Microsoft Word 4-nazariy mavzu



Yüklə 122,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/5
tarix14.06.2022
ölçüsü122,53 Kb.
#89461
  1   2   3   4   5
4-nazariy mavzu 2-semestr
ariza


6-Mavzu: PЕDАGОGIK NАZОKАT VА ОDОB-АХLОQ 
Reja: 
1. Pedagogik nazokat haqida tushuncha. 
2. Pedagogik nazokatning mohiyati va xususiyatlari. 
3. O‘qituvchi nazokatida dilkashlik va pedagogik takt.
Tayanch tushunchalar:
Pedagogik nazokat; xulq – atvor; barkamol inson; talabchanlik va 
qattiqqo‘llik; etnopedagogik tuyg‘ular; informatsion jarayon; qo‘pol va dag‘al so‘zlar; ishonch 
tuyg‘usi; nisbiylik va sub’ektivlik; dilkashlik; pedagogik takt; ekstravert shaxslar; introvert 
shaxslar; o‘qituvchining kommunikativ madaniyati; yuksak odob namunasi; xushmuomalalik; 
shirinsuhanlik; pedagogik taktga zid; pedagogik dilkashlikni o‘rganish dasturi; o‘z–o‘zini 
tarbiyalash; individual – tipologik DASTUR; mimika va pantomimika. 
6.1. Pedagogik nazokat haqida tushuncha
O‘qituvchining o‘quvchilar muhitiga uzviy ravishda qo‘shilib keta olishi nihoyatda qiyin 
jarayon. Lekin uning pedagogik faoliyati bevosita o‘quvchilar orasida olib boriladi. O‘zaro 
munosabatlarni ishonch va do‘stlik tuyg‘ulari bilan mustahkamlab borish o‘qituvchidan jiddiy 
psixologik tayyorgarlikni talab qiladi. Buning uchun o‘qituvchi avvalo, turli xarakterdagi 
o‘quvchilardan iborat bo‘lgan, sinf jamoasida tez-tez o‘zgarib turadigan pedagogik vaziyatlarga 
darhol o‘z munosabatini bildirishi va unga odilona baho berishi kerak. U o‘quvchilar 
hattiharakatini to‘g‘ri idrok etishi, vaziyatlarni oldindan ko‘ra bilishi, tarbiyaviy metodlarni o‘z 
o‘rnida qo‘llashi, o‘quvchilar bilan muomalada bosiqlik, sabr, milliy an’ana va turmush 
tarzimizdan kelib chiqqan muruvvat va himmat, odamiylik va mehr-oqibat tuyg‘ularini ko‘rsata 
olishi shart. Bu vazifalar o‘qituvchining zimmasiga yuklanadigan va u rioya qilishi lozim 
bo‘lgan pedagogik nazokat deb atalmish faoliyatning zarur shartidir. 
Pedagogik nazokat – o‘qituvchi axloqiy-ma’naviy qiyofasini namoyon etuvchi me’yor 
tuyg‘usi yoki xulq va odob qoidalariga rioya qilishi demakdir. Pedagogik nazokat o‘qituvchining 
o‘quvchilar bilan o‘zaro munosabatini tashkil qilish vositasi. Psixologik til bilan aytilganda, 
nazokat insonning bir qolipdagi barqaror tasavvurlarida mujassamlashgan shaxsiy insoniy 
hislatlarining yig‘indisidir. 
Pedagogik nazokat me’yorlari o‘qituvchidan avvalo yuksak insoniy fazilatlarga ega bo‘lishni 
talab qiladi. Zero, ta’lim-tarbiya tizimini isloh qilishning asosiy maqsadlaridan biri komil inson 
tarbiyasi bo‘lib, u davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi deb e’lon qilingan. Ongi yuksak, 
mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, ma’rifatli 
yoshlarni tarbiyalab voyaga yetkazish o‘qituvchi zimmasida. Shunday ekan, hozirgi demokratik 
jamiyat o‘qituvchisining o‘zi avvalo barkamol inson bo‘lishi, mukammal bilimlar sohibi, o‘z 
kasbining yetuk egasi bo‘lishi zarur. O‘qituvchi xulq-atvorida pedagogik nazokat ma’lum bir 
muddatda shakllanib tugaydigan jarayon emas, uning omillari ham jamiyat taraqqiyoti natijasida 
uzluksiz sayqallanib boradi. 
Pedagogik nazokatning uzluksizligini ta’minlovchi omillar:
-
pedagogik nazokat o‘qituvchining butun pedagogik faoliyatida sayqallanib takomillashib 
boruvchi jarayon;
-
pedagogik nazokat odatda tugallangan shaklga ega bo‘lmay, insoniy fazilatlar evaziga 
uzluksiz boyib boradi; 
-
o‘qituvchi pedagogik nazokatning tarkibiy qismlarini ijtimoiy muhitga va odamlarning 
yashash tarziga, urf-odatiga qarab o‘zgartirishi mumkin; 
-
o‘qituvchi pedagogik nazokatning nozik qirralarini chuqur egallashga doimo intilishi 
talab etiladi; 
-
pedagogik nazokatni o‘qituvchi har bir o‘quvchi bilan o‘zaro munosabatda o‘zi uchun 
eng qulay shaklga keltirib, ma’lum bir muvozanatda saqlaydi. 
-
o‘z kasbini sidqidildan sevishi, halolligi, rostgo‘yligi, axloqiy pokligi, odamiyligi, 
kamtarligi, samimiy muomalasi pedagogik nazokatning zarur talablaridir 


-
. pedagogik nazokat asosida o‘qituvchining mehribonligida tarbiyada talabchanlik va 
qattiqqo‘llik hislatlari mujassamlashgan bo‘ladi. 
-
pedagogik nazokat asosida o‘qituvchi pedagogik odob va axloq normalarini o‘zining 
dunyoqarashi va axloqiy tajribasi bilan boyitib boradi. 
O‘qituvchi pedagogik nazokatga ta’lim va tarbiya jarayonidagi har bir vaziyatga adolatli baho 
berishi, o‘quvchilarning hatti-harakatini to‘g‘ri idrok etishi, sabot va matonat, o‘zini tuta bilish, 
sabr-toqat, sezgirlik, vijdon, oriyat kabi xususiyatlarni o‘zida mujassamlashtirishi bilan erishadi. 
Pedagogik faoliyatda o‘z kasbini sevgan o‘qituvchigina butun kuch g‘ayratini, qalb nuri va dil 
haroratini shu ishga bag‘ishlaydi va o‘z faoliyatida yaxshi natijalarga erishadi. Bolalarni sevish, 
ularga mehr-muhabbatli bo‘lish o‘qituvchi axloqiy qiyofasini namoyon etuvchi muhim 
fazilatlardir. 
O‘qituvchi deyarli har kuni o‘quvchilar bilan uchrashadi, savol-javob qiladi, ularning yaxshi 
xulq va ezgu ishlarini ma’qullaydi, bilimlarini baholaydi, nojo‘ya hatti-harakatlari uchun tanbeh 
berib, lozim bo‘lganda tarbiyaviy metodlarni qo‘llaydi. 
Pedagogik nazokat doimiy izlanishni, ijodkorlikni talab qiladi. Doimiy ijodiy izlanishda 
bo‘lgan o‘qituvchi tadqiqotchilik ko‘nikma va malakalariga ega bo‘ladi, ilm-fan muammolari, 
tarbiya etikasi va psixologiyasi yuzasidan erkin fikr yurita oladi. 
O‘qituvchi o‘quvchilarning kattalar bilan muloqotga kirishish tizimiga ma’lum darajada kirib 
borib, ularning ichki qoidalarini o‘rganishga harakat qilishi kerak. Bu narsa o‘quvchilar bilan 
suhbatlashish orqali, fe’l-atvorini o‘rganish, tengdoshlari va kattalar bilan munosabatlarini 
kuzatish, o‘quvchilar hayotidagi turli voqealar va muammolarni birgalikda tahlil qilish, ular 
muhitida ro‘y berayotgan hodisalarga nisbatan fikr-mulohazalarini bilish asosida amalga 
oshiriladi. Bunda u o‘quvchilar jamoasida ro‘y berib turadigan, tashqi tomondan kuzatganda aslo 
bilib bo‘lmaydigan yashirin hodisalar va voqealarni o‘rganish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Natijada 
o‘qituvchi ta’lim-tarbiyaviy jarayonda o‘z oldida turgan vazifalarni hal etishda o‘quvchilarning 
o‘zlarini ham jalb qila oladi. 
Ijobiy natijalarga erishish uchun, o‘qituvchi o‘quvchilarning ishonchini qozona olishi shart. 
Yosh o‘quvchi “do‘st”lar ishonchini qozonish yoki ishonchiga kirishi uchun o‘qituvchi 
pedagogik nazokat imkoniyatlarini o‘z o‘rnida qo‘llay olishi lozim. O‘zaro ishonch 
munosabatlari o‘rnatilgach, o‘quvchilar og‘ir damlarda o‘qituvchidan yordam so‘rab murojaat 
qiladilar, o‘z mulohazalarini u bilan baham ko‘radilar. O‘zaro ishonch norasmiy munosabatlarda 
ham o‘qituvchiga o‘quvchilarning ba’zan anglab bo‘lmaydigan ichki dunyosini ko‘rish 
imkoniyatini beradi. O‘quvchilar bilan munosabatlarda pedagogik nazokatni qo‘llash natijasida: 
-
o‘qituvchi o‘quvchilarning xarakterini, ichki dunyosini yaxshi bilib oladi, o‘quvchilar 
bilan munosabatda do‘stona muloqot qilish imkoniyatlari paydo bo‘ladi; 
-
o‘qituvchi o‘quvchilar bilan chin ko‘ngildan bir-biriga yaqin bo‘ladi, ba’zan eshitmasligi 
kerak bo‘lgan o‘quvchilarning o‘zaro sirli gaplarini eshitmasdan o‘tib ketishi mumkin, 
negaki o‘zgalar gapini tinglash odobsizlikdir; 
-
o‘qituvchi ba’zan o‘quvchilar jamoasining kundalik ishlariga aralashmasligi, jamoada 
ro‘y beradigan ba’zi ko‘ngilsiz hodisalarni ijobiy hal etishni jamoa faollari zimmasiga 
havola etishi mumkin. 
Bularning hammasi o‘qituvchining o‘quvchilar bilan bo‘ladigan ixtiloflariga, kelishmovchilik 
va ziddiyatlariga barham beradi. 
Mamlakatimizda har qanday kasb egasi avvalo odob va axloq namunalariga ega bo‘lishi 
tabiiy, lekin pedagogik nazokat va odoblilik mutlaqo o‘zgacha harakatni va muomalani talab 
qiladigan o‘qituvchilar uchun chinakam mahoratdir. Chunki bu hislatlar faqatgina pedagogik 
qobiliyat va iste’dodga ega bo‘lgan o‘qituvchida yillar davomida shakllanadi. 

Yüklə 122,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2022
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə