Microsoft Word ihyo ilm ziyouz com doc



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/70
tarix15.10.2018
ölçüsü0,58 Mb.
#74297
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70

Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
7
buyurgan yomon xulqlarni zikr qilaman. Va yana mazkur xulqlarning chegarasini va 
haqiqatini aytaman. Keyin u kelib chiqadigan sababini va undan kelib chiqadigan 
ofatlarni, keyin uni bilinadigan alomatlarini keltiraman. Albatta oxirida undan xalos 
topish uchun kerak bo‘ladigan muolaja yo‘l-yo‘riqlarini zikr qilaman. Bularning har birini 
Qur’on oyatlari, hadislar va asarlar bilan qo‘shgan holda zikr qilaman. 
 
Ammo, najot beruvchi amallar choragida esa, unda men har bir maqtalgan xulq va 
banda olamlar Parvardigoriga qurbat hosil qilishiga sabab bo‘ladigan siddiq va 
muqarrablarning marg‘ub xislatlarini keltiraman. Mazkur xislatlarning har birining 
haddini, haqiqatini, uning jalb qilinishiga bois  bo‘lgan sababini, undan istifoda 
qilinadigan samarasini, ajratib turuvchi alomatini, uni marg‘ub bo‘lishiga sabab bo‘lgan 
fazilatini zikr qilib o‘taman. Albatta bunga doir shar’iy va aqliy dalillarni ham keltirib 
o‘taman. Darhaqiqat bu ma’nolarning ayrimlari haqida odamlar kitoblar yozgan. Lekin bu 
kitob ulardan beshta jihati bilan ajralib turadi: 1) Ular yechmasdan tugun holida 
qoldirganlarini yechish, mujmal qilgan o‘rinlarini ochish. 2) Ularning sochib 
tashlaganlarini tartibga solish, bo‘lib tashlaganlarini nizomga keltirish. 3) Uzun 
qilganlarini qisqartirish, muqarrar belgilab berganlarini qoida holiga keltirish. 4) 
Takrorlarini tushirib qoldirish, tahrir qilganlarini sobit qilish. 5)Mazkur kitoblarda 
keltirilmagan, fahmga biroz qiyin bo‘lgan (g‘omiz) noaniq ishlarni tahqiq qilish. Zero 
barcha kitoblar yagona manhaj asosida yo‘nalgan bo‘lsada, ularning har biri boshqalar 
beparvo bo‘lgan ishlardan birini xoslab soliklarga tanbeh bilan keltirgan, yoki tanbeh  
bermasada, uni kitoblarda keltirishni unutgan, unutmagan bo‘lsa ham, biron sabab 
uning ustidagi pardani ochishdan band qilib qo‘ygan. Bu ilmlarning barchasini o‘z ichiga 
olishi bilan birga, bu kitobimizning xususiyatlari shulardir. 
 
Bu kitobni to‘rtta chorak asosida yozishga ikki ish bois bo‘ldi. Birinchisi, bu asosiy bois 
hisoblanadi, bu tartibda haqiqatni yuzaga chiqarish va tushuntirish zarurat holiga 
kelgan. Zero, oxiratga yuzlanishga sabab bo‘luvchi ilm ikki qismdan iboratdir a) 
Muomala ilmi b) Mukoshafa ilmi.  Mukoshafa ilmi deganimdan ma’lum narsani kashf 
qilishni talab etiladigan ilmni ko‘zlayapman. Muomala ilmidan esa kashf qilish bilan birga 
uning amalini talab qilinadigan ilmni nazarda tutaman. Bu kitobdan maqsad faqat 
muomala ilmidir. Zero mukoshafa ilmi toliblarning qasd qilgan g‘oyasi va siddiqlarning 
umid o‘rni bo‘lsada, uni kitoblarda keltirishga ruxsat yo‘qdir. Muomala ilmiga esa yo‘l 
bordir. Lekin payg‘ambar (s.a.v.) halq bilan yo‘l ko‘rsatish va irshod ilmi orqaligina 
gaplashgan. Ammo mukoshofa ilmi haqida esa, xalqning fahmi uni ko‘tarishdan qosir 
bo‘lganini bilganlari uchun, uni qisqa qilib ramz va ishora yo‘li bilan gapirdilar. Ulamolar 
payg‘ambarlar vorislaridir, ular iqtido va ibrat olish yo‘lidan burilishga haqlari yo‘qdir.  
 
Muomala ilmi ham ikki qismga bo‘linadi, a) Zohir ilm, a’zolar amaliga oid ilm. b) Botin 
ilm, bu odat yoki ibodat tusida bo‘lsada a’zolar ustidagi joriy bo‘lgan amallar va qalb 
amallarini o‘z ichiga oladi. Malakut olamidan iborat bo‘lgan hisdan to‘siq bo‘lin qalbga 
vorid bo‘luvchi narsalar maqtalgan va mazammat qilingan bo‘ladi. Bu o‘rinda lozim narsa 
shuki, bu ilm ikki qismga: zohir va botinga bo‘lingan. A’zolarga bog‘liq zohir qismi odat 
va ibodat qismlariga bo‘linadi. Qalb ahvoli va nafs axloqiga bog‘liq botin qismi esa, 
mahmud (maqtalgan) va mazmum (mazammat qilingan) qismlariga taqsinlanadi. 
Bularning majmui to‘rt qismdan iboratdir-ki muomala ilmida shu to‘rt qismdan chetga 
chiqilmaydi. 
 
Kitob yozilishiga ikkinchi bois, men tolibi ilmlardagi rag‘batning Allohdan qo‘rqmaydigan, 


Ihyou ulumid-din (Din ilmlarini jonlantirish) – Ilm kitobi. Abu Homid al-G’azzoliy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
8
o‘zining obro‘-mansabini oshirish, o‘zini ko‘rsatish va faxrlanishga ilmni qalqon qilib 
olgan kishilardagi fiqh ilmiga sodiqligini ko‘rdim. Alloh subhanahu va taolodan tavfiq, 
rushdu hidoyat so‘raymiz. Zero, U marhamatli Karim Zotdir. 
 
Ushbu «Ilm kitobi» jami yetti bobdan iborat. 
Birinchi bob ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati haqida. 
Ikkinchi bob ilmlarning o‘rganish farzi ayn, farzi kifoya bo‘lgani, din ilmida fiqh va 
kalomning chegarasi, oxirat va dunyo ilmi haqida. 
Uchinchi bob omma ilm hisoblaydigan, lekin dindan bo‘lmagan hamda mazmum ilmlar 
turi va miqdori bayoni. 
To‘tinchi bob munozara ofatlari, odamlar ixtilof va tortishuv bilan mashg‘ul bo‘lib 
qolishining sababi haqida. 
Beshinchi bob muallim va mutaallimning odoblari haqida. 
Oltinchi bob ilm va olimlar ofatlari hamda dunyoviy va oxirat olimlarini ajratuvchi 
alomatlar haqida. 
Yettinchi bob aql, uning fazilati, qismlari va u haqda kelgan xabarlar haqida. 
 
 
Birinchi bob 
Ilm, ta’lim berish va ilm olish fazilati hamda uning naqliy va aqliy dalillari 
 
Ilm fazilati 
 
Alloh taoloning Qur’oni karimda kelgan quyidagi so‘zlari ilmning fazilatli ekaniga ochiq 
dalildir:  
«Alloh, farishtalar va ilm ahllari – adolat bilan hukm qiluvchi yolg‘iz Allohdan 
o‘zga hech qanday tangri yo‘q, faqat Uning o‘zi borligiga guvohlik berdilar» (Oli 
Imron surasi, 18-oyat). 
 
Bu oyatda Alloh taolo avval o‘zini, keyin farishtalarni, so‘ngra ilm ahlini zikr etdi. Mana 
shuning o‘zi ilmning sharafli, fazilatli va ulug‘ ekanini anglash kifoya qiladi. 
 
Alloh taolo yana aytadi:  
«Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-
martabalarga ko‘tarur» (Mujodala surasi, 11-oyat). 
 
Ibn Abbos (roziyallohu anhumo) aytadilar: «Olimlarning darajasi ilm olmagan 
mo‘minlarning darajasidan yetti yuz daraja yuqoridir. Har darajaning orasi besh yuz 
yillik yo‘lga teng. Alloh taolo:  
«Ayting (ey Muhammad): «Biladigan zotlar bilan bilmaydigan kimsalar barobar 
bo‘lurmi?!» deb aytgan (Zumar surasi, 9-oyat)». 
 
Yana Alloh taolo aytadi:  
«Allohdan bandalari orasidagi olim-bilimdonlarigina qo‘rqur» (Fotir surasi, 28-
oyat). 
 
Ra’d surasida aytiladi:  
«Kofir bo‘lgan kimsalar (sizga): «Payg‘ambar emassan», deydilar. Ayting: 


Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   70




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə