Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə26/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

22

Onamning qabri yonida o’zimni yo’qotdim 

 

 



Oradan qancha vaqt o’tdi bilmadim. O’zimni unutibman, faryodim atrofga eshitilgan 

shekilli, bir ayolning ovozidan hushimga keldim: 

-Bolam, mozorda yig’lash yaxshi emas, o’zingni qo’lga ol.  

Zo’rg’a o’girildim. Ortimda bir ayol va bir kishi turardi. Ayol yelkalarimdan tutib, 

turishimga yordamlashdi. Yoshli ko’zlarimga mahzun, samimiy va do’stona nigoh bilan 

boqib: 


-Kimsan bolam, -deb so’radi. Seni bu yerlarda hech ko’rmagandik. Bu qabrlar Malak 

Ahsen va Dovud afandilarniki. Sen ularning kimi bo’lasan?  

Demak qishloqdagilar onamni “Malak Ahsen” deyisharkanda. Ismi Ahsen edi

qishloqdagilar bundan chiqdi, yaxshiliklari uchun ismlariga Farishta nomini ham qo’shib 

chaqirisharkanda.  

-Qiziman, -deya oldim.  

-Oh, bolam, -deya meni bag’riga bosdi. Sen uning begona qo’llardagi Ayselimisan? Sen 

haqingda yaxshi xabar eshitmagandik. Yomon qizlarga qo’shilgan deyishardi. 

Ishonolmadik. Mashalloh, juda shirin qiz bo’libsan.  

Keyin menga o’zini tanishtirdi.  

-Men rahmatli onangni ko’rganman. Bolaligimda u menga Qur’onni o’rgatgan. Alloh rozi 

bo’lsin, joyi jannatda bo’lsin.  

Imom afandining ayoli qo’limdan tutdi.  

-Yur qizim, uzoq yo’ldan kelgansan, uyga boramiz, biroz dam ol.  

Ikki ezgu niyatli inson qo’limdan tutishdi. Dardlasha-dardlasha uylariga keldik.  

Sodda, pokiza, tartibli bir uy. Kichkinagina hovlisi bor. Ikkita bolasi ham. Birisi litseyda, 

bir maktabda o’qirkan. Ikkisi ham juda yaxshi bolalar. Imom afandi va ayolining uyida 

o’zgacha bir huzur topdim. Harakatlaridan insonni ta’sirlantiruvchi ajoyib bir quvvat 

tarqalar edi. Bu insonlar chindan ham yaxshi niyatli va halol kishilar edi. Men yashagan 

muhitdagi kishilarga also o’hshamas, bizning inqilobchi guruh bilan esa, umuman 

qiyoslab ham bo’lmasdi… 

Men shu kunlari sira ishdan bo’shamasdim. Inqilobchi bo’lishning o’ziga yarasha 

zaruriyatlari bor edi. Haq, adolat, tenglik kabi tushunchalarni shior qilib olishgandi. 

Dindorlarga qarshi bo’lishdan asosiy maqsadlari esa dahriylarni ko’paytirish edi. Ammo 

o’ylamasdan bir ish qilmasdim. Haq, adolat, tenglik kabi asosiy inson huquqlarini 

mensimaganlardan nega doim zarar ko’rdim? 

 Nega bu insonlar hayotimni zulmatga aylantiradi, meni mendan ayirishdi. Albatta, ba’zi 

inqilobchilarning xatolari barchasiga tegishli emasdi. Ammo, menga umuman yaxshilari 

uchramasdi. Negadir hammasi menga “och bo’ridek” tashlanish uchun fursat poylardi. 

Men e’tiroz bildirganimda:”Sen nomusli qizsan, qizim”-deyishardi. “Nomus degan narsa, 

eski feodal shiordir. Hozirgi dunyo u eski tushunchalar o’tib ketgan”. Mana shuni hech 

qabul qila olmasdim. To’rtxotinlikka qarshi bo’lgan inqilobchilarning nomus haqidagi 

qarashlari ijobiymidi va bu nimani ifodalardi?  

Men qarshi bo’lgan, fikrlariga qo’shilmagan dindorlar esa, doimo to’g’rilik, va xolis 

ko’mak beruvchilar bo’lib chiqishardi. Ajablanardim. To’g’ri deganim yanglish, yanglish 

deyayotganim to’g’ri chiqayotgandi. Nima bo’lganida ham, yana yiroqlashdim, xojam. 

Mavzuga qaytayin. Imom afandi va ayoli menga shunday hurmat ko’rsatib, shunday 

taskin berishardiki, hayotimdagi bunchalik nazokat, bunchalik yaxshi muomalani 

ko’rmagandim. Menga tegishli ko’p narsalarni bilishsa ham, hech sezdirishmas, go’yo 

dunyoning eng jiddiy va eng nomusli qizi bilan suhbatlashayotgandek bo’lishardi. 

Ayolning tavsiyasi bilan qishloq hammomiga tushdim. So’ngra meni bir xonaga 



Aldangan Ayselning tavbasi. Xolid Erto’g’rul 

 

 




Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə