Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
27
boshqalardan eshitish bilan tug‘iladi. Kishi falsafa keng tarqalgan, odamlari turli 
bid’atlarni so‘zlaydigan shaharga borib qolsa, Haqni zikr etish bilan o‘zini himoya qilishi 
lozim. Agar uning qalbiga botil fikr-qarashlardan birortasi tushib qolsa, uni qalbidan 
ketkazish farz bo‘ladi. Ko‘pincha bu ish qiyin kechadi. Masalan, ribo, sudxo‘rlik keng 
tarqalgan bir shaharda musulmon kishi savdogarlik qilsa, unga ribodan saqlanish ilmini 
o‘rganish farzdir.  
 
Bu aytayotganlarimiz farzi ayn bo‘lgan ilm haqida. Farzi aynning ma’nosi farz amalning 
kayfiyati haqidagi ilmni egallash demakdir. Kim farz ilmini va uning farz bo‘lish vaqtini 
o‘rgansa, farzi aynni o‘rgangan sanaladi.  
 
So‘fiylarning: «Dushman-shayton vasvasasi bilan malak – farishta ilhomini bir-biridan 
ayirish farzi ayn», degan so‘zlari ham haqdir. Lekin bu narsa hammaga emas, balki 
qalbida bu haqda shubhasi bo‘lgan kishiga farzi ayndir. 
 
Inson qabohat, riyo, hasad kabi yomonliklardan o‘zini saqlay olmasa, u narsalarning 
ilmini bilishi lozim bo‘ladi. Zero, Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam)  marhamat 
qilganlarki: «Uch narsa insonni halok etadi: o‘ta baxillik, ortidan ergashtirib ketadigan 
xohish, takabburlik bilan nafsiga ortiqcha baho berish».
61
 Inson tabiati bu uch narsadan 
xoli emas. Boshqa yomonliklar ham shu uch sifatdan paydo bo‘ladi. Shuning uchun 
ularni muolaja qilish farzi ayndir. Muolaja qilish ular chegarasini, sabab va alomatlarini 
o‘rganish bilan bo‘ladi. Zero, yomonlikni bilmagan kishi, albatta, unga tushadi. Muolaja 
esa, kasallik kelib chiqish sababining ziddiga muqobil bo‘lishdir. Sabab bilan natijani 
bilmasdan turib, muolaja qilish mumkin emas. 
 
Biz zikr qilib o‘tgan halokatga eltuvchi ko‘pgina ishlarning ilmini bilish farzi ayndir. 
Ko‘pchilik insonlar foydasiz narsalar bilan mashg‘ul bo‘lib, mazkur farzi ayn bo‘lgan 
ilmlarni tashlab qo‘ygan. 
 
61. Bazzor, Tabaroniy, Abu Nu’aym, Bayhaqiylar Anas (r.a.) dan zaif isnod bilan qilgan rivoyatlari. Alboniy bu hadisni hasan dedilar.
 
 
Islomga kirgan kishiga do‘zax, qayta tirilish va qiyomatda hisob-kitob bo‘lishini tasdiq 
etishni tezda o‘rgatish kerak. Bu narsa ikki shahodat kalimasini to‘ldiradi. U 
Muhammadning (sollallohu alayhi vasallam) payg‘ambarliklarini tasdiqlaganidan so‘ng, u 
zot keltirgan risolatni ham yaxshi tushunib olishi, Alloh va Uning rasuliga itoat etgan 
kishiga jannat, osiylarga esa, do‘zax bo‘lishini bilishi lozimdir. 
 
Agar sen ilm o‘rganishning ushbu darajasidan yaxshi xabardor bo‘lsang, bu yo‘l haq 
ekanini anglaysan. Shuningdek, har bir banda kecha-kunduzda ibodatu muomalalarida 
bilishi lozim bo‘lgan zaruriyatlarni ham tushunib yetasan.  
 
Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi vasallam): «Ilm o‘rganish har bir musulmonga 
farzdir», degan hadislaridagi «al-ilmu» so‘zidagi aniqlikni ifoda etuvchi artikli «alif-
lom»dan ko‘zlangan maqsad farz amalning ilmini o‘rganish ekani senga ravshan bo‘ladi. 
 
O‘rganish farzi kifoya bo‘lgan ilmning bayoni 
 
Bilgilki, ilmlarning turlarini bilmasdan turib, ularning farz bo‘lgani va bo‘lmaganini 
ajratish mumkin emas. Bizning maqsadga ko‘ra, ilmlar shar’iy va noshar’iy qismlarga 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
28
bo‘linadi. Shar’iy ilmlardan maqsad payg‘ambarlardan o‘rganilgan, hisob kabi aql bilan 
bilinmaydigan, tibbiyot kabi tajriba bilan hosil bo‘lmaydigan, til kabi eshitish bilan 
vujudga kelmaydigan ilmlar nazarda tutiladi. 
 
Shar’iy bo‘lmagan ilmlar mahmud (maqtalgan), mazmum (qoralangan), mubohga 
bo‘linadi.  
 
Mahmud ilmlar dunyo manfaatlari ularga bog‘langan  ilmlardir. Masalan, hisob-kitob, 
tibbiyot. Bu qism ilmlarning o‘rganish farzi kifoya bo‘lganlari bor, farz bo‘lmasdan, fazilat 
sanalganlari bor. Farzi kifoya ilmlar dunyo ishlarini qoyim qilishga kerak bo‘ladigan 
ilmlardir. Masalan, tib ilmi inson jismining sog‘lom turishi uchun zarur, hisob-kitob ilmi 
esa, muomalalarda, merosu vasiyatlarning taqsimotida kerak bo‘ladi. Bu ilmlardan 
birortasi biror shaharda bo‘lmay qolsa, shahar ahlining barchasi gunohkor bo‘ladi. Agar 
uni bir kishi o‘rgansa, kifoya qilib,  uni o‘rganish farzi qolganlardan soqit bo‘ladi. Tibbiyot 
va hisob-kitobni farzi kifoya degan so‘zimizdan ajablanmaslik kerak. Aslida, sanoatning 
boshqa sohalari - dehqonchilik, to‘qimachilik, siyosat ilmi, hattoki, qon olish kasbi va 
tikuvchilik ham farzi kifoyadir. Zero, bir mamlakatda qon oluvchi do‘xtir topilmasa, ular 
kasallikka yuz tutishlari turgan gap. Bu kasb yo‘qligi tufayli odamlar halok bo‘lsa, 
ularning barchalari gunohkor bo‘ladi. Zero, kasallikni bergan Zot uning da’vosini ham 
bergan va muolaja yo‘lini ko‘rsatgan, sabablarni hozirlab qo‘ygan. Bunga e’tibor qilmay, 
halokatga ro‘baro‘ bo‘lish joiz emas. 
 
Fazilat sanalgan ilmlarga hisob-kitobning daqiq jihatlari, tibbiyotning nozik qirralarini 
chuqur o‘rganish kiradi. Chunki farzi kifoya bo‘lgan ilmlarni nozik jihatlari bilan chuqur 
o‘rganish zarur ilmni ziyodasi bilan bilish, demakdir. 
 
Mazmum ilmlar sehr, tilsimot, ko‘z bog‘lash va talbis (bir narsani haqiqatidan boshqacha 
qilib ko‘rsatish) kabilardir. 
 
Muboh bo‘lgan ilmlarga esa, mubolag‘asiz yozilgan she’rlarni bilish, qadim tarix bilan 
shug‘ullanish va shu kabilar kiradi.  
Shar’iy ilmlarning barchasi mahmud-maqtalgandir. Gohida asli qoralangan, lekin shar’iy 
deb gumon qilingan ba’zi ilmlar shar’iy ilmlarga aralashib ketishi mumkin. Shuning 
uchun shar’iy ilmlarni ham maqtalgan va qoralangan qismlarga bo‘lamiz.  
 
Mahmud bo‘lgan shar’iy ilmlarning asoslari, qo‘shimchalari, muqaddimalari va 
to‘ldiruvchilari bor.  
 
Asos bo‘lgan ilmlar to‘rttadir: 
1. Alloh taoloning kitobi. 
2. Payg‘ambarning (sollallohu alayhi vasallam) sunnatlari.  
3. Ummatning ijmo’si.  
4. Sahobiylar asarlari. 
 
Ijmo’ sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilm sanaladi. U uchinchi darajadagi asosdir. 
Sahobalarning so‘zlari ham sunnatga dalolat qilgani uchun asos ilmdir. Chunki sahobalar 
Qur’on nozil bo‘lishini ko‘zlari bilan ko‘rib turishgan, boshqalar idrok etmagan 
holatlarning shohidi bo‘lishgan. Ba’zan ko‘rish bilan idrok etilgan narsani so‘z bilan 
anglash mumkin bo‘lmaydi. Shu sababdan ulamolar sahobalarga iqtido qilish, ularning 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə