Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
63
«Agar sen do‘stlari ko‘p olimlarni ko‘rsang, bilki, u haq bilan botilni qorishtirib yuborgan
agar u haqni so‘zlovchi bo‘lganida, unga nafrat qilardilar», deganlar. 
 
106. Imom Muslim qisqa holatda, Termiziy esa, mukammal holda rivoyat qilishgan. 
107. Buning aslini ko‘rmadim.  
108. Imom Ahmad Abdulloh ibn Amrdan rivoyat qilgan.
 
 
 
Mahmud ilmlarning maqtalgan miqdori 
 
Bilgilki, ilm ushbu e’tiborga ko‘ra uch qismga bo‘linadi. Bir qism ilmlar borki, ularning ozi 
ham, ko‘pi ham mazammat qilingan (yomonlangan). Boshqa bir qism ilmlarning esa, ozi 
ham, ko‘pi ham maqtalgandir. Yana boshqa bir ilmlar turi mavjudki, ular faqat me’yorida 
bo‘lgandagina mahmud, oshiqchasi va chuqur o‘rganish mahmud emas. 
 
Ilm go‘yo badan holatiga o‘xshaydi. Tanada ham sog‘lik va chiroy kabi ozi ham, ko‘pi 
ham foydali bo‘lgan holatlar bor. Xunuklik va yomon xulq kabi ko‘pi ham, ozi ham 
mazmum bo‘lganlari bor. Yana esa, mol sarflashdagi kabi iqtisod qilinganda mahmud 
sanaladigan holatlari bor. Chunki mol sarflashda isrof qilish mahmud emas, iqtisod bilan 
me’yorida bo‘lgani mahmud, ziyodasi mazmumdir. Shijoat ham shunday bo‘lib, uning 
haddan ziyod bo‘lishi mahmud sanalmaydi. Ilm ham shunga o‘xshash. Uning  bir turi 
borki ozi ham, ko‘pi ham mazammat qilingan. Unday ilmdan din va dunyo uchun hech 
qanday manfaat yo‘q, foydasidan zarari ko‘p. Bunga sehr, tilsimot kabi ilmlar misol 
bo‘ladi. Inson tasarrufidagi qimmatbaho  umrni bunday foydasiz narsalarga sarflash 
isrofdir. Isrof esa, maz zammat etiladi. Ammo shunday ilmlar borki, dunyoviy 
ehtiyojlarni qondirish uchun ular ziyoda qilinadi, bu esa, alal-oqibat zararga olib boradi. 
Lekin hosil bo‘lgan zarar sababli bunday ilmlar mazmum hisoblanmaydi. 
 
So‘nggi nuqtasiga qadar mahmud bo‘lgan qism Alloh taoloni, Uning sifatlari, fe’llari, 
maxluqlari ustida joriy qilgan sunnati, oxiratning dunyodan keyin kelishini tartib qilish 
hikmatini o‘rganuvchi kabi ilmlardir. Chunki bu ilmlar o‘z-o‘zidan oxirat  saodatiga 
erishmoq uchun ham matlubdir. 
 
Bu ilmlar uchun bor kuchni sarflash – vojiblik chegarasi oldida baribir qusurlidir. U 
ummonga o‘xshaydi, tubiga yetishning imkoni yo‘q. Uning sohilini va atroflarini ilm 
toliblari o‘rab olishgan. Bu ummonga faqatgina anbiyolar, avliyolar va Alloh quvvat 
bergan ilmi yetuk olimlargina sho‘ng‘iy oladi. Bu ilm maknun (yashirilgan) bo‘lib, 
kitoblarga yozilmagan. Unga erishish uchun ta’lim olish, oxirat olimlarining holatlarini 
mushohada qilish lozim. Ularning alomatlari keyinroq bayon etiladi. 
 
Ilmning avvali budir: Oxirat uchun jiddu jahd ko‘rsatish, riyozat chekish, qalbni poklash, 
uni dunyo aloqalaridan  xoli etish va bu yo‘lda nabiylar va valiylarga o‘xshashga harakat 
qilish lozim. Ilm toliblari bilib qo‘ysinlarki, bu ilm uchun har bir harakat qiluvchi nasibasi 
miqdoriga ko‘ra ilmga erishadi, harakatining miqdoriga ko‘ra emas. Lekin bu gap 
ijtihodning keragi yo‘q degani ham emas. Mushohada hidoyatning kalitidir. Hidoyatning 
undan boshqa kaliti yo‘q.  
 
Me’yorida foydali, mahmud bo‘lgan ilmlarga farzi kifoyalar misol bo‘ladi. Bu ilmlarni 
kamroq o‘rganish o‘rtacha hisoblanadi, ammo unga chuqur kirishish uchun umrning 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
64
oxirigacha harakat qilishdan qaytarilmaydi. Bas, shunday ekan, ikki ishdan birini tanla: 
yo o‘zing bilan mashg‘ul bo‘l, yoki o‘zingni qo‘yib, boshqalar uchun mashg‘ul bo‘l. Ammo 
o‘zingni isloh qilmay turib, boshqalarni isloh qiluvchi narsalar bilan mashg‘ul bo‘la 
ko‘rma. Agar o‘zing bilan    mashg‘ul bo‘lmoqchi esang, holating senga farz qilgan ilm 
bilan shug‘ullan. 
 
Namoz, tahorat, ro‘za kabi zohiriy amallarni o‘rganish o‘sha farz ilmlardan. Ammo 
barcha beparvo bo‘lgan qalb sifatlari ilmi ham borki, u juda muhimdir. Qalb sifatlarining 
mahmud va mazmum turlari mavjud. Bu ilmni o‘rganish lozimligiga sabab inson ojizlik, 
hasad, riyo, kibr va manmansirash kabi mazmum sifatlardan to‘la xoli bo‘lmasligidir. Bu 
sifatlarning barchasi halokatga olib boradi. Ularga beparvo bo‘lmaslik kerak. Faqat 
zohiriy ilmlar ila mashg‘ul bo‘lib, qalb ilmiga e’tibor qilmaslik bir odamning qichima 
kasaliga chalinib, oshiqcha moddani qon yoki ich surish orqali chiqarib yuborishga e’tibor 
bermasdan, tananing yuzasiga yog‘ surtish bilan ovora bo‘lganiga o‘xshaydi. 
Ulamolarning soxtalari faqat terini yog‘lashga buyurgan tabiblar kabi, zohiriy 
amallargagina undaydilar. Oxirat ulamolari esa, zohiriy amallarga botinni poklashni, 
yomonlik ildizlarini qo‘porib tashlashni uqtirish bilan barobar ravishda buyuradilar. 
Achchiq dorini ichish badanni yog‘lashdan qiyin bo‘lgani kabi,  qalbni harakatga keltirish 
badanni harakatlantirishdan qiyin, shuning uchun odamlar qalbni poklashdan ko‘ra 
zohiriy amallarga shoshib boradilar. Badan qayta-qayta yog‘layverishdan charchaydi, 
moddalar ko‘payib ketgach, kasallik yanada kuchayadi. Agar sen oxirat muridi,  najot 
tolibi va abadiy halokatdan qochuvchi bo‘lsang, u holda botiniy illatlar ilmi bilan 
mashg‘ul bo‘l. Ularni davolash yo‘lini «Rub’ul muhlikot» bobida mufassal bayon 
qilganmiz. Ana shundan so‘ng o‘sha ilmlar seni shubhasiz «Rub’ul munjiyot»da bayon 
qilingan mahmud maqomlarga yetaklaydi.  
 
Qalb mazmum illatlardan xoli bo‘lsa, mahmud narsalar bilan to‘ladi. Turli ekin va 
rayhonlar ham begona o‘tlardan tozalangan yerda o‘sadi. Agar yer tozalanmasa, u holda 
hech narsa unmaydi.  
 
Faqat farzi kifoyalar bilan mashg‘ul bo‘lib qolma. Chunki xalq orasida uni bajaruvchilari 
ko‘p. Boshqalar foydasi uchun o‘zini halok qiluvchi kishi nodon kishidir. Kiyimlari ichiga 
ilon, chayonlar kirib olgan va uni o‘ldirmoqchi bo‘lib turgan holida, kishi o‘zini o‘ylamay, 
boshqalardan pashshani haydash uchun vosita qidirib yurishi o‘ta axmoqlikdir. Agar sen 
nafsingni poklab, zohiriy va botiniy gunohlardan forig‘ bo‘lsang va bu hol senga odatga 
aylansa, ana o‘shandagina farzi kifoyalar bilan mashg‘ul bo‘lishing mumkin. Vaholanki, 
sen gunohlardan xoli emassan. Shunda ham tadrij (bosqichma-bosqich o‘rganish) 
qoidasiga rioya qil. Buning uchun, avvalo, Allohning kitobidan, so‘ngra Rasulullohning 
(sollallohu alayhi vasallam) sunnatlaridan boshla. Keyin tafsir, nosix-mansux, mafsul-
mavsul, muhkam-mutashobihga o‘xshash qur’oniy ilmlarni o‘rgan. Rasulullohning 
(sollallohu alayhi vasallam) sunnatlariga oid ilmlarni o‘rganish ham qur’oniy ilmlar kabi 
lozim- lobud bo‘lgan ilmdir. Bularni yaxshilab ta’lim olgach, fiqh ilmidagi far’iy, ya’ni, 
mazhab ilmini o‘rgan. Xilof ilmi esa, lozim emas. Undan keyin fiqh ilmini o‘rganish lozim. 
Qolgan ilmlarni vaqting va umring yetganicha o‘rganaver. Bir fanni o‘rganaman deb, 
faqat shu fanga g‘arq bo‘lib ketma. Chunki ilm ko‘p, umr esa, qisqadir. Ilmlar xuddi 
asbob yoki muqaddimaga o‘xshaydi. Ular boshqa narsalarga erishish uchun kerak 
bo‘ladi. Boshqa narsalar uchun talab qilinadigan ilm bilan ovora bo‘lib, asl matlab-
maqsad esdan chiqib qolmasligi kerak. Lug‘at ilmida arablarning gapini, Qur’on va 
hadisning g‘arib so‘zlarini tushunadigan miqdorida kifoyalan, unda juda chuqur ketma. 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə