Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
3
alohida-alohidami yoki birlashtirib chop etiladimi, buni sharoit ko‘rsatadi. Har holda 
avvaldan ma’lum qilamizki, «Ihyo»ning boshqa qismlari ham tarjima etilmoqda va, 
inshaalloh, yaqin oy-kunlarda o‘quvchiga taqdim qilinajak. 
 
Aziz kitobxon, bilasizki, katta ishni boshlash hamisha mashaqqatli va og‘ir kechadi, 
beixtiyor xato-kamchiliklarga ham yo‘l qo‘yilishi mumkin. Shuning uchun bilib-bilmay 
sodir etgan nuqsonlarimiz, tarjimadagi g‘alizlik va kamchiliklar uchun sizdan uzr, 
Allohdan mag‘firat so‘raymiz. Ushbu muborak Ramazon kunlarida tortiq qilayotgan 
tuhfamizni husni maqbul etgaysiz. Imomimiz Hujjatul Islom G‘azzoliy hazratlarining 
haqlariga, qolaversa biz xodimlaringizning haqlariga duo qilgaysiz, gunohlarimizni 
kechirishini Yaratgandan so‘ragaymiz, zero, duolar ijobat bo‘lguchi oyda Allohdan katta-
katta umidlarimiz bor. Allohdan tavfiq so‘raymiz, Ungagina sig‘inamiz va  Undangina 
madad tilaymiz. 
 
Ijodiy guruh 
 
 
Hujjatul-islom al-G‘azzoliy 
 
Qumlar Unga tasbeh aytadigan, soyalar sajda qiladigan, haybatidan tog‘lar qo‘rqadigan 
zot Allohga hamd bo‘lsin. Guvohlik beramanki, Haq va Mubin, Malik Allohdan o‘zga iloh 
yo‘q. Guvohlik beramanki, sayyidimiz Muhammad alayhissalom oriflar imomi, butun xalq 
ulug‘idirlar. U kishining ahliga va tohir-toyyib yaqinlariga, hamda mujohid, solih 
ashoblariga, shuningdek qiyomatga qadar ul zotga ergashgan kishilarga salovat va 
salomlar bo‘lsin. 
 
Shak yo‘qki, Imom G‘azzoliy Islomning buyuk shaxsiyatlaridan, ulug‘ ahllaridandir. U 
shuningdek Islomiy fikr rahnamosi, diniy ruhni jonlantirishda va islom fikrini uyg‘otishda 
katta fazlga ega bo‘lgan isloh va tajdid kishisidir. 
 
G‘azzoliyning ishlari, tajdidlari ikki asosiy yo‘nalishdadir: 
1.   Falsafani tanqid va munoqasha qilish. 
2.   Islomiy axloqqa, ruhga va haqiqatlarga chaqirish. 
 
Hayotlari 
 
U kishi Muhammad ibn Muhammad ibn Muhammad ibn Ahmad at-Tusiy Abu Homid al-
G‘azzoliydirlar. Tusning Tobiron nohiyasida 450 hijriy yilda tug‘ildilar. Otalari solih bir 
faqir kishi bo‘lib, faqat qo‘l mehnati, jun yigirish bilan kun kechirar edilar. Faqihlar 
ziyoratida bo‘lib, doim ular bilan hamsuhbat, xizmatlarida shay edilar. Ularga ehson, 
qo‘ldan kelgancha nafaqa qilardilar. Ularning so‘zlarini eshitganda yig‘lab, tazarru’ 
qilardilar. Allohdan o‘g‘il berishini va u faqih bo‘lishini so‘rardilar. Alloh u kishining 
duolarini ijobat qildi. Otalarining vafot onlari yaqinlashganda u zot va akalari Ahmadni 
ahli xayrdan bo‘lgan bir so‘fi birodariga vasiyat qildilar. Otalaridan qolgan arzimas mol 
tugagandan keyin bu so‘fiy kishi ularni boqishga qiynalib qoldi va: «Xabaringiz bor, 
sizlarga tegishli bo‘lgan narsani ishlatib bo‘ldim, men o‘zim kambag‘al va yo‘qsil 
kishiman, sizlar to‘g‘ringizda menga kelgan eng yaxshi fikr biror madrasaga 
borishingizdir. Chunki sizlar tolibi ilmsizlar, sizlarga madad bo‘ladigan rizq o‘sha 
yerdadir», dedi. Ular bu so‘zga kirishdi. 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
4
 
Yosh Muhammad ilk davrda ilmni Ahmad ibn Muhammad Ar-Rozkonitdan oldi. So‘ng 
Jurjonga safar qilib Abu Nasr al-Ismoliyda tahsil oldi. 
 
Tusga qaytib kelib uch yil yashagach, Saljuqiylar poytaxti, Bag‘doddan keyingi ilm shahri 
Nisoburga keldi va unda «qaramayn imomi» nomi ila mashhur Abdumalik ibn Abu 
Muhammad al-Juvayniyga shogird tushdi. Imom Juvayniy vafotidan keyin imom 
G‘azzoliy 484 yilda 28 yoshlarida Askarga vazir Nizomulmulkni qasd qilib yo‘lga tushdi. 
Va u yerda Nizomiyya madrasasiga bosh bo‘ldi. Bu ulamolar intiladigan eng oliy daraja 
edi. Odamlar bundan hayratga tushishdi va uni sevib qolishdi. Fazl martabasi ulug‘ 
bo‘lib, nomi har tarafga ketdi. Shuhrati avjiga chiqib ulamo, fuzalo va umaro unga 
bo‘ysundi. Zamondoshi Abdulg‘ofir al-Forsiyning aytishicha, uning Bag‘dodda martaba va 
darajasi o‘sib, hatto akobir, umaro va dorulxilofa hashamatidan o‘tib ketdi. Islom 
olamidagi ustida bosh- qa ilm markazi bo‘lmagan ilm markazida rayosat unga nasib 
qildi. 
 
Safar va sayohatlari 
 
Ilm tarqatib, kitoblar tasnif etib to‘rt yil o‘tdi. So‘ng dunyodan zuhd qilib saodat va 
iymonga, nafs mujohadasi va riyozatiga sayohatni boshladi. 
 
U kishi ma’mur qalb va sodiq niyat bilan ilm va amaldan iborat ikki qanot ila sayrga 
chiqdi. Makkaga yo‘l olayot- gandek bo‘lib, lekin aslida Shom safarini dilga tugib 
Bag‘dodni tark etdi. Shomga kelib Ummaviy jome’ining minorasida eshigini qulflab ikki 
yil e’tikof o‘tirdi. So‘ng Baytul-Maqdisga ko‘chib, sahroga kirgancha eshiklarini qulflab 
o‘n yillar chamasi qolib ketdi. Bu davr ichida «Ihyou ulumid-din» nomli qimmatli ushbu 
kitobni ta’lif etdi. Bundan keyin Hijoz yerlari sog‘inchi uni o‘ziga tortdi. Mana shu 
muddatda Misr sari yo‘l olib, Iskandariyada picha yashadi. So‘ng 499 yilda Xurosonga 
qaytib Nisoburdagi Nizomiyya madrasasiga 500 yili Faxrul-malik o‘ldirulguncha 
boshchilik qildi. Bu fojea ortidan u darsxonlikni tashladi. 
 
Qolgan hayotlari 
 
Tusga qaytib hovlisining yonida fuqaholarga madrasa, so‘fiylarga xonaqoh barpo qildi. 
To vafot etguncha vaqtini Qur’on qiroati, va’z-irshod, ahli taqvo va qalb egalari bilan 
suhbatga taqsimladi. 
 
Vafotlari 
 
Qoddasallohu sirrahuning vafoti 505 yilning (1111 yil) o‘n to‘rtinchi jumodil-oxirasida 
Tus shahrida bo‘ldi. Bu paytda u oltmish besh yoshda edi. Tusdagi «Tobiron» 
maqbarasiga dafn etilgan.  
 
Musannafotlari 
 
Odamlarning imom G‘azzoliyning kitoblaridan boshqa biror olimning kitoblaridan ko‘proq 
foydalanishi kamyob holdir. Uning ko‘pgina kitoblari ajnabiy tillarga tarjima qilingan. 
Masalan «Risalatul Valadiyya» olmon tiliga, «Ad-durratul foxira fi ahvalil-oxira» kitobi 
frantsuz tiliga tarjima etilgan va hokazo. Ta’lif etilgan kitoblari soni ikki yuztaga yetadi. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə