Microsoft Word aldangan aysel ziyouz com doc



Yüklə 214,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə48/65
tarix13.03.2022
ölçüsü214,22 Kb.
#84462
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65
Aldangan Ayselning tavbasi

www.ziyouz.com

 kutubxonasi 

38

-Alloh bu olamni nega yaratdi? Bir qancha inson yomon yo’lsa yurib jahannamiy bo’ladi, 



ahyot ularga zindon bo’ladi. Yaratmasaydi, shuncha azob bo’larmidi? Shunda hech narsa 

bo’lmasdi ham, biz ham, qayg’ularimiz ham bo’lmasdi.  

Shu va shunga o’xshash savollarni shunchaki emas, o’rganish uchun so’rar, o’zimcha 

tahlil qilardim. Abrinur xonim bu savolimga ham javob berishga harakat qildi.  

-Koinotni yaratish Allohning irodasi bilandir. Buning sabablarini qidirish biz kabi maxluq 

insonga munosib ish emas. Biro dam ko’nglida paydo bo’lgan marhamat bilan 

muhtojlarni yedirsa, kiydirsa, ularga pul bersa, xursand qilsa, ulardan biri chiqib:”Bularni 

nega qilyapsan, qilmasang bo’lmasmidi?”, deb so’rasa, odobsizlik qilgan bo’lmaydimi? 

Allohning ham olamni nima uchun yaratgani sababini qidirish ana shunday odobsizlikdir. 

Zotan bu mavzuga o’z aql o’lchovlarimiz bilan izoh bersak ham, biror natija bo’lmaydi. 

Chunki yaratgan nima uchun yartaganini o’zi izohlamasayu, yaratilgan bo’la turib bizlar 

buni qnaday izohlaymiz. Izohlasak ham, yana kamchilik va xato qilishimiz aniq. Ammo 

bu savolga qisman bo’lsa-da, javob beradigan bo’lsak:dastlab yaratish istagi biror 

ehtiyojdan paydo bo’lmaganini va buni faqat Janobi Haqning o’ziga havola etish 

afzalligini aytishimiz lozim. Inson zimmasidagi eng asosiy vazifa o’zi bilan bog’liq 

muammolarni o’rganish, hal etishdir. Nima uchun yaratilgan? Vazifasi nima? Qayerga 

ketyapti? Kimga qanday hisob beradi? Hayoti davomida atrofini o’rab turgan 

ne’matlarning Egasi undan nima istaydi? Inson uchun, avvalo, ushbu savollarning javobi 

muhimdir”.  

 


Yüklə 214,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   65




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə