stop va juftlik bitini); sinxronga nisbatan uzatish 
tezligining uncha yuqori emaspigi; xatolar ko’p bo’lgan hollarda juftlik biti 
yordamida olingan axborotning ishonchliligini aniqlab bo’lmaydi. 
Asinxron uzatishdan ma’lumotlar bilan vaqti-vaqti bilan almashinadigan va 
ma’lumotlarni uzatishning yuqori tezligi talab etilmaydigan tizimlarda 
foydalaniladi. Ba’zi tizimlar juftlik bitidan simvol biti sifatida foydalanadi, 
axborotni nazorat qilish esa ma’lumotlar bilan almashinish protokollari darajasida 
bajariladi (Xmodem, Zmodem, MNP). 
Sinxron 
usuldan 
foydalanilganda ma’lumotlar bloklab uzatiladi. Qabul 
qilgich va uzatgichning ishini sinxronlashtirish uchun blok oldidan 
sinxronlashtirish bitlari uzatiladi. So’ngra ma’lumotlar, xatolarni aniqlash kodi va 
uzatishning tugaganligi simvoli uzatiladi. Sinxron uzatishda ma’lumotlar ham 
simvollar, ham bitlar okimi sifatida uzatilishi mumkin. Xatolarni aniklash kodi 
sifatida, odatda, xatolarni aniqlashshng siklik ortiqchalik kodi (SKS) dan 
foydalaniladi. U ma’lumotlar maydoni tarkibi bo’yicha hisoblab chiqiladi va qabul 
qilingan axborotning ishonchliligshi anislash imkonini beradi. 
Tarmoqlarning o’zaro aloqasida kommutasiya vositalarini ko’rib chiqamiz.
MHT ni kabellarning istalgan tipi bilan yaratish mumkin. Eng arzon kabel 
telefoniyada foydalaniladigan eshilgan sim juftidan iborat bo’lgan 
o’rama juft 
kabelidir. U 
ekranlangan va ekranlanmagan 
bo’lishi mumkin. Ekranlangan 
kabel elektr magnit halaqitlariga ancha bardoshli bo’ladi. Lekin amaliyotda 
aksariyat hollarda ekranlanmagan kabeldan foydalaniladi, chunki bunday turdagi 
kabeldan telefon liniyalarini o’tkazishda foydalaniladi va ekranlangan kabeldan 
ancha arzon. Kichik muassasalar uchun juda qulay. Ushbu kabelning kamchiliklari 
signallarning so’nish koeffisienti yuqoriligi va elektrmagnit halaqitlariga yuqori 
darajada sezgirligi, shuning uchun MHT da o’rama juftlikdai foydalanishda faol 
qurilmalar o’rtasidagi eng yuqori masofa 100 metrgacha bo’ladi. 
Koaksial kabel. 
Bu kabeldan ma’lumotlar uzatishning ikkita turli tizimida 
foydalanilish mumkin: signalni modulyasiyalab va modulyasiyalamasdan uzatish. 
Birinchi holda raqamli signal SHK dan qanday shaklda uzatilsa, undan shunday 
shaklda foydalaniladi va darhol kabel bo’ylab kabul qilish stansiyasiga uzatiladi. U 


tezligi 10 Mbit/sek gacha va eng yuqori ta’sir radiusi 4000 m bo’lgan bitta uzatish 
kanaliga ega.Ikkinchi holda raqamli signal analogli signalga aylantiriladi va u 
qabul qilish stansiyasigl yo’naltiriladi, u erda u yana raqamli signalga aylantiriladi. 
Signalni aylantirish operasiyasini modem (modulyator/demodulyator) bajaradi; har 
bir stansiya o’z modemiga E1 a bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatishning bu usuli 
ko’p kanalli (o’nlab kanallar bo’yicha uzatishni ta’minlaydi, buning uchun faqat 
bitta kabeldan foydalanadi) hisoblanadi. Bunday usul bilan tovushlarni 
videosignallarni, ma’lumotlarni uzatish mumkin. Kabel uzunligi 50 km gacha 
etishi mumkin. Signallarni modulyasiyalab uzatish modulyasiyalamasdan 
uzatishga nisbatan aicha kimmat turadi. SHuning uchun yirik korxonalar 
o’rtasida 
ma’lumotlarni uzatishda undan foydalanish ancha samarali bo’ladi. 
Optik tolali 
kabel MHT da foydalaniladigan eng yangi texnologiya 
hisoblanadi. Bunda axborot eltuvchi yorug’lik nuri bo’ladi, u tarmoq tomonidan 
o’zgartiriladi va signal shaklini oladi. Bundazy tizim tashqi elektr halaqitlariga 
bardoshli va shuning uchun ma’lumotlami tez (2 Gbit/s gacha) va xatosiz uzatish 
mumkin bo’ladi hamda uzatilayotgan axborotning maxfiyligini ta’minlaydi. 
Bunday kabellarda kanallar soni juda ko’p bo’ladi. Ma’lumotlar faqat simpleks 
rejimida uzatiladi, shu sababli ma’lumotlar bilan almashinishni tashkil ztish uchun 
qurilmani ikkita optik tola bilan ulash zarur (amaliyotda optik tolali kabel hamma 
vaqt juft tolali bo’ladi). Kamchiliklari katorida qiymati yuqoriligi va ulash 
murakkabligini ko’rsatish mumkin. 
Mikro to’lqin diaponidagi radio to’lqinlarda

simsiz mahalliy tarmoq 
(SMT)larda uzatish vositasi sifatida yoki MHT o’rtasidagi aloqa uchun ko’priklar 
yoki shlyuzlar o’rtasida foydalaniladi. Birinchi holda stansiyalar o’rtasidagi eng 
yuqori masofa 200-300 metrni tashkil etadi, ikkinchi holda bu masofa bevosita 
ko’rinib turadigan bo’lishi kerak. Ma’lumotlarni uzatish tezligi - 2 Mbit/s gacha. 
SMT lar mahalliy tarmoqlarni rivojlantirishda istiqbolli yo’nalish qisoblanadi. 
Ularning afzalligi - oddiyligi va mobilligi. Kabel simlarini o’tkazish va montaj 
qilish bilan bog’lik muammolar yo’qoladi. Ish stansiyalarida interfeys platalarini 
o’rnatishning o’zi etarlidir va tarmoq ishlash uchun tayyor bo’ladi. SMT ning keng 
rivojlanishiga bu 11 day tarmoqlar uchun standartlarning yo’qligi to’sqinlik 
qilmoqda. Turli firmalar tomonidan bajarilgan mavjud SMT lar odatda, o’zaro 
to’la bir-biriga mos kelmaydi. Hozirgi vaqtda bu - IEEE 802.11 protokoliga 
xalqaro standartlar qabul qilingan. 
Kommutasiya tarmog’i o’z ichiga tslefon, koaksial kabel, yoTdoshli aloqa 
kanallaridan foydalanadigan fizik (magistral) aloqa kanallari bilan ulangan ko’plab 
serverlar va EHM larni oladi. Axborotni uzatish usuliga ko’ra, hisoblash tarmoqlari 
kanallarni kommutasiyalash tarmoqlari, xabarlarni kommutasiyalash tarmoqlari, 
paketlarni kommutasiyalash tarmoqlari va integral tarmoqlarga boTinadi. Bu 


usullarning har biri o’z afzalliklari va kamchiliklariga ega. Kanallarni 
kommutasiyalash tarmoqlarining afzalligi uni amalga oshirishning soddaligida, 
kamchiligi esa kanallardan foydalanish koeffisientining pastligi, ma’lumotlarni 
uzatish qiymatining goqoriligi, boshqa foydalanuvchilarning uzoq vaqt kutib 
qolishi kabilardan iborat. Xabarlarni kommutasiyalashda ma’lumotlar (xabarlar)ni 
uzatish kanal bo’shaganidan so’ng, u oluvchining manziliga etib borguncha amalga 
oshiriladi. Har bir server xabarlarni qabul qilish, tekshirish, to’plash, yo’naltirish 
va uzatishni amalga oshiradi. Ushbu usulning kamchiligi axborot uzatish 
tezligining pastligi, foydalanuvchilar o’rtasida muloqot olib borish imkoni 
yo’qligidan iborat. Afzalliklariga axborot uzatish qiymatining pastligi va uzatishni 
tezlashtirish kabilarni kiritish mumkin. 
Ishning bajarish tartibi. 
Laborotoriya ishini nazariy qismini o’qib o’rganib chiqiladi. Kompyuterda 
tarmoqni tashkil etish uchun kabellardan quyidagi tartibda foydalanadi: kabellar 
ichidagi simlar quyidagi tartibda turlicha bo’ladi. Ushbu simlarning 4 tasini 
kompyuterga ulashga to’ri keladi. 2 ta kompyuter o’rtasida o’rnatishda kabellar 
ichidagi simlarning tartibi quyidagicha bo’ladi. 
1. Oq qizg’ish 
2. Qizg’ish 
3. Oq zangori 
4. ko’k 
5. Oq ko’k 
6. Zangori 
7. Oq jigarrang 
8. Jigarrang 
Kabellarni ulashda simlarning 4 tasidan foydalanamiz.Bunda bizga 2 ta 
shipilka kerak bo’ladi.SHipilkalar kerakli simlarga ulanadi. Kabellarni 2-shipilkaga 
ulaganda parallel ravishda teskari ulanadi. 
Topshiriqlar
:
1. Ishning maqsadi va vazifasi gapirib beradi.
2. Nazariy qismini o’qib o’rganadi.


3. Ishning bajarish tartibini tushuntirib beradi.
4. Hisobot yozma ravishda topshiriladi.
Nazorat savollari:
1. Tarmoqni qanday usullarda tashkil etish mumkin ?
2. Tarmolar necha turli bo’ladi ?
3. Tarmoq qurilmalarinmg o’zaro aloqasida ma’lumotlarni uzatish usullari 
haqida gapirib bering ?
4. Serveri ajratilgan tarmoq qanday tarmoq?
5. Teng xukuqli tarmoq kamchiligi va afzalliklari xaqida gapirib bering ?
6. Tarmoqlarning o’zaro aloqasida kommutasiya vositalarini tushuntirib 
bering ?
Adabiyotlar ro’yxati: 
1.
Douglas E. Comer. Computer Networks and Internets (6th Edition). 
Pearson. USA, 2014. 672-pages. 
2.
James F. Kurose, Keith W. Ross. Computer networking: a top-down 
approach (6th Edition). Pearson Cloth Bound with Access Card, USA,2013,889-
pages
3.
M Aripov, B.Begalov va boshqalar. Axborot texnologiyalari. O‘quv 
qo‘llanma- T.: “Noshir”, 2009 y. 
4.
Sattorov A. Informatika va axborot texnologiyalari. Darslik. - Т.: 
O'qituvchi, 2011 y. 
5.
M.Aripov, M.Muhammadiyev. Informatika, informasion texnologiyalar. 
Darslik. T.: TDYuI, 2004 y. 
6.
Эндрю 
Таненбаум, 
Дэвид 
Уэзеролл. 
Компьютернне 
сети. 
Издательство ПИТЕР 2012г. 960стр. 
7.
Виктор Олифер, Наталия Олифер. Компьютернне сети. Принципн, 
технологии, протоколн. Учебник. Издательство ПИТЕР 2016г. 992 стр. 
8.
M.Aripov, M.Fayziyeva, S.Dottayev. Web texnologiyalar. O‘quv 
qo‘llanma. T.; “Faylasuflar jamiyati”. 2013 y. 
9.
M.T.Azimjanova, Muradova, M.Pazilova. Informatika va axborot 
texnologiyalari. O'quv qo'llanma. Toshkent, “O'zbekiston faylasuflari milliy 
jamiyati”, 2013 y.
10.
Велихов А.В и др. Компьтернне сети. Учеб.пос., Москва, ЗАО 
«Новнй издательский дом», 2005 г.

Yüklə 57,03 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə