Microsoft Word dinda savol2 ziyouz com doc



Yüklə 119,67 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/49
tarix21.08.2023
ölçüsü119,67 Kb.
#120769
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Muhammad Sharif Juman, Ahmad Muhammad. Dinda savolim bor... (2-kitob)

Javob: Yo‘q. Tong otgandan so‘ng bomdod namozining ikki rakat sunnatidan boshqa 
nafl namozlarini, jumladan «tahiyyat ul-masjid»ni o‘qish makruhdir. 
 
Savol: Nafl namozlarini oshkora o‘qigan ma’qulmi yoki pinhona? 
Javob: Fiqh kitoblarida farz namozlarni iloji boricha oshkora, jamoat bilan o‘qish 
zarurligi ta’kidlangan. Ammo nafl va qazo namozlarni imkoni boricha pinhona o‘qish 
lozim. 
 
Savol: Safardagi odam ikki rakat qasr o‘qish o‘rniga to‘rt rakat o‘qisa 
nima bo‘ladi? 
Javob: Shariat belgilab qo‘ygan masofadan uzoqqa safarga chiqqan odam musofir 
sanaladi. U ana shu safar chog‘ida to‘rt rakatli farz namozlarini qasr qilib, ya’ni 
qisqartirib ikki rakat o‘qishi kerak. Mabodo bilib turib to‘rt rak’atni to‘la o‘qisa gunohkor 
bo‘ladi. Ammo musofir odam muqim odam orqasidan iqtido qilib o‘qisa to‘rt rakat 
o‘qiyveradi.
 
Savol: Namozdagi qiroat xususida, uni xato qilganda namozga ta’siri 
haqida bayon etsangiz. 
Javob: Qur’oni karimni tajvid qoidasiga muvofiq o‘qish har bir musulmonga farzdir. 
Xususan, namoz uchun lozim bo‘lgan miqdorni bexato o‘qish barcha namozxonga vojib. 
Qiroatdagi xalal namozga ta’sir etadi. Ba’zi hollarda namozni fosid qiladi ham. 
Xato nimalarda sodir bo‘ladi: 
E’robda. Ya’ni, so‘z harakatlarida («a», «i», «u»), madlarda, tashdidlarda xato bo‘lishi 
mumkin. Ya’ni, harakatlarni almashtirib, cho‘zilishi lozim o‘rinlarni qisqa qilib, ikki bir xil 
harfning birini tashlab o‘qish kabi xatolar. 
Harflarda. Ya’ni, bir harf o‘rniga boshqasini talaffuz qilish yo tashlab ketish va qo‘shish 
kabi xatolar. 
So‘zlarda va jumlalarda. Ya’ni, so‘zni tashlab ketish yo qo‘shish, o‘rinlarini 
almashtirish kabi xatolar. 
To‘xtashda. Ya’ni, to‘xtash lozim bo‘lgan o‘rinlarda to‘xtamaslik yoki to‘xtash mumkin 
bo‘lmagan joylarda to‘xtash kabi xatolar. 
Bu xatolar sababidan oyat yo so‘z ma’nosi asl ma’nodan keskin o‘zgarsa, namoz fosid 
bo‘ladi. 

Yüklə 119,67 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə