Microsoft Word ihyo zakot ziyouz com doc



Yüklə 175,38 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/12
tarix15.10.2018
ölçüsü175,38 Kb.
#74296
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12


Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

1

Hujjatul-islom Abu Homid G’azzoliy 



 

IHYOU ULUMIDDIN 

(Din ilmlarini jonlantirish) 



Zakot sirlari kitobi 

 

Tarjimon: Mubashshir Ahmad 

Toshkent «Movarounnahr» 



 

 

MUQADDIMA 

 

Bismillahir rohmanir rohiym. 



Baxtli va baxtsiz qiladigan, o‘ldirib va tiriltiradigan, kuldirib va yig‘latadigan, bor qilib 

va yo‘q etadigan, faqir va boy qiladigan, zarar va foyda beradigan Allohga hamd bo‘lsin. 

Ul Zot jonzotni tomchi nutfadan xalq qilgan, so‘ng O’zi G’aniy sifati ila xalqdan ajragan, 

so‘ng ba’zi bandalarini yaxshilik bilan xoslagan hamda ularning ustidan boy va behojat 

qiladigan ne’matlarini xohlaganicha yog‘dirgan. Ayrimlariga esa imtihon va sinovni 

ko‘rsatib, rizqda umidsizlik va mashaqqatga solganicha muhtoj qilgan. So‘ng zakotni din 

uchun asos va usul etgan. Va O’z fazli bilan (molini zakot ila) poklagan bandalarini (kibr 

va ma’siyatdan) poklagan. Va G’aniyligi bilan undagi narsani ko‘paytirgan. Xalqning 

sayyidi va hidoyat quyoshi bo‘lgan Muhammad Mustafoga, oilalariga va ilmu taqvo bilan 

xoslangan ashobiga salovot bo‘lsin. 

Ammo ba’d, albatta Alloh taolo zakotni Islom ustunlaridan biri qildi. Alloh taolo 

aytadi: 


«Namozni to‘kis ado qilinglar, zakotni beringlar» (Baqara surasi, 43-oyat). 

Payg‘ambar (s.a.v.) aytadilar: «Islom besh narsaga bino bo‘lgandir: Allohdan boshqa 

iloh yo‘qligiga va Muhammad Uning quli va rasuli ekaniga guvohlik bermoq; namozni 

to‘kis ado qilmoq; zakotni bermoq...» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyatlari). Va Alloh 

taolo zakotga e’tiborsizlarga va’idni qattiq qilib dedi: 

«Oltin-kumushni bosib, uni Alloh yo‘lida infoq-ehson qilmaydigan 

kimsalarga alamli azob «xushxabarini» yetkazing!» (Tavba surasi, 34-oyat.) 

«Alloh yo‘lida infoq»ning ma’nosi zakot haqqini chiqarib bermoqdir. 

Ahnaf ibn Qays aytadilar: «Men Qurayshdan bo‘lgan bir necha kishi bilan edim. 

Shunda Abu Zarr o‘tib qolib: «Oltin-kumushlarini bosib qo‘yuvchilarga oldilariga bosilsa, 

yonlaridan chiqadigan, gardanlariga bosilsa, peshonalaridan chiqadigan kuydiruvchi 

tamg‘a «xushxabar»ini bering, dedilar». Boshqa bir rivoyatda kelishicha, shunday 

dedilar: «U birlarining ko‘krak uchiga qo‘yilsa, yelka  kuragidan chiqadi. Va yelka 

kuragiga qo‘yilsa, ko‘krak uchini titratib chiqadi». Abu Zarr aytadilar: «Payg‘ambarning 

(s.a.v.) oldilariga yetib borsam, ul zot Ka’ba soyasida o‘tirgan ekanlar. Meni ko‘rgach: 

«Ka’ba Parvardigoriga qasamki, ular zarar ko‘ruvchilardir», dedilar. Men: «Ular kimlar?» 

dedim. «Ular mollari ko‘p kishilardir. Illo, oldidan ham, orqasidan ham, o‘ngidan ham, 

so‘lidan ham shunday, shunday, deya (molini sochgan) kishilar bundan istisno. Ular esa 

juda ham kamdirlar. Agar tuya, sigir va qo‘y egasi ularning zakotini ado etmasa, ushbu 

mollar qiyomat kunida eng katta va eng semiz holda kelib, egasini shoxlari bilan suzib, 

tuyoqlari bilan tepkilab tashlaydi. Agar biri ishini oxiriga yetkazsa, to odamlar o‘rtasida 

hukm o‘qilmaguncha boshqasi qaytib kelaveradi», deb aytdilar» (Imom Buxoriy va 



Muslim rivoyatlari). Demakki, bu dahshatlar «Sahihayn»da kelgan ekan, zakotning 


Ihyou ulumid-din. Zakot sirlari kitobi. Imom G’azzoliy 

 

 



www.ziyouz.com кутубхонаси 

2

sirlarini, oshkor va maxfiy shartlarini hamda zohiriy va botiniy ma’nolarini zakot 



beruvchi va oluvchining bilishiga yetarli miqdorda qisqacha ochib berish dinning muhim 

ishlaridan bo‘lib qoldi. Bu esa to‘rt faslda ayon bo‘ladi: 

Birinchi fasl zakotning turlari va vojib bo‘lish sabablari haqida. 

Ikkinchi fasl uning odob, botiniy va zohiriy shartlari haqida. 

Uchinchi fasl oluvchi, uning haqlilik shartlari va olish odoblari to‘g‘risida. 

To‘rtinchi fasl ixtiyoriy sadaqa va uning fazilati xususida. 

 

Birinchi fasl 

Zakotning turlari va vojib bo‘lish sabablari haqida 

 

Zakotlar aloqadorlik e’tibori bilan olti turlidir: chorva mollari zakoti; oltin (tilla) va 



kumush zakoti; tijorat mollari zakoti; topilma ma’danlar zakoti; ushr zakoti; fitr zakoti. 

Birinchi nav - chorva mollari zakoti: bu va boshqa zakotlar ozod musulmongagina 

vojib bo‘ladi. Balog‘atga yetgan bo‘lishi shart qilinmaydi. Balki sabiyning ham, jinnining 

ham molidan zakot berish shart. Bu zakot berish vojib bo‘lgan kishining shartlaridir 

(bizning hanafiy mazhabimizda zakot berishga ozod, musulmon, oqil va balog‘atga 

yetgan kishi bo‘lishi shart qilinadi). 

Ammo moldagi shartlar esa beshtadir: u chorva, o‘tlovchi bo‘lib, bir yil turgan, komil 

nisobga yetgan va tom ma’nodagi mulk bo‘lgan moldir. 



Birinchi shart - uning chorva mol bo‘lishi. Demak, zakot faqat tuya, qoramol va 

qo‘ydan beriladi. Ammo ot, xachir, eshak va kiyik bilan qo‘y o‘rtasida tug‘ilgan 

hayvonlarga zakot yo‘qdir (Imom Abu Hanifaga ko‘ra, o‘tlovchi har bir ot uchun bir 

dinordan zakot beriladi). 



Ikkinchi shart - o‘t-o‘lan bilan yaylovda boqilgan bo‘lishi. Yemlangan mollarda zakot 

yo‘qdir. Bir muddat o‘t-o‘lan bilan va bir muddat yem bilan boqilgan bo‘lsa hamda bu 

bilan ta’minoti zohir bo‘lsa, bunda ham zakot berilmaydi. 

Uchinchi shart - yil o‘tishi. Rasululloh (s.a.v.) aytganlar: «To yil aylanmaguncha 

molda zakot yo‘qdir» (Abu Dovud yaxshi sanad bilan rivoyat qil-gan). Bundan molning 

nasli istisno qilinadi. Bunda aslga yil to‘lgani uchun zakot vojib bo‘ladi. Agar molni yil 

asnosida sotsa yoki hadya qilsa, yil hisobi to‘xtaydi. 



To‘rtinchi shart - mulk va tasarrufning mukammal bo‘lishi. Masalan, garovdagi chorva 

mollarida zakot vojibdir. Ammo yo‘qolgan yoki tortib olingan mollarda faqatgina mol 

barcha ko‘payishlari bilan qaytsagina, zakot beriladi. Qaytgan paytda o‘tgan yillar uchun 

ham zakot lozim bo‘ladi (mazhabimizda zakot vojib bo‘lishi uchun molning ko‘payishi 

shart qilinadi, agar ko‘paytirishning iloji bo‘lmasa, zakot vojib emas). Agar unda molini 

to‘liq qamraydigan qarz bo‘lsa, zakot lozim emas. Chunki u bu moli bilan boy 

sanalmaydi. Zero, boy deb ehtiyojdan ortiq narsaga ega bo‘lgan kishiga aytiladi. 

Beshinchi shart- nisobning komil bo‘lishi. 

Tuyaning nisobi: tuyaning soni beshga yetguncha hech narsa berilmaydi. Beshta tuya 

uchun qo‘ydan bir jaza’a (ikkinchi yoshini yashayotgan qo‘y) yoki echkidan bir saniyya 

(uchga o‘tgan echki) beriladi. O’nta tuya bo‘lganda ikki qo‘y, o‘n beshtada uch qo‘y, 

yigirmatada to‘rt qo‘y beriladi. Yigirma beshta tuyada bir binti maxoz (ikki yoshli 

urg‘ochi tuya) beriladi. Agar molining ichida binti maxoz bo‘lmasa, ibn labun (uch yoshli 

erkak tuya) beradi. Urg‘ochisini sotib olishga qodir bo‘lsa ham, erkagi berilaveradi. Uttiz 

oltitada binti labun (uch yoshli urg‘ochi tuya), qirq oltitada hiqqa (to‘rt yoshli urg‘ochi 

tuya), oltmish bir dona bo‘lganda jaza’a (besh yoshli urg‘ochi tuya) beriladi. Tuyalar soni 

yetmish oltita bo‘lganda ikkita binti labun, to‘qson bittada ikki hiqqa, bir yuz yigirma 

bittada uchta binti labun beriladi. Tuya bir yuz o‘ttiztaga yetganda hisob barqaror 



Yüklə 175,38 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə