Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
aniq yozib kelingan. 
Ma’lumotlarga qaraganda, Imom Buxoriy o’n yoshlar chamasida hadis ilmiga ishtiyoq sezib, 
eshitgan har bir hadisini yodlab boraverar ekan. Ustozi Shayx Doxiliy bilan bir necha bor hadis 
rivoyatchilari
3
borasida bahslashib, dalillar vositasida o’zining haq ekanligini isbotlagan ekan. O’n olti 
yoshga yetganida u o’sha davrning eng mashhur muhaddis olimlaridan Abduloh ibn Muborak va 
Vake’larning hadis to’plamlarini yod olgan, hadis va fiqh
4
istilohlarini puxta egallagan. So’ng Makka va 
Madina ziyoratiga brogan. Imom Buxoriy o’zining yozishicha, u 18 yoshida “Qazoyi as-sahobat vat-
tobi’in” (“Sahobalar
5
va tobi’inlar
6
masalalari”) va “Tarixi kabir” (“Katta tarix”) kitoblarini Madinada – 
Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning maqbarasi yonida yashab turib yozgan. Imom Buxoriy “Tarixiy 
shaxslarning har biri haqida menda ma’lumot bor, lekin kitobimning hajmi kattalashib ketmasin deb 
muxtasar yozdim”, - degan edi. Imom Buxoriy bilimini boyitish maqsadida Makka, Madina 
shaharlaridan tashqari Shom (Damashq), Qohira, Basra, Kufa, Bog’dod kabi rivojlangan madaniyat 
markazlarida safarda bo’lgan va ko’p yillar u joylarda istiqomat qilib, olimlardan ta’lim olgan, 
toliblarga dars bergan. 
Hoshid ibn Ismoil ismli bir hamdars olimning guvohlik berishicha, Imom Buxoriy bir necha 
sheriklari bilan Basra shahrining yirik ulamolaridan biriga borib saboq olar ekan. Hammalari eshitgan 
hadis va rivoyatlarni ustozning og’zidan chiqishi bilanoq batartib yozib olishga shoshilar ekanlar. 
Imom Buxoriy esa qog’oz qalamsiz dars tinglab yuraverar ekan. Bir kuni talabalar: “O’n olti kun ilgari 
olgan darsimizni Buxoriydan bir so’rab ko’raylik-chi, esida bormikan?” – deyishib, imtihon qilishibdi. 
Hammalari daftarlariga qarab turishibdi, Buxoriy o’n olti kun ilgari o’tilgan darsni birorta kalima 
qoldirmay batartib yoddan o’qib berganidan keyin, uning xotira va qobiliyatiga lol qolib, ayni chog’da 
o’zlari yozib olgan daftarlaridagi kamchiliklarni ham tuzatib olishibdi
7

Imom Buxoriyning xotirlashicha, u Bog’dodda istiqomat qilgan yillari asosan oydin kechalarda ijod 
qilar, qorong’I kechalarda esa shamchiroq nurida kitob yozar ekan. Ilhom kelmay qolganda shamni 
o’chirar, bexosdan yangi fikr kelib qolsa, darhol shamni yana yoqib, ishda davom etar ekan. Ba’zan 
bir kechada shu tarzda 20 martagacha chiroqni yoqib, o’chirar ekan. Ilmu ma’rifatdan tashqari Imom 
Buxoriyning taqvo
8
, himmat, saxovat, odamiylik kabi olijanob fazilatlari ham juda mukammal bo’lgan. 
Imom Buxoriy chet el safaridan qaytgach, Buxoro ulamolari unda tahsil ko’ra boshlaydilar. Ular 
ustozni g’oyat izzat va hurmat qiladilar. Lekin bu yerda hasadgo’y, dili qora, xudbin ulamolar ham 
bo’lib, Imom Buxoriyning payini qirqishga intiladi. Buning ustiga uning Buxoro amiri Xolid ibn Ahmad 
az-Zuhaliy bilan ham aloqasi buzilib qoladi. Bunga quyidagi voqea sabab bo’ladi. Amir bir kun Imom 
Buxoriyga odam yubora turib: “Borib ayt, yozgan “al-Jome’ as-Sahih” va “Tarix” kitoblarini olib kelib, 
menga o’qib bersin”, - deb buyuradi. Imom Buxoriy elchiga qarab: “Sen unga borib ayt, men ilmni 
xor qilib, uni saroyga tashib yurmayman. Kimga ilm kerak bo’lsa, o’zi izlasin. Bu so’zim ma’qul 
kelmasa, amirning farmoni o’z qo’lida. Men o’z ilmini yashirib, toliblarga sarf qilmay, Tangri oldida 
gunohkor bo’lishni ham istamayman”, - deb javob beradi. Amir bu javobdan achchiqlanib, Imom 
Buxoriyni yoqtirmay qoladi. G’animlar bunday qulay fursatdan foydalanib, Imom Buxoriy sha’niga turli 
ig’volarni tarqatadilar. Shu ig’vo va fitnalarga ishonib, amir Imom Buxoriyni shaharni tark etishga 
majbur qiladi. Natijada Imom Buxoriy Samarqandning Xartang qishlog’idagi qarindoshlarining uyiga 
ko’chib ketadi. O’sha yerda qisqa vaqt istiqomat qilganidan so’ng Imom Buxoriy betoblanib, hijriy 256 
yili (milodiy 870 yil 1 sentabr) 62 yoshida vafot etadi. 
3
Arabcha 
roviylar
– hadisni hikoya qiluvchilar. 
4
Islom diniy qonun-qoidalari (shariat qonunlari)ni ishlash bilan shug’ullangan ilm. 
5
Sahobalar
(ashoblar) – Muhammad (s.a.v.) payg’ambarning yaqin safdoshlari. 
6
Tobi’inlar
– sahoblardan so’ng islom aqoidi, shariati va an’analarini davom ettirganlar, sahobalarning izdoshlari. 
7
Al-Qastaloniyning mazkur asari, 33-sahifa. 
8
Parhezkorlik. 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə