Microsoft Word 4-nazariy mavzu



Yüklə 122,53 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/5
tarix14.06.2022
ölçüsü122,53 Kb.
#89461
1   2   3   4   5
4-nazariy mavzu 2-semestr

Shunday ekan, o‘qituvchi ta’lim–tarbiya 
jarayonida hali to‘liq shakllanmagan, ta’sirlarga va ruhiy kechinmalarga tez beriluvchi, 
ota–onasining sevimli farzandi bo‘lgan murg‘ak qalb egalari bilan muloqot qilayotganligini 
aslo unutmasligi kerak.
O‘quvchilar bilan muloqotda pedagogik taktga zid bo‘lgan qo‘pollik, adolatsizlik, qo‘rqitish, 
haqorat, mensimaslik, pedagogikaga zid bo‘lgan jazolash usullarini qo‘llash va boshqa ular 
shaxsiga salbiy ta’sir qiladigan turli jargon so‘zlar ishlatish o‘quvchilar qalbini umuman 
tuzalmaydigan darajada jarohatlab qo‘yishi, yoki o‘qituvchining obro‘siga putur yetkazishi 
mumkin. O‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasidagi bunday qarama-qarshiliklar ko‘pincha dars va 
darsdan tashqari jarayonlarda sodir bo‘ladi. Bunda ayniqsa yosh o‘qituvchilarning pedagogik 
takt sirlarini bilmasligi, tajribasizligi pand beradi. 
O‘qituvchining taktik mahorati birdaniga shakllanib qolmaydi, u yillar davomida pedagogik 
faoliyatda, ustozlar tajribasini o‘rganishda, dars jarayonida, sinfdan tashqari faoliyatda va 
tarbiyaviy soatlarda o‘quvchilar bilan muloqotda takomillashib boradi. Dars jarayonida 
pedagogik mahoratning asosi bo‘lmish pedagogik taktga ega bo‘lish o‘qituvchi uchun juda 
zarurdir. 

Yüklə 122,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə