Microsoft Word axloq odob hadis ziyouz com doc



Yüklə 169,22 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/43
tarix22.05.2023
ölçüsü169,22 Kb.
#111877
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Axloq-odobga oid hadis namunalari

www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
2.
Nafsoniy va shahvoniy hissiyotga berilib ketishidan. 
3.
Ilmu ma’rifatga ega bo’laturib, g’ofillarning ishini tutishidan. 
33.
Otangiz vafotidan keyin uning do’stlari bilan aloqani davom ettiring. Ular bilan aloqani uzsangiz
Tangri sizning nuringizni o’chiradi
19

34.
Amirning sovg’a olishi harom va qozining pora olishi dindan chiqishdir. 
35.
Ummatlarim uchun eng qattiq qo’rqqan jihatlarim: qorin solib semirish, seruyqulik, dangasalik va 
sust e’tiqodda bo’lishdir. 
36.
Omonat qo’ygan kishining omonatini o’z vaqtida ado eting. Haqqingizga xiyonat qilgan kishiga siz 
xiyonat qilmang! 
37.
Iloji boricha odamlarni oily jazoga tortmaslikka harakat qilinglar. Lekin oily jazolar ham butunlay 
bekor qolmasin. 
38.
Yov tomondan biror kishi o’z joniga omonlik so’rab kelsa, uni o’ldirmang. 
39.
Qaysi birlaringga qozilik lavozimini o’tashlik to’g’ri kelib qolsa, jahlu g’azab kelganda hukm 
chiqarilmasin, xusumat bilan kelganlarga qarashda, ularni o’tqazishda va ularga imo-ishora qilishda 
barobar bo’linsin. 
40.
O’t-o’chog’iga yarab turgan xodimi o’z xo’jayiniga taom tayyrolab kelganda uni o’zi bilan birga 
(ovqatga) o’tqazsin. Agar birga o’tqazmasa, bir-ikki osham nasiba bersin. 
41.
Biror qabilaning ulug’ kishisi yoki boshlig’I kelsa, sizlar ham uni izzat-ikrom qilinglar. 
42.
Ziyoratingizga kelgan odam hurmatini joyiga qo’yinglar. 
43.
Kim-kimni do’st tutsa, shu sevgisini bildirib qo’ysin. 
44.
Kimniki Tangri do’st tutib qolsa, odamlarning unga hojati tushadigan qilib qo’yadi. 
45.
Qachonki Tangri biror podshohga yaxshilikni xohlasa, unga sodiq vazir baxsh etadi: u unutgan 
paytda eslatadi, eslagan paytda yordamlashadi. Agar Tangri podshohga yomonlikni istasa, unga 
yomon vazir ato qiladi: u unutsa eslatmaydi, eslasa yordamlashmaydi. 
46.
Uyqudan uyg’ongan odam qo’lini to uch marta yuvmaguncha idishga tiqmasin, chunki u qo’li 
qayerlarda tunaganini bilmaydi. 
47.
Qaysi bir ayolga uylanish dilga tushib qolsa, oldin uni bir ko’rishlik yomon emas. 
48.
Qaysi birlaringiz namozda odamlarga imom bo’lib qolsangiz, namozning (qiroatini) yengil o’qing! 
Chunki ular ichida yosh bolalar, keksalar, zaif kishilar, bemorlar va hojatmand kishilar bordir. Ammo 
o’zingiz yakka o’qiganda xohlagancha uzoq o’qiyvering! 
49.
Qachonki xayolingizdan biror shubhali fikr o’tsa, uni tark eting! 
50.
Agar gunoh ish maxfiy qilinsa, faqat egasigina zarar ko’radi. Oshkora qilinganda esa hamma zarar 
ko’radi. 
19
Obro’-e’tiboringizni pasaytiradi, ma’nosida 


Axloq-odobga oid hadis namunalari 

Yüklə 169,22 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə